Savol va topshiriqlar
1. Shakldosh so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
2. Shakldosh so‘zlarning ko‘p ma'noli so‘zlardan farqini tushuntiring.
3. Shakldosh va ko‘p ma'noli so‘zlarga ikkitadan misol keltiring.
496-mashq. Uyga topshiriq. Awal shakldosh so‘zlar qo‘llangan gaplar juftligini, keyin ko‘p ma'noli so‘zlar ishtirok etgan gaplar juftligini ko‘chiring.
1. Hech boimaganidan ko‘ra kech bo‘lgani yaxshi. (Maqol) Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning. (Ertakdan) 2. Maktabda «O‘tkir zehnlilar» musobaqasi bo‘lib o‘tdi. O‘tkir boltasi bo‘lsa-yu, shart bir daraxtni kesib yelkaga olib jo‘nasa. (Oybek) 3. Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, eng yorug‘ yulduzdan seni so‘rayman. (Cho 'Ipon)
Do'stlaringiz bilan baham: |