Tilshunoslik nazariyasi
dan ma’ruzalar to’plami
Saloxiddin SUYUNBOYEV
Fikr-mulohazalar uchun:
+99899 700 42 97 Sahifa | 43
Bunga aqli zakovati teran faylasuflar ham aniq javob berishda o‘ylanib qoliadi.
Mazkur savol- jumboqlarga mantiqiy, psixologik va boshqa oqil vakillari ham
o‘ta to‘g‘ri javob topa olgani yo‘q. Ana shunday yuqorida sanab o‘tilagan
muammolar umumiy tilshunoslikda jumboq bo‘lib kelayotgan muammolardan
biridir. Chet tilini o‘rganish, uni o‘rgatishda mutaxasis yo‘l –yo‘lakay ozmi-
ko‘pmi ushbu masalalarga duch keladi, unga javob qidiradi. Tilshunos olim
Brendarf ham yuqoridagi savollarga to‘liq javob topa olmay sarosimaga tushadi.
Tilning fonetik sistemasi, grammatik qurilishi lug‘at sostaviga nisbatan sekin
o‘zgaradi, chunki, fonetik sistema, grammatik qurilishi muhim va o‘ta abstrak
xarakterga ega. Lug‘at sostavi esa nisbatan tez o‘zgaradi. Buning sababi esa u
borliq bilan bevosita bog‘langan va nisbatan konkret (o‘zgarish rivojlanish
sabablari amaliy soatlarda konkret misollar, tekstlarni kuzatish orqali aniqlanadi.)
Tilning rivojlanishini boshqarish mumkin yoki, mumkin emasligi alo‘ida masala.
Ayrim olimlar vaqtlar kelib, tilning rivojlanishini inson o‘z qo‘liga oladi, degan
fikrda bo‘lsa, ularning ayrimlari inson tilini boshqarib bo‘lmaydi, bu asrlar
davomida stixiyali ravishda tuzilgan, qatg‘iy mantiqiy matematik programma
asosida tuzilsa, sung‘iylashuvi xaqida yozadi.
Asrlar davomida jamiyat tomonidan yaratilgan inson tilida qonun tusiga
kirmagan stixiyali tomonlar mavjud bo‘lsa ham, ulardagi yirik o‘zgarishlar
tasodifiy emas, balki muayyan qonunlar asosida yuz beradi. Yirik rus tilshunosi
F.P.Filin istagan tabiiy tilning qatg‘iy mantiqiy matematik programma asosida
emas, asrlar, ming-ming yillar davomida turli o‘zgarishlarga yuz tutib stixiyali
ravishda tuzilganligi, unda mantiq talabiga zid tomonlar anchaligini
aytadi.Olimning ushbu fikriga subyektiv ravishda qarab, insonlar yaratgan tilda
qonuniyat yo‘q, nomutanosib holda tuzilgan, degan mulo‘azaga borish to‘g‘ri
bo‘lmaydi,chunki yuqorida tilga olingan olim tilga xos umumiy qonunlar
xususida emas, balki glottoganik jarayonda (til ijodi jarayonida) sodir bo’ladigan
hodisalar xaqida fikr yuritadi holos.
Mavzuga doir gapimizning boshida hech bir hodisa- voqea sababsiz bo‘lmas,
deganimizdek tildagi o‘zgarishlar ham qonuniyat sabablar oqibatidir.
Tilning o‘zgarib, rivojlanib borish jaroyoni inson tiliga hos bo‘lgan yirik
qonunlar – tejash, qulaylik analogiya qonunlari negizida sodir bo‘ladi. Mazkur
qonunlar til ichki mexanizimining barcha yaruslariga (tovush, so‘z va grammatik
qurilishga) xos. Bu qonunlar avvallari asxan- emprik xolda tasvillangan bo‘lsa
hozirgi zamon tilshunosligida nazorat jihatdan mukammal o‘rganilgan. O‘zbek
tilshunosligida ham keyingi paytlarda tejash, qulaylik va analogiya qonunlari
Do'stlaringiz bilan baham: |