Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
1-topshiriq. Quyidagi so‘zlarni bir-biridan farqlab turgan tovushlarni aniqlang.
Bor, ber, bir, bur, bo‘r.
2-topshiriq. A, o, e, o‘, u, n, q, p, m tovushlarini talaffuz qiling. Bu tovushlarning hosil bo‘lishidagi farqni tushuntiring.
Tovushlar o‘pkadan chiqayotgan havoning og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrashi yoki uchramasligiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: unli tovushlar va undosh tovushlar.
O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramay chiqishi natijasida hosil bo‘ladigan tovushlarga unli tovushlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |