Tilshunoslik asoslari


TILSHUNOSLIK VA BOSHQA FANLAR



Download 1,09 Mb.
bet17/105
Sana05.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#318842
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105
Bog'liq
TILSHUNOSLIK ASOSLARI

TILSHUNOSLIK VA BOSHQA FANLAR
Tilshunoslik yoki lingvistika muayyan tilning ijtimoiy tabiati va jamiyatdagi vazifalari, uning ichki tuzilishi, faoliyati, tarixiy taraqqiyoti va tasnifiga oid tilshunoslikka oid fandir. Lingvistika so‘zi frantsuzcha «Linguistique» so‘zidan olingan bo‘lib, tilshunoslik demakdir. Uning asosi lotincha «Lingua» (til va nutq) bilan bog‘liqdir. Bu fan inson tilini o‘rganuvchi mustaqil fandir. Ma’lumki, til, jo‘n qilib aytganda, insonlar o‘rtasidagi asosiy muomala vositasidir. Tilsiz kishilik jamiyati va xalq yashay olmaydi. Tilsiz insonning o‘zi ham mavjud bo‘la olmaydi. U inson uchun berilgan buyuk bir ne’mat bo‘lib, jamiyat bilan birga taraqqiy etadi va shu jamiyat uchun xizmat qiladi. Til yo‘q ekan, inson ham, jamiyat ham bo‘lmaydi.

Fanda ta’kidlanishicha, hozirgi zamon fani uchta asosiy bo‘limdan iborat:

- tabiatshunoslik yoki tabiiy fanlar (tabiatning mavjudligi, uning taraqqiyoti haqidagi qonuniyat va hodisalar);

- ijtimoiy fanlar, ya’ni jamiyat haqidagi fanlar;

- falsafa, tabiat, jamiyat va tafakkurning nisbatan umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi.

Tilshunoslik inson tili haqidagi fan sifatida ijtimoiy fanlar sirasiga kiradi. Umuman, tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarning yaqinlashuvi natijasida, keng ma’noda aytadigan bo‘lsak, texnik fanlar, xususan, qishloq xo‘jaligi va meditsina fanlari; tabiatshunoslik (tabiiy) fanlari (asosan, fizika) bilan falsafa (asosan, mantiq)ning yaqinlashuvidan matematik fanlar, xususan, matematik mantiq va kibernetika vujudga kelgan. Umuman olib qaraganda, tilshunoslik fani hozirgi zamon fanlarining barchasi bilan ham juda yaqin aloqada bo‘ladi. Chunki, inson faoliyatining barcha ko‘rinishlarida, xususan, idrok qilish va o‘zaro muloqot jarayonlarida til asosiy vazifani bajaradi. Bundan tashqari, tilshunoslik ham fanlar sistemasida boshqa bir qancha fanlar bilan uzviy aloqada bo‘ladi. «Bu aloqalarsiz tilshunoslikning o‘rganish ob’ekti bo‘lgan tilning o‘ziga xos tomonlarini ochib berish mumkin emas. Masalan, tilshunoslikning fonetika bo‘limida nutq tovushlarining akustik tomoni fizikaning akustika bo‘limi ma’lumotlari asosida o‘rganiladi. Nutq tovushlarining paydo bo‘lishida ishtirok etadigan nutq organlarining vazifasini fiziologiya materiallarisiz bayon qilish mumkin emas. Yoki nutq patologiyasi muammolari tibbiyot tibbiyot fani bilan uzviy aloqada hal qilinadi. Tilshunoslikda lisoniy birliklarning boshqa lisoniy birliklar bilan birikish imkoniyatlari va ushbu imkoniyatning yuzaga chiqish masalalari bilan shug‘ullanuvchi valentlik nazariyasining vujudga kelishi bevosita kimyo fanining ta’siri bilan bog‘liqdir» (A.Nurmonov, B.Yo‘ldoshev. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. 3-b.). Tilning tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘liq holatlar tilshunoslik fanini tarix fani bilan shunchalik chambarchas bog‘laydiki, ikkalasini bir-biridan ajratish ancha mushkul.

Albatta, tilshunoslik til bo‘yicha tadqiqot olib borganda boshqa fan materiallariga suyanadi. Buni hech kim inkor eta olmaydi. Ayni shu holat boshqa fanlar nuqtai nazaridan ham to‘liq kuzatiladi. Boshqa fanlar ham til materiallariga suyanadi, undan keng foydalanadi. Aytish mumkinki, tilshunoslik, deyarli barcha fanlar bilan yaqin aloqada bo‘ladi.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish