147
freym yoki ssenariy ko‘rinishida ifoda topadi. Freym inson ongida mavjud
bo‘lgan (aniqrog‘i, yuzaga keladigan) kognitiv strukturadir.
221
Voqelikdagi
tipik vaziyatlar haqidagi ma’lumotga ega bo‘lish natijasida shakllanadigan
matn freymi markazida asosiy mavzu yoki makropropozitsiya tursa, uning
tugunlari (slotlari) esa alohida propozitsiyalar bilan to‘ldiriladi. Matn
kommunikativ-pragmatik mazmunini anglash maqsadida bajariladigan kognitiv
amallar negizida xuddi shu turdagi mental strukturalar tarkibiy qismlarining
o‘zaro munosabatlarini aniqlash vazifasi turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: