Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
ASOSIY ATAMALAR LUG‘ATI
Aniqlovchi - hokim bo‘lakdan anglashilgan predmetning belgisini yoki uning kimga qarashli ekanligini bildiruvchi bo‘lak.
Atama - ilm-fan, texnika, san'atga oid bir ma'noli so‘z.
Buyruq gap - buyurish, da'vat qilish mazmunini bildiruvchi gap.
Darak gap - xabar, darak mazmunini bildiruvchi gap.
Dialog- ikki kishi o‘rtasidagi suhbat.
Ega - kesimga bog‘lanib, kim?, nima?, qayer? so‘roqlari-ga javob bo‘luvchi bosh bo‘lak.
Fonetika - nutqning tovush tizimini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi.
Gap- ohang va fikr tugalligiga ega bo‘lib, kesimlik shakl-lari orqali ifodalanuvchi so‘z yoki so‘zlar qo‘shilmasi.
Graflka - yozma nutqning harflar tizimini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi.
Harf - tovushning yozuvdagi ifodasi.
Hol - kesimga bog‘lanib, uning belgisini bildiruvchi bo‘lak.
Ibora - ma'nosi bir so‘zga teng keladigan ko‘chma ma'no-dagi so‘zlar qo‘shilmasi.
Istak gap - istak, xohish mazmunini bildiruvchi gap.
Juft so‘z - bir-biriga yaqin yoki zid ma'noii so‘zlarning o‘zaro birikishi natijasida hosil bo‘lgan so‘z.
Kesim - gapning mazmuniy markazi.
Kirish so‘z - so‘zlovchining o‘z fikriga munosabatini bildimvchi so‘z.
Ko‘chirma gap - o‘zgalaming aynan keltirilgan gapi.
Leksikografiya - lug‘at va uning turlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi.
Leksikologiya - so‘z va uning xususiyatlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi.
Ma'nodosh so‘zlar - shakli har xil, lekin ma'nosi bir-biriga yaqin so‘zlar.
Morfologiya - so‘z turkumlari va ulaming xususiyatlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi.
Mustaqil so‘zlar - atash ma'nosiga ega bo‘lgan, so‘roqqa javob bo‘-ladigan, sintaktik vazifa bajaradigan so‘zlar.
Olinma so‘zlar - boshqa tillardan kirgan so‘zlar.
Orfoepiya - so‘zlarning to‘g‘ri talaffuz qilinishini o‘rgatadigan tilshunoslik bo‘limi.
Orfografiya - so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini o‘rgatadigan tilshunoslikbo‘limi.
Paronim - aytilishi va yozilishiga ko‘ra bir-biriga yaqin so‘zlar.
Punktuatsiya - tinish belgilari haqidagi tilshunoslik bo‘limi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’IBDO’: ________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |