Tilshunoslik nazariyasi
dan ma’ruzalar to’plami
Saloxiddin SUYUNBOYEV
Fikr-mulohazalar uchun:
+99899 700 42 97 Sahifa | 36
Lingvistik belgilar simvol-belgilarga mansubdir. Til ham belgilar sistemasi
sifatida e’tirof etilarkan, demak, u ham semiotikaning tarkibiy qismi sifatida
qaralishi va semiotikaning boshqa qismlari bilan uzviy aloqada o‘rganilishi
lozim.
Lingvistik belgilar bilan boshqa belgilar sistemasi (masalan, Morze alifbo
sistemasi, musiqa ijrolari, mimika va imo-ishoralar, yorug’lik va tovush
signallari va h.k.) muayyan umumiylikka ega. Ular quyidagilardan iborat:
a) hammasi ma’lum axborot tashiydi;b) hammasi sotsial hodisa. Chunki ular
jamiyatga xizmat qilish uchun jamiyat tomonidan yaratilgan; v) hammasi
moddiylikka ega (lekin bu moddiylik turlicha ko‘rinishga ega: yorug’lik to‘lqini,
tovush to‘lqini, grafik tasvir va h.k.); g) hammasi obyektiv borliqni ifodalaydi.
Lingvistik belgilar bilan boshqa belgilar sistemasi o‘rtasida yuqoridagi kabi
umumiy jihatlardan tashqari, qator farqli tomonlar ham mavjud. Ular
quyidagilardan iborat: 1. Til kishilar o‘rtasida eng muhim aloqa vositasi sanalib,
u umuminsoniy xususiyatga ega. Barcha kishilar o‘zining turli xil faoliyat
doirasida lingvistik belgilar vositasida o‘z fikrini bayon qiladi. Boshqa turdagi
belgilar esa bu jihatdan ma’lum guruh doirasida chegaralangani bilan
farqlanadi. 2. Lingvistik belgi har qanday axborotni, insonning ichki
kechinmalarini chegaralanmagan holda ifodalash, boshqa belgilar esa
chegaralangan axborotni ifodalash imkoniga ega. Masalan, musiqa insonning
ichki kechinmalarini, hissiyotlarini ifodalashi mumkin. Lekin u tushuncha va
hukmlarni ifodalolmaydi. 3. Lingvistik belgi kishilarning obyektiv olam haqidagi
bilimlarini boshqalarga uzatish vazifasini bajarish bilan birga so‘zlovchining
mazkur axborotga munosabatini, ayni paytda, tinglovchiga ta’sir qilish vazifasini
ham bajaradi. Bu jihatdan, boshqa belgilar sistemasi faqat axborot berish (imo-
ishoralar, Morze alifbosi, yorug‘lik to‘lqini va h.k.) yoki tinglovchiga ta’sir qilish
(muzika) vazifasini bajaradi. 4. Lingvistik belgilardan boshqa barcha belgilar
sistemasi insonning sun’iy ijod mahsulidir. Ular ma’lum guruhning kelishuvi
yo‘li bilan sun’iy ravishda yaratiladi. Lingvistik belgilar esa jamiyatning u yoki
bu a’zosi ixtiyoriga bog’liq bo‘lmagan holda rivojlanadi. Har bir yangi avlod shu
jamiyatning tarixiy tarkib topgan va uzluksiz rivojlanishda bo‘lgan tilini
o‘zlashtiradi, keyingi avlodga yetkazadi. 5. Lingvistik belgining yana eng muhim
belgisi uning diskretligi, ketma-ket joylashuvi va erkinligidir.
Lingvistik belgilar inson kommunikativ faoliyatining asosini tashkil qiladi.
Boshqa barcha belgilar sistemasi kommunikasiya jarayonida tovushlar
yordamida ifodalanayotgan axborotga qo‘shimcha axborotni bildirish yoki
«tovush nutqi»ga yordamchilik qilish vazifasini o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |