510-mashq. Keltirilgan misollarni o‘qing. Ma'nodosh so‘zlarni topib izohlang.
1. Bu yoqlarda suluv bo‘ladi May oyining salqin tunlari. Chechak ochsa turfa gullari, Qirg‘oq chiroy bilan to‘ladi.(Usmon Nosir) 2. Oyi-chi, oyi! Kechqurunlari shahar yanayam chiroyli bo‘lib ketarkan. («G‘uncha») 3. Oh, go‘zal Farg‘onaning husni bugun qandoq emish, Har taraf osmon emish, osmonga yetgan tog‘ emish. (Jamol Kamol)
511-mashq Ma'nodosh so‘zlar qatorini ajrating.
Issiq, yurt, zamon, yugurmoq, sezgir, Vatan, iliq, ziyrak, vaqt, chopmoq, jazirama, diyor, hushyor, payt.
*512-mashq. Berilgan ma'nodosh so‘zlar qatoridagi qaysi so‘z ijobiy, qaysi so‘z salbiy ma'noni ifodalayotganini, qaysinisi betaraf ekanligini aniqlang. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
1. Yuz, bashara, chehra. 2. Tirjaydi, kuldi, jilmaydi.
513-mashq. Berilgan ma'nodosh so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. Ma'nolaridagi farqni tushuntiring.
Nam, ho‘l, shalabbo; tiqillatdi, taqillatdi, do‘pillatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |