483-mashq. Ko‘p ma'noli so‘zlarning ma'nosini izohlang.
1. O‘zbekistonning Davlat tili-o‘zbek tilidir. 2. Razvedkachilarga «til» tutib kelish topshirilgan edi. 3. Shoir boshini birdan ko‘tardi. (Oybek) 4. Ochilgan paxtani bir boshdan teringlar.
484-mashq. Avval bir ma'noli, keyin esa ko‘p ma'noli so‘zlarni ko‘chiring. Ko‘p ma'noli so‘zlarning har bir ma'nosi asosida gap tuzing.
Og‘iz, geografiya, geometriya, qo‘l, oyoq, maktab, bo‘g‘in, torn, o‘tmas, dasturxon, oshxona, kitob, non, iflos.
485-mashq. Quyidagi birikmalardagi ko‘p ma'noli so‘zni toping, qanday ma'no ifodalayotganini izohlang.
Iliq munosabat, qalb izhori, chuqur tekshirmoq, xira odam, istiqbol yo‘li, sovuq xabar.
Do'stlaringiz bilan baham: |