493-mashq. Gaplarni o‘qing. Shakldosh so‘zlarni toping. Ma'nosini tushuntiring.
1. Sen ham pastroqqa tush endi. 2. Tushimda alahsiganman, shekilli. (M. Mahmudov) 3. Chang-to‘zon mashina oynasiga urilib, yo‘lni ko‘rsatmay qo‘yar edi. 4. Bastakor changda qandaydir kuy chalar edi.
,494-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning shakldoshlarini toping.
1. Belni aldab-aldab ishga solmasak bo‘lmas. (S.Ahmad) 2.Qing‘ir ish qirq yildan keyin ham fosh bo‘laveradi. 3. Go‘ro‘g‘li och qoldi, enasiga qarab bir so‘z dedi. (Dostondan) 4. Idoraga uch, senga ham pul katta. (Sh. Toshmatov)
495-mashq. Quyida berilgan shakldosh so‘zlarning ma'nosidagi farqni tushuntiring.
Namuna: gullar-gullar. Bahorda har xil gullar ochilgan.Hammadan oldin bodom daraxti gullar.
olma - olma
ko‘zlar-ko‘zlar
bog‘lar-bog‘lar
Do'stlaringiz bilan baham: |