Mustaqil ta’lim mavzulari
|
Berilgan
Topshiriqlar
|
Bajarish
muddati
|
Hajmi
(soatda)
|
11.
|
Tilning fonemalar tizimi. Fonema nazariyasi tarixidan. Fonemalar haqida turli fonologik maktab vakillarining fikrlari (N.S. Trubetskoy, L.V. Shcherba qarashlarini o‘rganish).
|
Adabiyotlardan konspekt qilish.Individual topshiriqlarni bajarish
|
1,2,3 –
haftalar
|
6
|
22.
|
O‘rta asrlarda Sharq va Yevropa tilshunosligi. Sharq mutafakkirlarining til shakllanishiga oid qarashlari. (Yusuf Xos Hojib, Koshg‘ariy, Navoiy, Bobur...).
|
Adabiyotlardan konspekt qilish.Individual topshiriqlarni bajarish
|
4,5 - haftalar
|
8
|
33.
|
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning vujudga kelishi va rivojlanishi.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish.Individual topshiriqlarni bajarish
|
6,7- haftalar
|
8
|
.4.
|
Areal metodlar.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish.Individual topshiriqlarni bajarish
|
8,9 – haftalar
|
6
|
55.
|
F.de Sossyur ta’limoti va strukturalizm.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
10, 11,12 –haftalar
|
8
|
66.
|
Sotsiolingvistika. Psixolingvistika. Neolingvistika.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
13, 14 – haftalar
|
8
|
77.
|
Amerika deskriptiv lingvistika qarashlari.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
15, 16 – haftalar
|
6
|
88.
|
Tilshunoslik fanining zamonaviy tahlil usullari.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
17,18, haftalar
|
8
|
9.
|
Tipologik tadqiqot metodlari
|
|
|
4
|
10.
|
Antroposentrik tilshunoslik
|
|
|
4
|
|
Jami:
|
|
|
60
|
Dasturning informatsion-metodik ta’minoti
Dasturdagi mavzularni o‘tishda ta’limning zamonaviy metodlaridan keng foydalanish, o‘quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish samarali natija beradi. Bu borada zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Klaster”, “Matbuot konferensiyasi”, “Bumerang”, “Yelpig‘ich” hamda «Muammoli ta’lim» texnologiyasining «Munozarali dars» metodi, shuningdek, tilshunoslik nazariyasi va umumiy tilshunoslikka doir slaydlardan foydalanish, didaktik va rolli o‘yin usullarini qo‘llash nazarda tutiladi.
«Tilshunoslik nazariyasi» fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni
Baholash mezonlari
“O‘zbek pragmalingvistikasi asoslari” fanidan talabalar bilimini baholash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9- avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Mazkur fandan talabalr bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - “5” (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - “4” (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - “3” (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |