1. “Tilshunoslikka kirish” fani tilning boshqa hodisalar ichida tutgan o‘rni, tuzilishi, uning taraqqiy etish qonuniyatlarini, til haqidagi fanning asosiy tushunchalarini o‘rganadi, talabalarni tilshunoslik fanida qo‘llaniladigan terminlar, tushunchalar tizimi bilan tanishtiradi. Bu “Umumiy tilshunoslik” fanining dastlabki bosqichi bo‘lib, murakkab til hodisalari va ularning qonuniyatlarini to‘g‘ri anglab yetish, qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillar guruhlarini bir-biriga solishtirib, tilning lug‘at tarkibi, fonetik tizimi va grammatik qurilishini ilmiy asosda chuqur o‘rganish uchun nazariy va amaliy jihatdan zamin yaratishga xizmat qiladi.
2. Til tilshunoslik fanining ob`yekti bo`lib,u insonning bevosita kuzatishi va mustaqil ilmiy izlanishlar uchun ham xizmat qiladi.Tilshunoslik fani til bo`yicha tadqiqot ishlarini olib fani borganda, boshqa fan materiallarini ham hisobga oladi.Tilshunoslik birinchi navbatda falsafa bilan chambarchas bog`liqdir, chunki falsafa tilshunoslikning metodologiyasini belgilab beradi.Masalan , dialektika, sinergetika til haqidagi ta`limot tilshunoslikning metodologik asoslarini tashkil etadi.Tilshunoslik psixologiya fani ham chambarchas bog`liqdir.Tilshunoslik bilan psixologiya o`rtasida mavjud bo`lgan muammolar psixolingvistikada o`rganiladi.Shuningdek, tilshunoslik fani tarix, etnografiya, mantiq, sotsiologiya, arxeologiya, adabiyotshunoslik, fizika, kibernetika , matematika fani yutuqlariga tayanadi.
3.Til odamlar o`rtasidagi asosiy aloqa vositasidir. Til jamiyat hayoti, odamlar bilan bog`liq .Jamiyat va til bir-birisiz mavjud bo`la olmaydi. Jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy hayotidagi o`zgarishlar tilde aks etadi.
4.Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog`liq ijtimoiy hodisalardir.Inson nutqi, til vositalari bo`lmasa, fikrlash ham bo`lishi gumondir.Tafakkur va til aynan bir xil hodisa emas.Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan til bilan ifodalanadigan in`ikosidir.Boshqacha aytganda til –tafakkurning borliq shakli.
5.Til hayvonot dunyosidan kelib chiqqan kishilar ibtidoiy jamoasining mehnat jarayonida eng zaruriy ehtiyoji natijasida paydo bo`lgan.Qadimgi ibtidoiy jamoa tillarining qachon paydo bo`lganligi, u tillarqanday ekanligi ,ularning lug`at tarkibi, Grammatik qurilishi nimalardan iboratligini isbotlovchi dalillar bo`lmasada, yozuv paydo bo`lgandan keyingi, ya`ni bundan 15-20ming yillar oldin yozib qoldirilgan manbalarga asoslanib, ba`zi tillarning shakllanishi va taraqqiyoti to`g`risida mulohaza yuritish mumkin. Ba`zi olimlarning taxmin qilishicha til taxminan 500ming yillar ilgari paydo bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |