Ijtimoiy fanlarning markazida jamiyat, shaxs, uning huquq va erkinligi turadi. Ijtimoiy hayot asosida davlat va huquq toʻgʻrisidagi, uning jamiyat hayotidagi roli va oʻrni haqidagi masalalar yotadi



Download 34,19 Kb.
bet1/2
Sana18.01.2022
Hajmi34,19 Kb.
#391551
  1   2
Bog'liq
DHN oraliq


2 1Kazus

Ijtimoiy fanlarning markazida jamiyat, shaxs, uning huquq va erkinligi turadi. Ijtimoiy hayot asosida davlat va huquq toʻgʻrisidagi, uning jamiyat hayotidagi roli va oʻrni haqidagi masalalar yotadi. Ushbu masalalarni barcha ijtimoiy fanlar muayyan darajada oʻrganadi. Shu bois, davlat va huquq nazariyasining falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, sotsiologiya, politologiya kabi fanlar bilan mustahkam bogʻliqligini koʻrish mumkin.



Davlat va huquq nazariyasining falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, sotsiologiya, politologiya fanlari bilan aloqasi va bogʻliqligini muhokama qiling hamda atroflicha yoriting.

Davlat va huquq nazariyasi fanini har tomonlama yoritib tasvirlashda uning boshqa fanlar bilan aloqadorligini ochish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fan barcha ijtimoiy fanlar bilan bog‘liq. Chunki davlat va huquq masalalarini ijtimoiy fanlar ham o‘rganadi. ”Chunki insonlarning faoliyati serqirra va turli-tuman bo‘lib, ular huquq vositasida tartibga solinadi, davlat-siyosiy munosabatlarning obyekti sifatida maydonga chiqadi”1.

Davlat va huquq ijtimoiy hayotning muhim masalasidir. “Ijtimoiy hayot asosida davlat va huquq toʻgʻrisidagi, uning jamiyat hayotidagi roli va oʻrni haqidagi masalalar yotadi”2. Bu masalalarni ijtimoiy fanlar malum darajada oʻrganadi. Shu sabab davlat va huquq hodisalarini o‘rganish va tahlil qilishda boshqa fanlar bilan hamkorligi kuzatiladi. Ularning yutuq, malumot va ilmiy xulosalaridan foydalanadi.

Davlat va huquq nazariyasi falsafa fani bilan bog‘liqligi. Falsafa– bu borliqning ongga, insonning uni o‘rab turgan atrof-muhitga munosabatining umumiy qonuniyatlari haqidagi bilimlar tizimidir. Falsafa fanining negizida tabiat, jamiyat va tafakkur rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganish yotsa ijtimoiy falsafada esa davlat va huquqni jamiyatning tarkibiy qismi sifatida o‘rganadi. Shu sababli, u davlat va huquq masalalarini umumiy, ijtimoiy hodisa sifatida talqin etadi. “Davlat va huquq nazariyasi fani falsafadan ijtimoiy, shu jumladan davlat huquqiy hodisalarni bilishning metodologiyasi sifatida foydalanadi, falsafaning qoidalari va xulosalariga tayangan holda, davlat va huquq muammolarini aniqlashtiradi hamda ularning nazariy jihatlarini o‘rganadi”.3 Bunda bu ikki fan bir-birini takrorlamaydi, aksincha to‘ldirib boradi. Falsafa davlat va huquqning mohiyati, tabiati, uning ijtimoiy hodisalar tizimidagi o‘rnini aniqlaydigan bo‘lsa, davlat va huquq nazariyasi fani davlat va huquqning barcha ko‘rinishlari va belgilari bilan bir butun holda batafsil o‘rganadi. Falsafa davlat va huquqning mohiyatini aniqlash imkonini beradi va shunga javoban, davlat va huquq nazariyasi falsafani ijtimoiy taraqqiyot, davlat va huquqning umumiy tamoyillari, ijtimoiy vazifasi va funksiyalarini ifodalash usullari bilan boyitadi.. Davlat va huquq nazariyasi fani to‘plagan bilimlar falsafaning obyektiv qonunlarni ochishi, yoritish va umumiy kategoriyalarni ishlab chiqishi uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi. ,, Davlat va huquq nazariyasi o‘z mavzusini tahlil etish chog‘ida falsafaning ,,munosabat”, ,,erkinlik”, ,,jarayon”, ,,funksiya”, ,,butun va qism”, ,,sistema”, ,,evolyutsiya”, ,,taraqqiyot”, ,,aloqadorlik”,,,mohiyat”, ,,shakl” kabi tushuncha va kategoriyalaridan keng foydalanadi.”1 Mazkur fanlar yaratadigan bilimlar o‘zaro singib ketadi.

“Davlat va huquq zohir bo‘lishining falsafiy talqini hozirgi davrda alohida

dolzarblik kasb etmoqda. Huquqshunoslik bilan falsafa hamkorligi zamirida «huquq falsafasi» degan yangi ilmiy yo‘nalish shakllanmoqda. Davlat va huquq hodisalarini falsafa kategoriyalari va qonuniyatlari nuqtayi nazaridan talqin etish huquqshunoslik fani rivojida yangi ufq va marralar ochishi shubhasizdir”2 Shuni ta’kidlash joyizki, davlat va huquq nazariyasi huquq falsafasi fani bilan bevosiyta hamkorlik qiladi.

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib shunday to‘xtamga kelishimiz mumkin-ki, falsafa fani davlat va huquq nazariyasining poydevori hisoblanib, metodologik asos vazifasini bajaradi, davlat va huquq nazariyasi esa,

falsafa shu jumladan, huquq falsafasi uchun aniq hayotiy ma’lumotlar manbai

vazifasida xaizmat qiladi.

Davlat va huququq nazariyasining iqdisodiy nazariyasi fani bilan bog‘liqligi. Iqtisodiy fanlar ishlab chiqarish munosabatlari tizimi, xo‘jalik hayotini tashkil etish, tadbirkorlik, mehnat, moliya, kredit

iqtisodiy funksiyalarini o‘rganadi. Davlat va huquq nazariyasi iqtisodiy fanlar bilan ham o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Chunki, iqtisodiy fanlar jamiyatdagi iqtisodiy va moddiy ishlab chiqarish, ishlab chiqarish usullari, ularni ayriboshlash, taqsimlash va uning tarixiy xillarini o‘rganar ekan, bunda davlat va huquqning o‘rniga alohida etibor beriladi. Misol tariqasida bozor munosabatlarini shakillantirishda, iqtisodiy islohotlar olib borishda davlat, huquq orqali bu munosabatlarni amalga oshiradi. Iqtisod nazariyasi hamda davlat va huquq nazariyasining o‘zaro aloqasi davlat va huquqning iqtisodiyotga qanchalik bog‘liq ekanligi va ta’sirini o‘rganish, yoritish imkonini beradi. Davlat va huquq iqtisodiy islohotlar otkazishini va iqtisodiyotning rivojlanishi, davlat boshqaruvi va huquqning asoslarini mustahkamlab, ularning mazmun-mohiyatini o‘zgartiradi va boyitadi. Davlat va huquq nazariyasi ko‘pkina ijtimoiy fanlar bilan aloqasini, munosabatlari, mohiyati va zarururiyatlarini bilamiz ammo shuni takidlash joyizki

“hech bir boshqa fan, shu jumladan, falsafa ham, siyosatshunoslik va iqdisodiy nazariyasi fanlari ham davlat va huquq nazariyasi uchun qandaydir yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatuvchi, unining taraqqiyotini belgilab beruvchi vazifani o‘tay olmasligini anglash va yoddan chiqarmaslik lozim. Buni e’tibordan soqit qilmaslik zarur. Biroq yaqin-yaqinga qadar ham marksizm-leninizm, ayniqsa, uning tarixiy materializmdek tarixiy qismi davlat va huquq nazariyasining asosiy mazmun-mohiyatini belgilab beradi, degan g‘ayri ilmiy ta’limot hukumronlik qilib kelardi”1.

Iqtisodiy hayot va iqtisodiyot fani davlat va huquq nazariyasi o‘z predmetini tadbiq qilishda samarali ma’lumotlarni va asosiy bilimlar beradi. Hozirgi davrda, davlat va huquq nazariyasining davlatning iqtisodiy funksiyasi, haq-huquqning iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish haqidagi ilmiy xulosalari iqtisodiyot fanini boyitishda katta ahamiyat kasb qiladi.

Davlat va huquq nazariyasining sotsiologiya fani bilan bog‘liqligi. Davlat va huquq nazariyasi sotsalogiya fanlari bilan ham o‘ziga xos munosabatga ega. Sotsiologiya bu – butun yaxlit tizim sifatida olingan jamiyat to‘g‘risidagi hamda alohida ijtimoiy tartiblar, jarayonlar, guruhlar to‘g‘risidagi fan bo‘lib, jamiyatning davlat va huquq singari muhim qisimlarni o‘rganadi. Davlat va huquq nazariyasi sotsiologiya fani bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanadi. ,,Sotsiologiya fani ham jamiyatni yaxlit, uyushgan tizim sifatida tadqiq etib, jamiyat a’zolarining, xususan, turli jamoalar, aholi barcha qatlamlarining davlat, huquq, demokratiya va qonunga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishini, ularning davlat va huquq to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarini mavjud hayotni tahlil etish asosida o‘rganadi”1. Shu tarifga ko‘ra, sotsiologiya fani davlat va huquq nazariyasi faniga dastlabki amaliy ma’lumotlarni to‘plab berish vazifasini amalga oshiradi. Davlat va huquq nazariyasi bo‘lsa, o‘z navbatida, sotsiologiya fani bergan ma’lumotlarni umumlashtirib, ulardan o‘ziga tegishli xulosalar chiqarishda foydalanadi. Qolaversa, sotsiologiya bilan davlat va huquq nazariyasining hamkorligida huquq sotsiologiyasi, siyosat sotsiologiyasi, davlat sotsiologiyasi nomli alohida fanlar shakllanib ajralib chiqmoqda. Hamma ijtimoiy hodisalar, davlat va huquq ham sotsiologik izlanishining obyekti hisoblanadi.

Aytish mumkinki sotsiologiya, davlat va huquqni bilishning umumiy ilmiy vositadir. U davlat va huquqni tatqiq etish asosida o‘zining predmetini chuqurlashtiradi va oydinlashtiradi. Bu borada sotsiologiya davlat va huquq nazariyasining qoida va xulosalaridan foydalanadi.

Davlat va huquq nazariyasining politologiya (siyosatshunoslik) fani bilan bog‘liqligi. Politologiya (siyosatshunoslik). “Siyosatshunoslik fani siyosat, uning shakllari, siyosiy jarayonlar va siyosiy birlashmalar, jumladan, siyosiy partiyalar, siyosiy hokimiyatga va davlat hokimiyatiga erishish vositalari, fuqarolik jamiyati, davlat va shaxsning o‘zaro munosabati kabi hodisalarni o‘rganadi”2. Davlat va huquq nazariyasining politologiya fani bilan bog‘liqligi har ikkala fanning bir obyektni, ya’ni jamiyat siyosiy tizimining asosiy elementi bo‘lmish davlat va huquqni ilmiy jihatdan tadqiq etishida bu fanlarning aloqadorligi namoyon bo‘ladi. Bunda davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqning paydo bo‘lishi, rivoj topishi, amaliy faoliyat yuritishining umumiy qonuniyatlarini o‘rgansa, politologiya fani esa davlat va huquqiy siyosatni, aniqrog‘i, jamiyatda sodir bo‘layotgan keng ko‘lamli siyosiy jarayonlar, nazariyasi va amaliyotini o‘rganadi. Ular bir predmet ya’ni davlat va huquqni, davlatning ichki va tashqi siyosatini har tomonlama, turli jihatlarini o‘rganadi, ilmiy izlanishlar natijasida to‘plangan bilimlar bilan bir-birini to‘ldiradi. “Pirovardida, siyosatshunoslik fani o‘zining keng qamrovliligiga ko‘ra, davlat va huquq nazariyasi fani uchun muhim asoslardan biri bo‘lib xizmat qiladi”1 deb tarif bergan edi X.T.Odilqoriyev Davlat va huquq nazariyasi darsligida. Bu fanlar ilmiy va amaliy jihatdan bir-biriga bog‘liqdir.

Xulosa o‘rnida shuni takidlab o‘tish zarurki, davlat va huquq nazariyasi ko‘pgina ijtimoiy fanlar bilan aloqasini, mohiyati va zarururiyatlari haqida bilamiz lekin ko‘p yillik o‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, hech bir boshqa fan davlat va huquq nazariyasi uchun asos bo‘luvchi, yo‘nalish ko‘rsatuvchi, unining o‘sish taraqqiyotini belgilab beruvchi vazifani bajar olmas ekan. Davlat va huquq nazariyasi ko‘pgina fanlarga yo‘nalish beruvchi ularni boyituvchi ko‘p funksiyali fandir. Yuqorida sanab o‘tilgan fanlar falsafa va huquq falsafasi uchun aniq hayotiy ma’lumotlar manbayi bo‘lib xizmat qilsa, davlatning iqtisodiy funksiyasi, haq-huquqning iqtisodiy ko‘rinishini tartibga solish haqidagi ilmiy xulosalari iqtisodiyot fanini boyitadi. Sotsiologiya bo‘lsa davlat va huquqni o‘rganish vositalaridan biridir. U davlat va huquqni o‘rganish asosida o‘zining predmetini boyitadi va bunda davlat va huquq nazariyasining qoida va xulosalaridan foydalanadi. Politologiya hamda davlat va huquq nazariyasi o‘zaro bir obyektni, jamiyat siyosiy tizimining asosiy elementi, davlat va huquqni ilmiy jihatdan tadqiq etadi. Ular davlatning ichki va tashqi siyosatini har tomonlama, turli jihatlarini o‘rganar ekan. Bu fan ko‘pgina fanlarlar uchun asos bo‘luvchi boyituvchi(to‘ldiruvchi) ko‘p funksiyali fandir.

Yuqoridagi ma’lumotlarni o‘rganish jarayonida shunga duch keldim: foydalanilgan o‘zbek adabiyotlarda abstrakt so‘zlar, gaplar va jumlalardan ko‘p qo‘llanilgani, adabiyotlarning deyali bir xilligi etiborni tortdi. Men o‘ylaymanki, shu soha rivojlangan mamlakatlarda imkon qadar yangi kadrlarni sifatli ta’lim oldirish orqali yanada original, sifatli va eng muhimi sodda bo‘lgan manbalar yaratilishi lozim deb hisoblayman. Bu qilinadigan ish yurtimizda fanni rivojiga katta hissa qo‘shishi, jamiyatning turli qatlamlarini bu fanga bo‘lgan qiziqishi oshishiga sabab bo‘ladi deb hisoblayman.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


  1. Saydullayev Sh. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Toshkent: TDYU, 2018. – 220b.

  2. X.T.Odilqoriyev.I.T.Tultayeev.”Davlat va huquq nazariyasi”. – T.:O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,2009. – 582 b.

3. Марченко М.Н. Теория государства и права. – М., 2008.

4. Оdilqoriyev Х.T. Yuridik fanlarning ijtimoiy vazifasi va rivojlanish istiqbollari // Yuridik fanlarni rivojlantirishning dolzarb muammolari. – T., 2006.


5. Davlat va huquq nazariyasi: Oliy o‘quv yurtlarining huquqshunoslik mutaxasisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun \ Boboyev.H.B, Islomov.Z.M., Choriyorov.U.; // Ma’sul muharrirlar : H.B.Boboyev, H.T.Odilqoriyev \.-T.\: ,,Iqdisodiyot va huquq dunyosi” nashiryot uyi, 2000. -528 bet. Sarl. Oldida.: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toskent Davlat yuridik instituti.
6. Davlat va huquq nazariyasi: Darslik / X.T.Odilqoriyev, I.T.Tulteyev va boshq.; prof. X.T.Odilqoriyev tahriri ostida. — Toshkent.: ,,Sharq”, 2009.

7. Теория государства и права: Курс лекциий/ Под ред. Н.И. Матузова и А.В. Малько. – 2-е изд., перераб. И доп. М.: Юрист, 2000. – 776 с.




Download 34,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish