145
sub’ektlarsiz o‘rganib bo‘lmaydi. Matn mazmuni ikki tomonlama
faoliyat natijasi bo‘lganligi uchun ham unint kategorial belgilari muallif
va adresant tomonidan bir xilda idrok etilishi lozim. Faqat shu yo‘sindagina u
yoki bu belgining barqarorlik darajasini aniqlash imkoni tug‘iladi. Kichik
hajmdagi matnlarni kognitiv tahlil etgan E.V.Levchenko matnning birlamchi,
barqaror, muallif va o‘quvchi ta’siridan xoli xususiyatlari bilan bir qatorda,
uning ikkilamchi, sub’ektning bevosita matn bilan munosabatta kirishishi
jarayonida yuzaga keladigan xususiyatlari ham mavjudligiga e’tibor qaratish
lozimligini uqtirgan.
218
Albatta, matn maqomini aniqlash, uning nutqiy
muloqot jarayonida, tutgan mavqeini bilish uchun ushbu hodisaga xos bo‘lgan
barcha turdagi xususiyat va belgilarni o‘rganish lozimligiii hech kim inkor
qilmaydi. Lekin tahlil qilinayotgan hodisaning ob’ektiv xususiyatini
aks ettirmaydigan, o‘tkinchi belgilar ko‘p holatlard sub’ekt tomonidan ushbu
hodisaga beixtiyor qo‘shib berilayotgan nisbat bo‘lishi ham mumkin.
Kategorial belgi uchun asosiy ko‘rsatkichlar barqarorlik, turg‘unlik, barcha
sharoitlarda takrorlana olish xususiyatidir.
Demak, matn tahliliga kognitiv-diskursiv tilshunoslik nuqtai nazaridan
yondashadigan bo‘lsak, uning mohiyatini invariant xususiyatlar zanjiri
belgilashini e’tirof etishimiz lozim. Xususiyatlarning invariantligi matn
yaratilishi va idroki jarayonlarining uzluksizligini, ularning davomiyligi va
biri-ikkinchisini taqozo etishini ta’minlaydi. Invariantlikning turli sharoitlarda
(matnlarda) voqelanishi esa uning variantli qo‘llanish imkoniyatlarini
namoyon qiladi. Invariantlik va variantlik xususiyatlari munosabatlarining
uzviyligi sharhini A.Hojiyevning yaqinda boshqa turdagi lisoniy hodisalar
mohiyatidagi umumiylik va
xususiylik belgilari muqoyasasida bildirgan fikrida
ham ko‘ramiz. Olimning qaydicha, paradigma - bir umumiy ma’nosida
birlashuvchi xususiy ma’noli shakllar guruhidir. Bu guruh va unga xos ma’no
tilning ma’lum sathiga xos kategoriya hisoblanadi. Masalan, fe’lning
zamon kategoriyasi harakatning nutq paytiga munosabatini ifodalaydi. Zamon
shakllarining hammasi uchun umumiy bo‘lgan bщlgan xususiyat ushbu
kategoriyaning tub mohiyatini belgilaydi. «Zamonning har bir turi esa, - davom
etadi A.Hojiyev, - o‘zicha umumiylik va xususiyliklarga ega. Masalan, o‘tgan
zamon fe’li harakatning nutq momentigacha bo‘lishini bildiradi - bu umumiylik
- o‘tgan zamon fe’lining mohiyati. Bu zamonning shakllari ana shu umumiy
ma’no asosida birlashadi. Har biri esa o‘ziga xos xususiyatga ega».
219
Olimning umumiylik va xususiylik munosabati haqida bildirayotgan
ushbu sharhi matnning kategorial va nokategorial belgilarini farqlash
tamoyillariga to‘la mos keladi. Bundan tashqari, kategorial belgilar majmuasi
218
Do'stlaringiz bilan baham: