Tilim, bu dunyoda sensan suyugim , Durdek qimmatligim hamda buyugim . Ko`z ochib ko`rganim ona tilimsan, Dunyoda yagonam baxtim jonisan. Til – bu insonning va xalqning katta boyligi hisoblanadi. Chunki inson tili bilangina boshqa insonlar bilan munosabatda bo`ladi. 1989-yili 21-oktabr kuni o`zbek tiliga «Davlat tili» maqomi berildi. Mustaqil O`zbekiston davlati erkinlikning dastlabki yillaridanoq o`zbek tilining muhofazasi va taraqqiyoti uchun barcha qonuniy asoslarni yaratdi.Chorak asrdan oshdiki , o`zbek tili davlat tili sifatida 32 milliondan ortiq nufuzning nufuzli tili maqomida rivoj topib bormoqda.Ma'lumki, tilning taraqqiyoti uning lug`at boyligida , bu boylikning ko`payishi , so`zlar ma'no tarkibining ko`lamdorlik kasb etishida, muayyan morfologik va sintaktik shakllarning rang-baranglashishi hamda me'yorlashishi kabi bir qancha jarayonlarda namoyon bo`ladi.
Har xil asoslardagi hisob-kitoblarga ko`ra, bugungi kunda dunyoda 3 mingdan 7mingtagacha til borligi e'tirof etiladi. 2005-yilda tuzilgan YUNESKO ro`yxati 6912 ta tilni qamrab oladi. Bu tillardan 32,8 %i ya'ni, 2269 tasi Osiyo va 30,3 %i ya'ni, 2092 tasi Afrika qit'asiga to`g`ri keladi. Til- moddiy,ma'naviy merosni saqlash va boyitishning eng kuchli vositasi.
YUNESKO hisob-kitobiga ko`ra, mavjud 7 mimgga yaqin tilning yarmi XXI asrda o`zining oxirgi soxibidan ajralishi mumkin. Ba'zi farazlarga ko`ra,asr oxiriga kelib mavjud tillarning 95 %i o`lik tilga aylanadi.O`lim yoqasida turgan 2,5 ming tildan 15 tasi Markaziy Osiyo xalqlariga to`g`ri keladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respubliksining «Davlat tili haqida»gi qonuni qabul qilinganligining o`ttiz yilligini keng nishonlash to`g`risida»gi 2019-yil 4-oktabrdagi 4479- sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Vatanimiz mustaqilligining ma'naviy asoslarini mustahkamlash , xalqimiz avvalo yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o`zbek tilining ahamiyati tobora ortib borayotganini inobatga olib, 2019-yil 21-oktabr kuni O`zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonun tufayli o`tgan yillar davomida ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo`ldi. Ona tilimizning jamiyatdagi o`rni va nufuzini oshirish bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tilim bu dunyoning maxvashi bo`lgin, Yangragin minbardan olis yerlardan, Navoiy bobomning turkiy tilisan, Sen kam emassan boshqa tillardan.