481-mashq. Quyida berilayotgan so‘zlarning atash ma'nolarini izohlang.
Yugurmoq, bino, kollej, yashil, beshinchi, kutmoq, baland, uchta, qalam, javob bermoq, chiroyli, sakramoq, sakkiz, ikki, quvnoq, aytmoq, o‘n ikki, deraza, o‘ntacha.
Savol va topshiriqlar
1. Atash ma'nosi deb qanday ma'noga aytiladi?
2. Qanday so‘zlar atash ma'nosiga ega?
3. Oltita mustaqil so‘z yozib, ularning atash ma'nolarini ayting.
482-mashq. Uyga topshiriq. Beshta gap tuzing. Har bir gapda narsa-hodisa, belgi-xususiyat hamda harakat-holatlarni ifodalovchi so‘zlar ishtirok etsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |