Tillarning aralashuvi Pijinlar va Kreol tillar aloqaviy tilning vujudga kelishi Reja: 1.tillar aralashuvi 2. Pijinlar va Kreol tillar 3. Aloqaviy tilning vujudga kelishi 1.Tillar Aralashuvi - Pijin va kreol tillar tilshunoslikda 1970-yildan boshlab
- tadqiqotchilarning e’tiborini torta boshlagan. Muloqot jarayonida
- kommunikativ vazifa qiyin bo‘lganida, suhbatdoshlar uchun o‘zaro
- tushunarli muloqot vositalari mavjud bo‘lmaganida muloqotchilar yangi
- aloqa vositasi – to‘laqonli grammatikaga ega bo‘lmagan, lug‘at tarkibi
- nihoyatda cheklangan yordamchi aralash tilni qo‘llay boshlaydilar
- Ana shunday yordamchi aralash tillar pijin va kreol tillar deb
- nomlanib, aloqaviy tillar hisoblanadi
2.Pijin tillar - Pijin – xalqlar o‘rtasida boshqa muloqot usuli bo‘lmagan vaziyatda
- vujudga keladigan, etnik sohibi bo‘lmagan, lug‘at boyligi va ijtimoiy
- funksiyasi cheklangan, beqaror grammatik tuzilishga ega bo‘lgan
- aloqaviy til turi.
Kreol tillar - Kreol (til) – pijin tillarning asosida shakllanadi va faoliyat jarayonida
- til egasining ona tiliga aylanadi. Pijin tildan nafaqat til egalarining
- mavjudligi, balki lug‘at boyligining kattaligi, grammatikasining turg‘unligi
- va funksiyalarining kengligi jihatidan farqlanadi
- .Yordamchi aralash tillarni o‘rganuvchi bo‘lim tilshunoslikda
- kontaktologiya yoki kreolistika, deb nomlanadi. Kreolistikaga XIX asrda
- H. Shuhardt asos solgan bo‘lsa-da, tilshunoslikda alohida soha sifatida XX
- asrning 50-yilaridan e’tiboran rivojlana boshladi. Kreolistika aloqaviy
- tillarning o‘ziga xos xususiyatlari, shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq
- bo‘lgani uchun u sotsiolingvistika sohasining tarkibiy qismlaridan biriga
- aylandi.
3.Aloqaviy tilning vujudga kelishi - Aloqaviy til maxsus yaratilmaydi, u muloqotchi suhbatdosh tilini
- o‘rgana olmaslik natijasida vujudga keladi. Ma’lum bir tilning qisqargan
- (reduksiyalangan) shakli til prepijingiga asos soladi va u mazkur til lug‘at
- qatlamining katta qismini egallaydi. Bunday til kreolistikada leksifikator
- deb ataladi.
Prepijin tor muloqot yo‘nalishi bo‘lib, uning lug‘at boyligi bir nechta - Prepijin tor muloqot yo‘nalishi bo‘lib, uning lug‘at boyligi bir nechta
- so‘zlar bilan cheklangan, grammatik tuzilishi o‘ta sodda ko‘rinishda
- bo‘ladi. Prepijinning fonetikasi so‘zlashuvchilarning ona tili me’yorlariga
- ancha yaqinlashgan bo‘ladi.
- Muloqotga kirishuvchilarning bu til ko‘rinishidan doimiy ravishda
- foydalanishi natijasida uning lug‘at boyligi, grammatik tuzilishi
- turg‘unlashadi va u asta-sekin prepijindan barqaror pijinga o‘tadi.
Adabiyotlar - 1.Salikoko S.Mufwene creoles and pidgins. Тhe routledge companionto
- Sociolinguistics. Edited by Carmen Llamas, Louise Mullany and Peter
- Stockwell. –New York: Routledge 2007.
- 2. Miriam Meyerhoff. Introducing Sociolinguistics. –New York: Routledge.2006
Do'stlaringiz bilan baham: |