Tilshunoslik asoslari


Tilshunoslik va ijtimoiy fanlar



Download 1,09 Mb.
bet18/105
Sana05.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#318842
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   105
Bog'liq
TILSHUNOSLIK ASOSLARI

Tilshunoslik va ijtimoiy fanlar
Umuman, tilshunoslik, birinchi navbatda, ijtimoiy fanlarga kiradi. Shu bois, u ijtimoiy fanlar bilan, ayniqsa, tarix, psixologiya, pedagogika, iqtisodiy geografiya bilan juda yaqin aloqadadir. Yuqorida ham aytib o‘tganimizdek, tilshunoslikning tarix fani (ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti haqidagi fan) bilan uzviy aloqasini hech kim inkor eta olmaydi. Chunki, har qanday xalq tilining tarixi shu xalq tarixining bir bo‘lagidir. Bu holat, ayniqsa, muayyan bir tilning lug‘at tarkibini tadqiq qilishda, uning shakllanishi va taraqqiyotini, yashash tarzini o‘rganishda yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, til urug‘ va qabila, elat hamda millat tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgani uchun kishilik jamiyatining tarixi tilda bevosita o‘z aksini topadi. Chunki, jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq shunday qonuniyat borki, jamiyatdagi har qanday o‘zgarish, birinchi navbatda, tilda namoyon bo‘ladi. Har qanday tildagi so‘zlarning tarixini, tilning lug‘at boyligini o‘rganishda, unga tarixiy nuqtai nazardan to‘g‘ri baho berishda tarix fani tilshunoslikka katta yordam beradi. Masalan, hozirgi o‘zbek adabiy tilida faol qo‘llanishda bo‘lib turgan arabcha, forscha-tojikcha va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarni o‘rganishda tarixiy dalillar asosiy omil sanaladi.

Albatta, tilshunoslik va adabiyotshunoslik (adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqid) o‘rtasidagi yaqin aloqa ham isbot talab qilmaydi. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik o‘rtasidagi ittifoq natijasida filologiya (yunoncha: phileo - sevaman + logos - so‘z) fani vujudga keldi. Tarixan bu termin Qadimgi Gretsiyada bugungi ma’nosida qo‘llanmagan; filologga nisbatan grammatik (grammatikos) termini qo‘llangan. Bu davrlarda Qadimgi Gretsiyada grammatikachi bilan filolog ikki xil ma’no uchun qo‘llangan, xususan, filolog termini badiiy asarning mazmuni va uslubini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi shaxsga, grammatikachi (grammatist) termini esa grammatika, orfografiya, matn izohi kabilarni o‘rganuvchi shaxsga nisbatan qo‘llangan. Keyinchalik, aniqrog‘i, Tiklanish (Vozrojdeniya) davrida nafaqat til va adabiyot, balki tarix, huquq, xo‘jalik, din, falsafa kabi fanlarni o‘rganuvchi klassik filologiya vujudga keldi. XIX asr o‘rtalariga kelib filologiya o‘z qamrov doirasini toraytirdi va uning ob’ektiga filologik fanlar sifatida tilshunoslik va adabiyotshunoslik kirdi.

Aytish mumkinki, poetika (yunoncha: poietike – poetik san’at, ijod, poeziya) tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlarining mushtarak ob’ekti sanaladi. Shuningdek, tilshunoslik va adabiyotshunoslikning o‘zaro yaqin aloqalari stilistika, adabiy til tarixi, badiiy asar tili masalalari tahlilida yanada yaqqol ko‘rinadi. Ammo badiiy matn tahlilida har ikki fan o‘ziga xos usullarda tadqiq etadi, o‘rganadi. Adabiyotshunos tilni badiiy shakl va g‘oyaviy mazmunning bir uzvi, adabiyotning asosiy elementi, so‘z san’ati sifatida, tilshunos esa badiiy matnni muallifning nutqiy faoliyati, til me’yori va uslubining aniq bir fakti sifatida tahlil qiladi. Badiiy asarda qo‘llangan til vositalari tadqiqi bilan funksional stilistika shug‘ullanadi.

Til shaxs nutqiy faoliyatining asosiy omili o‘laroq psixologiya va tilshunoslik fanlarining predmeti sanaladi.

Tilshunoslik (psixologiya kabi) pedagogika bilan ham yaqindan aloqada bo‘ladi. Ularning aloqalarini til o‘qitish metodikasida to‘liq kuzutish mumkin. Ayrim olimlar bu aloqani lingvodidaktika yoki lingvopedagogika deb ham atashmoqda. Ushbu so‘zlarda qo‘llangan didaktika termini ham yunoncha bo‘lib, didaktikos – ibratli, namuna degan ma’nolarni anglatgan. Didaktika hozirda pedagogikaning ta’lim va mazmuni, umumiy metod va shakllari haqidagi bo‘limidir.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish