Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY HAMDA AMALIY MASALALARI” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1 №. 01 (2021) 328
bo’lgani kabi so’zlarni hissiy jihatdan tasniflashda qo’llaniluvchi ijobiy va salbiy bo‘yoqdorlikka ega
bo’lgan so‘zlar lug’atini yaratish kerak. Ana shunda matnda qo‘llanilgan so‘zlar lug’at asosida
guruhlanadi. Bu tadqiqot ishini osonlashtiradi O‘zbek tilining izohli lug’ati asosida so‘zlarni uch salbiy,
ijobiy yoki betaraf guruhlarga ajratib chiqiladi:
1.
Salbiy so‘zlar : abgor, adabsiz, afsus, ajal;
2.
Ijobiy so‘zlar : abjir, adab, Afzal, ahil;
3.
Betaraf so‘zlar : abadiy, adabiy, adad, afisha, ahvol, aksirmoq.
Berilgan sharhlardagi so‘zlar ushbu lug’at asosida belgilab chiqiladi. Bunday hisoblashda aniqlik
yuqori darajada bo‘ladi. Bu nafaqat tadqiqot ishi uchun balki o‘zbek tilining o‘qitilishida ham amaliy
yordam beradi. O‘quvchilarda so‘zlarning ma’nolari bilan ishlash ko‘nikmasi shakllantiriladi. Keyingi
bosqichda Python dasturlash tili asosida mahsus dastur ishlab chiqiladi. Python - eng keng tarqalgan
dasturlash tili bo‘lib, hissiyotlarni tahlil qilishda tezda o'zlashtirmoqda Shunday qilib, biz yuqorida
gapirganimiz zamonaviy matnlardagi hissiyotlarni avtomatik ravishda tahlil qilish O‘zbekistonda ko’plab
sohalarning qo’llanilish darajasi va istiqbollarini kengaytiradi. Dunyo bo‘ylab axborotlarning xilma xilligi
va ko‘pligi sharoitida, ayniqsa, internet foydalanuvchilarining doimiy o'sishi matnli ma'lumotlarni tahlil
qilish vazifasi dolzarb ekanligini ko’rsatmoqda. Shunga ko’ra inson o‘ziga kerakli bo’lgan axborotlarni
yig’ish va ularga ishlov berishning yo‘llarini qidirishga intiladi. Dunyo ma’lumotlarining 90% qismi
strukturasiz ekanligini ko’rsatmoqda. Matnlarni hissiy jihatdan tahlil qilish orqali hujjatlarni oson
boshqarish, ma’lumotlarni tez fursatda va katta hajmda talqin qilish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Xususan
so‘ngi yillarda ekstremizm g’oyalarining internet foydalanuvchilari o‘rtasida tarqalishi. matnlarni tahlil
qilishning nechog’lik muhim ekanligini isbotlamoqda. Ekstremistik ruhdagi matnlarni neytral matnlardan
farqlash orqali yurtimizda sodir bolishi mumkin bo‘lgan xavflarning oldi olinadi. Axborot urushlari
paytida bu vazifa eng muhim vazifalardan biridir. . O‘zbekiston televideniya, gazeta va jurnallarida IT
sohasi haqida juda ko’p gapirilmoqda. Kompyuter yordamida bu vazifani bajarish orqali ancha kuch va
vaqtdan tejashga sabab bo‘ladi.