Tilshunoslik nazariyasi



Download 8,91 Mb.
bet20/68
Sana13.03.2023
Hajmi8,91 Mb.
#918502
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68
Bog'liq
d7ce2bb58815cc4ad9a9ffeb4f6d413e “TILSHUNOSLIK NAZARIYASI” FANIDAN O‘QUV-USLUBIY MAJMUA (Moodle tizimi rejasi asosida)

Baholash mezonlari
Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish
JADVALI

5 baholik shkala

100 ballik shkala




5 baholik shakla

100 ballik shkala




5 baholik shkala

100 ballik shkala

5,00-4,96

100




4,31-4,26

86




3,60-3,56

72

4,95-4,91

99




4,25-4,21

85




3,55-3,51

71

4,90-4,86

98




4,20-4,16

84




3,50-3,46

70

4,85-4,81

97




4,15-4,11

83




3,45-3,41

69

4,80-4,76

96




4,10-4,06

82




3,40-3,36

68

4,75-4,71

95




4,05-4,01

81




3,35-3,31

67

4,70-4,66

94




4,00-3,96

80




3,30-3,26

66

4,65-4,61

93




3,95-3,91

79




3,25-3,21

65

4,60-4,56

92




3,90-3,86

78




3,20-3,16

64

4,55-4,51

91




3,85-3,81

77




3,15-3,11

63

4,50-4,46

90




3,80-3,76

76




3,10-3,06

62

4,45-4,41

89




3,75-3,71

75




3,05-3,01

61

4,40-4,36

88




3,70-3,66

74




3,00

60

4,-35-4,31

87




3,65-3,61

73




3,0 dan kam

60 dan kam


Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar
1.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmoni (Xalq so‘zi 2017-yil, 8-fevral)
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida (Xalq so‘zi 2017-yil, 21-aprel)
4.2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. –Toshkent, 2019.
5.Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: “Маънавият”, 2008. – 176 б
Asosiy adabiyotlar
1.Baskakov N. A., Sodiqov A. S., Abduazizov A. Umumiy tilshunoslik. – T. 1979.
2.Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. –T., 2013.
3.Sodiqov A., Abduazizov A., Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. Universitet va Pedagogika institutlarining filologiya fakultetlari uchun darslik. – T.:O‘qituvchi, 1981
4.Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. Tuzuvchi: H. Dadaboev. - T. 2004.
5.Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. - T., 1972.
6.Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent, 2007.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. –Toshkent: Sharq, 2010.
2.Azizov О. Tilshunoslikka kirish. –Toshkent, 1995.
3.Ne’matov V.I., Bozorov O. Til va nutq.- T.: O‘qituvchi, 1993.
4.Nurmonov A. O‘zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi.- T.: O‘qituvchi, 1982.
5.Pardayev A. Tilshunoslik nazariyasi. Uslubiy qo‘llanma. – Samarqand, 2015.
6.Rajabov N. Til va jamiyat. – Toshkent: Fan, 1984.
7.Tursunov U., O‘rinboev B. O‘zbek adabiy tili tarixi.- T.: O‘qituvchi, 1982.
8.O‘rinboyev B. O‘zbek tilshunosligi tarixi.- Samarqand, 1999.
9.O‘rinboyev B. Tilshunoslik nazariyasi. (ma’ruzalar matni)- Samarqand, 2003.
10.O‘rinboyev B., Karimov S.Tilshunoslik nazariyasi. (ma’ruzalar matni)- Samarqand, 2004.
Internet saytlari



        1. http:// www.lingvist.tu

        2. http:// www.til.sk.uz

        3. http:// www.ziyouz.com

        4. www.jstor.org/stable/4167399// www.ling-phil.ox.ac.uk/bib_hist_ling.

        5. http://www.ling.ed.ac.uk/linguist/


O‘TILAYOTGAN FANNING ASOSIY NAZARIY MATERIALI (MAʼRUZALAR MATNI)
1-ma’ruza: “Tilshunoslik nazariyasi” fanining mazmuni, maqsad va vazifalari
Reja:
1.“ Tilshunoslik nazariyasi” fanining mazmuni, maqsad va vazifalari
2.Tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, tilshunoslikning boshqa fanlar bilan munosabati natijasida tutash fanlarning vujudga kelishi.
3. Tilga berilgan ta’riflar. Nazariy tilshunoslikda tilning tafakkur, psixik faoliyat, ijtimoiy-sotsial institutlar, tabiat hodisalari va boshqa belgili tizimlar bilan yaqinlashtiruvchi konsepsiyalarning sezilarli ta’sirga egaligi.
4. Til va nitq antinomiyasi: doimiy va o‘zgaruvchan, zamonaviy va tarixiy, logik va psixologik, sotsial va individual va hk.
Tayanch so‘z va iboralar: lingvistik hodisalar, jarayonlar, til birliklari, tilning tabiati, mentalingvistika, sotsiolingvistika, lingvokulturologiya, psixolingvistika, pragmalingvistika, neyrolingvistika, til va nitq antinomiyasi: doimiy va o‘zgaruvchan, zamonaviy va tarixiy, logik va psixologik, sotsial va individual
1. “Tilshunoslik nazariyasi” fani murakkab va ko‘p qirrali, boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan til haqidagi mustaqil va aniq fan bo‘lib, tilshunoslik sohasining nazariy mavzularini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun mundarijasini belgilash, nazariy tilshunoslikning muhim xususiyatlari borasida tasavvur hosil qilish, asosiy lingvistik hodisalar, jarayonlar, til birliklari, til birliklarining tizim sifatidagi qurilishi haqida ma’lumot keltirish, til mohiyatini nazariy muammolar asosida tahlil qilish, tilning tabiati, ijtimoiy mohiyati, kishilik jamiyatida bajaradigani vazifasi, til va so‘zlashuvchining ruhiy faoliyati, so‘zlovchi va suhbatdoshning o‘zaro munosabati, tilning kommunikativ xususiyatlari, tilning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini, til va tafakkurning bir-biriga uzviy bog‘liqligini, tilning belgili va belgisiz xususiyatlarini umumlashtirib, ilmiy xulosalar chiqaradi va shu asosda til qonuniyatlarini aniqlab beradi.
“Tilshunoslik nazariyasi” fanining maqsadi quyidagilardan iborat:
-lingvistikaning tabiati, mohiyati va predmetini belgilash;
obyektiv borliqdagi hodisalarga tilning munosabati, uning boshqa hodisalar ichida tutgan o‘rnini o‘rganish;
- tilning nutq va nutq faoliyati bilan munosabatini o‘rganish;
- til strukturasi, bu strukturani tashkil etgan birliklarning o‘zaro munosabati, uning ichki mexanizmi, ishlash qonuniyatlari kabi muhim masalalarni ilmiy o‘rganish;
-til va jamiyat, tilning kishilik jamiyatidagi o‘rni, tilning ijtimoiy muhitga ko‘ra o‘zgarish xususiyatlari, tillarning sotsiolingvistik tasnifi kabilarni o‘rganish;
- til va tafakkur, til va psixologiya, til va semiotika kabi tilga bog‘liq masalalarni tadqiq etish;
-tildagi muammo va masalalarni sinxroniya va diaxroniya (ya’ni hozirgi va tarixiy holati)da ilmiy tadqiq etish;
- mavjud metod va metodologiyalardan magistrlarni puxta xabardor etishdan iborat.

Download 8,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish