62
baxil ma’nolariga ega ekanligi qayd etilgan. Gurlan va Yangibozor shevalarida ushbu soʻzning,
bulardan tashqari, egri (gʻayir adam –egri odam), gʻayirlik qilma-yomonlik qilma ma’nolari keng
qoʻllanadi.
Haz
soʻzi ham arabcha boʻlib, halovat, lazzat ma’nosiga ega. Ta’kidlash kerakki, bu
soʻz hozirgi lugʻatlarda uchramaydi. Shevada haz soʻzi asosiy ma’nosini saqlagan holda Xorazm
shevalarida, jumladan, Shimoliy Xorazmda ham kayf-safo, mazza,
rohatlanish, yaxshi kayfiyat
kabi ma’no ottenkalarini ifodalaydi. Masalan:
Bir haz ettigav
(Rosa mazza qildik-a).
Ma’nolarida biroz oʻzgarish sodir boʻlgan ana shunday arabcha soʻzlardan biri
magʻzava
soʻzidir. Ushbu soʻz, aslida, kir suvi ma’nosini anglatadi. Shevalarda bu soʻz gapga,
soʻzga tushnmaydigan, bemaza, ezma, lanj ma’no qirralari bilan ishtirok etadi:
Ras, bir
magʻzava äkänsän-da.
(Rosa, bemaza ekansan-da).
Ana shunday soʻzlardan yana biri
gʻassal
soʻzidir. Arab tilida bu soʻzning vafot etgan
odamni, yana oʻlikni yuvuvchi (murda shuy) ma’nosi bor. Shimoliy Xorazm (qipchoq)
shevalarida ana shu ma’nosi taraqqiyotidan kelib chiqqan ishyoqmas, landavur,
dangasa
ma’nolariga duch kelinadi:
dim gʻassal bolipsan, balam
(Juda ishyoqmas boʻlibsan, bolam).
Bulardan tashqari, shevalarda ishlatiladigan, boshqa mintaqalarda kam qoʻllaniladigan
arabcha oʻzlashmalar qatoriga
talxin (
ashula, qoʻshiq),
baqqal
(baqqol),
qullab
(oshiq-moshiq),
battal
(oʻtmaslashgan ma’nosida),
raja
(reja) kabi koʻplab soʻzlar ishlatiladi.
Umuman olganda, arab tilidan oʻzbek tili va uning shevalariga oʻtgan soʻzlarning
umumiy salmogʻi, oʻzbek tilining lugʻat tarkibida tutgan mavqei oʻzbek tilshunoslari tomonidan
oʻrganilgan va ularning miqdoriy nisbatlari toʻgʻrisida hisob-kitoblar qilingan, unga koʻra, lugʻat
tarkibida 13% dan 20 % gacha arab soʻzlari ishlatilar ekan. [Мадраҳимов O. 1973:46.]
Barcha joyda boʻlgani kabi, Xorazmda ham arab tilidan kirib kelgan soʻzlar
keyinchalik oʻz soʻzlaridek qoʻllaniladigan boʻlib qolgan. Hatto bu soʻzlarning arabcha
ekanligini sheva vakillari sezmaydilar ham. Bunday soʻzlar juda qadim zamonlardan iste’molda
boʻlib kelganligi sababli, xuddi oʻz soʻzlaridek boʻlib qolgan. Bu jihatdan akademik Sh.
Shoabdurahmonovning arabcha soʻzlar shevalarning lugʻat
fondiga kirib, juda mustahkam
oʻrganishib qolgan va tamoman oʻzbek soʻzlari kabi oʻqiladi, degan fikri juda oʻrinlidir. [Ўзбек
тили лексикологияси. 1981: 94.]
Demak, barcha shevalarda boʻlgani kabi, Xorazm (qipchoq) shevalarida ham
oʻzlashma qatlam haqida gap ketganda,
birinchi navbatda, arab tilidan kirib kelgan soʻzlar
haqida fikr yuritiladi. Arabcha soʻzlarning shevalarga kirib kelishi arablarning Xorazmni bosib
olishi natijasida islom dinining qabul qilinishi barobarida, machit, madrasalarda arab tilida dars
berilishi, arab tilining din tilidan tashqari ilm-fan tiliga aylanishi kabi omillar natijasida Shimoliy
Xorazm shevalarida ham arabcha leksik qatlamning tashkil topishiga sababkor boʻldi.
Bunda Xorazm aholisining bir paytlar xorazmiy tilida soʻzlashganligi, bu tilning eroniy
tillar oilasining sharqiy guruhiga mansubligi,
qolaversa, fors-tojik tiliga bu tilning yaqinligi,
davlat ishlari, rasmiy hujjatlarning forsiyda yuritilishi, ayniqsa, forsiy tilda badiiy ijod
namunalarining yaratilishi natijasida ana shu asarlar
orqali turli sohaga oid, turli ma’nodagi
arabcha soʻzlarning kirib kelishi sodir boʻlganligini, oʻz navbatida bu soʻzlar negizida soʻzlar
yasalganligi, soʻzlar ma’nolarida oʻzgarishlar yuzaga kelganligini alohida ta’kidlash kerak
boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: