Tilshonoslik yoki lingvistika tillarni o‘rganuvchi fandir. Tilshunoslikning amaliy va nazariy turlari mavjud bo‘lib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi (grammatikasi) va uning ma‘nosi (semantikasini) o‘rganadi



Download 45,5 Kb.
Sana05.04.2017
Hajmi45,5 Kb.
#6140
Tilshonoslik yoki lingvistika tillarni o‘rganuvchi fandir. Tilshunoslikning amaliy va nazariy turlari mavjud bo‘lib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi (grammatikasi) va uning ma‘nosi (semantikasini) o‘rganadi. Grammatika - morfologiya (so’zlarning tuzilishi va o’zgarishi), sintaksis (so’zlarning iboralarga va gaplarga biriktrilish qoidalari) va fonologiya (tilni abstrakt tovushlar yordamida o’rganish) fanlarini qamrab oladi. Amaliy tilshunoslik, asosan, tilshunoslikda o‘rganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash bilan shug‘ullanadi. Amaliy tilshunoslik tarkibiga xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatish, tarjima, nutq terapiyasi va nutq patalogiyasi kabi fanlar kiradi. Qiyosiy tilshunoslik-tillarning universal xarakterlarini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan fandir. Tarixiy tilshunoslik-tillarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishini o‘rganuvchi fandir.

Insonning o‘zi, uning ongi mehnat jarayonida paydo bo‘lgani kabi, til ham insonlarning mehnat qilishi jarayonida paydo bo‘lgan. Insoniyat taraqqiyotining ma’lum bir davrida, aniqrog‘i, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar mehnat qilishlari jarayonida bir-birlariga o‘z fikrlarini, his-tuyg‘ularini bayon qilish istagi tug‘ilgan va bu dastlabki oddiy tilning paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan.

Til va jamiyat bir-biriga ta’sir qilib turadigan, birining rivojiga boshqasi hissa qo‘shadigan hodisalar bo‘lganligi uchun jamiyatda yuz bergan o‘zgarishlar tezlik bilan tilda ham aks etishi tabiiydir. Bu o‘zgarishlar hammadan ko‘proq tilning lug‘at boyligida (leksikologiyasida), ya’ni so‘zlarida o‘z ifodasini topadi. Tildagi nutq tovushlari, tilning grammatik qurilishi, ya’ni gap bo‘laklarining joylashuvi, so‘z turkumlari tizimi uzoq vaqtgacha o‘zgarmasligi mumkin. Ammo tildagi so‘zlar tez-tez o‘zgarib turadi. Buni biz mustaqillikka chiqqan davr mobaynida o‘zbek tilidagi ayrim so‘zlarning (oblast, rayon, xirurg, ekspress va h.) chiqib ketishi, ayrim so‘zlarning esa (marketing, menejment, kompyuter, diler va h.) tilimizga kirib kelishi misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbek (qadimgi turkiy) tilini o‘rganish Mahmud Qoshg‘ariydan boshlanadi. Bu alloma eng birinchi turkiy tilshunosi, adabiyotshunosi, elshunosi sifatida nom chiqargan olimdir. U o‘zining “Devonu lug‘otit-turk” asarida turkiy tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarni ma’lum turkumlarga (ot, fe’l, yordamchi so‘zlarga) ajratgan. Buyuk vatandoshimiz Abudqosim Mahmud az-Zamahshariy ham o‘zining “Muqaddimat ul-adab” asarida otlar, fe’llar, bog‘lovchilar haqida ma’lumot bergan (Bu asarini keyinchalik o‘zi chig‘atoy, ya’ni o‘zbek tiliga tarjima qilgan).


O‘zbek tili fan sifatida maktablarda XX asrning boshlarida o‘qitila boshlandi. Ana shu davrdan boshlab tilimizni tizimli (sistemali) tarzda o‘rganish boshlangan.

O‘zbek tilshunosligi fanining poydevoriga dastlabki g‘ishtlarni qo‘yishda Abdurauf Fitrat, Elbek, A. Zoiriy, Muhammadamin Muhammadkarimov (Faxriddinov) (1894 – 1941), Munavvarqori Abdurashidxonov (1873 – 1931), Ye. D. Polivanov (1891 – 1938), Qayum Ramazonov (1897 – 1942), A. K. Borovkov (1904 – 1962), F. Kamolov (1907 – 1966), X. Komilova (1912 – 1961), Ayub G‘ulomov (1914 – 1982), F. Abdullayev, H. G‘oziyev, G’. Yusupov, H. Ma’rufov, U. Tursunov, T. Ibrohimov va boshqa olimlarning xizmatlari katta bo‘ldi. Hozirgi davrda tilimizni tadqiq qilishda faol ishtirok etayotgan M. Asqarova, Sh. Shoabdurahmonova, A. Hojiyev, A. Rustamov, N. Mahmudov, A. Nurmonov va boshqa o‘nlab yirik tilshunos olimlarni hurmat bilan tilga olishimiz mumkin.


1934-yili Toshkentda Til va adabiyot instituti ochilgan. Bu institutda olimlar o‘zbek tilini har tomonlama tadqiq qilishmoqda.

Qayerda yashashidan qat’iy nazar o‘zbek millatiga mansub barcha odamlar tomonidan ishlatiladigan til milliy (umumxalq) o‘zbek tili deb yuritiladi. Milliy til o‘z tarkibiga sheva, so‘zlashuv nutqi, jargonlar, vulgarizm (so‘kish, qarg‘ish so‘zlari), varvarizm (tilda o‘rinsiz ishlatilgan chet so‘zlar) kabi guruh so‘zlarni qamrab oladi.


Milliy tilning ma’lum qoidalariga bo‘ysundirilgan, muayyan qolipga solingan, olimlar, san’atkorlar, mutaxassislar tomonidan ishlov berilgan, doim silliqlashtirilib, mukammallashtirilib boriladigan shakli adabiy til deb ataladi. Adabiy til shu tilda gaplashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘lish zarurati adabiy tilning yaratilishiga sabab bo‘lgan. Milliy o‘zbek tilida shevalarning ko‘pligi adabiy tilga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirgan. Ayrim tillarda (misol uchun, fin tilida) shevalar kam bo‘lgani uchun adabiy tilga ehtiyoj yo‘q.

Rasmiy hujjatlar, badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi, ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko‘radi. Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari mavjud.


Sheva bir millatga mansub bo‘lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan milliy til ko‘rinishidir. Sheva adabiy tildan fonetik (ya’ni tovush), leksik (ya’ni so‘z) va grammatik (ya’ni qo‘shimchalar va gap qurilishi) jihatdan farq qiladi.
Xalq shevalarining faqat og‘zaki shakli mavjud. Shevalarning bir-biriga yaqin bo‘lgan guruhlari lahja deb ataladi (dialekt so‘zi sheva va lahja tushunchalarini birgalikda ifodalaydi). O‘zbek milliy tili tarkibida uchta lahja bor:
Qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh).

Qipchoq lahjasi (janubiy-g‘arbiy guruh).

O‘g’uz lahjasi (shimoliy-g‘arbiy guruh).

Qarluq lahjasi asosan shahar shevalarini o‘z ichiga oladi (Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qarshi). Bu shevalarning muhim fonetik va morfologik belgilari quyidagilar:


so‘z oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: elak – elay, terak – teray;

o lashish yuz beradi: aka – oka, nahor – nohor;

bu lahjada qaratqich kelishigining qo‘shimchasi yo‘q bo‘lib, uning o‘rniga ham tushum kelishigi qo‘shimchasi -ni ishlatiladi: ukamni(ng) daftari.

Qipchoq lahjasi shevalari O‘zbekistonning hamma viloyatlarida mavjud, ular asosan qishloqlarda tarqalgan (Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston, Shimoliy Xorazm viloyatlari, Turkmanistonning Toshovuz viloyati shevalari). Belgilari quyidagilar:


y o‘rniga j ishlatiladi: yo‘l – jo‘l, yo‘q – jo‘q;

g’ o‘rniga v ishlatiladi: tog’ – tov, sog’ – sov va b.;

k, q tushiriladi: quri(q), sari(q).

O‘g’uz lahjasi Janubiy Xorazmdagi (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp, Qo‘shko‘pir, Shovot tumanlari) bir qancha shevalarni o‘z ichiga oladi. Belgilari:


unlilar qisqa va cho‘ziq aytiladi: at (hayvon), aad (ism);

t tovushi d, k esa g tarzida aytiladi: tog’ – dog’, keldi – galdi;

-ning qo‘shimchasi -ing tarzida, -ga qo‘shimchasi esa -a, -na tarzida aytiladi: yorimga – yorima.

Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Farg‘ona-Toshkent shevalari asos qilib olingan. Olimlarning fikricha, Toshkent shevasi fonetik jihatdan, Farg‘ona shevasi morfologik jihatdan adabiy tilga asos bo‘lgan. Umuman olganda, adabiy til barcha shevalarga tayanadi.


Shevalarning o‘ziga xos xususiyatlari adabiy tilning ta’siri bilan asta-sekin zaiflashadi va yo‘qola boradi.
So‘zlashuv tilidagi so‘z va grammatik shakllar barcha shevalarda qo‘llanadigan, lekin adabiy tildan boshqacha tarzda shakllangan birliklardir: kelsa – kesa, bo‘lsa – bo‘sa, olib kel – opkel.
Vulgarizmlar tilda mavjud bo‘lgan so‘kish va qarg‘ish so‘zlardir: haromi, qiztaloq, yer yutkur, oqpadar va b.
Varvarizmlar tilda o‘rinsiz ishlatiladigan chet so‘zlar: uspet qilolmadim, papasha, mamasha, nastroeniem yaxshi, znachit, tak, vau, yess va b.
Jargonizmlar ayrim guruh kishilar tomonidan ishlatiladigan yashirin ma’noli so‘zlardir: mullajiring, loy soqqa, qurug‘i (barchasi pul ma’nosida).

2009-yilda yer yuzi aholisi 6,7 mlrd. ga yetdi. Mana shuncha aholi 2979 xil tilda gaplashadi. Ayrim darslik va qo‘llanmalarda, tillarning miqdori 3000 dan ortiq deb ko‘rsatiladi. Shundan 200 tilning har birida 1 mln. dan ortiq, 70 tilning har birida 5 mln. dan ortiq kishi so‘zlashadi. Qolganlarning har birida esa 1 mln. dan kam kishi gaplashadi.


Kavkaz tog‘larida joylashgan Dog‘istonda 1 mln.dan ortiq aholi bo‘lib, ular 40 ga yaqin tilda so‘zlashadi. Yer yuzidagi bir-biriga yaqin bo‘lgan, umumiy tomonlari ko‘p bo‘lgan tillar qarindosh tillar deb yuritiladi. Buning teskarisi hisoblangan xususiyatlarga ega bo‘lgan tillar esa qarindosh bo‘lmagan tillar hisoblanadi.
Dunyoda tillar kelib chiqishi, lug‘aviy va grammatik jihatdan yaqinligiga qarab bir necha til oilalariga bo‘linadi. Yer yuzida 20 ga yaqin til oilasi bor. Til oilalari o‘z navbatida til turkumlariga bo‘linadi.
Hind-yevropa oilasi quyidagi til turkumlarini o‘z ichiga oladi: hind turkumi (hind, urdu, bengal, panjob, gujarat va h.), eron turkumi (fors, afg‘on, osetin, kurd, tojik va h.), slavyan turkumi (rus, ukrain, belorus, chex, slovak, polyak, serb, makedon, bolgar, xorvat, sloven), boltiq turkumi (litva, latish, latgal), kelt turkumi (irland, shotland, breton, uels), anatoliy turkumi (o‘lik), tohar turkumi (o‘lik). Grek, alban, arman tillari birorta turkumga mansub bo‘lmasdan, shu til oilasiga kiradi.

Oltoy tillar oilasiga quyidagi turkumlar kiradi: turkiy tillar (o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turk, turkman va boshqa jami 24 ta til), mo‘g’ul, manchjur, yapon, koreys turkumlari kiradi. Ayrim darsliklarda turkiy tillar oilasi degan atama qo‘llanadi.


Fin-ugor tillar oilasiga fin guruhi (fin, eston, karel, komiziryan, komi-permyak, udmurt, mariy, mordva tillari), ugor guruhi (venger, mansiy, xantiy tillari) mansubdir.
Som-xom tillari oilasiga semit guruhi (arab, axmar, xarari, oysor, ivrit tillari), qushit guruhi (galla, somali, saho, beja tillari), berber guruhi (kobil, shilx, rif, tamazist tillari), chad-xom guruhi (xuase, kotoko, angas, karekare, sura, chuzgu, mubi tillari), arab guruhi (qadimgi arab) kiradi.
Kavkaz oilasiga g‘arbiy guruh (abxaz, abazin, adigey, kabardin, ibix tillari), nax guruhi (chechen, ingush, badbi tillari), dog‘iston guruhi (avar, darg‘in, lezgin, lak, karatin, gunzib tillari), janubiy guruh (megrel, chan, gruzin, kartaliy, svan, guriy) kiradi.
Xitoy-tibet oilasiga tay-xitoy guruhi (xitoy, dungun, tay, laos, chjuan, vyetnam tillari), tibet-birma guruhi (tibet, birma tillari) kiradi.
Bulardan tashqari, yana dravid, malay-polinez, avstraliya, papua, afrika til oilalari ham bor.
Download 45,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish