Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари. – Т., 2007. –
Б. 30.
2. Каримов Н. Истиқлол йўлида кечган умр // Жаҳон адабиёти, 2013, 5-сон.
3. Боту. Танланган асарлар. - Т.: Шарқ, 2004. -190 б.
4. Йўлдошев М., Ядгаров Қ. Бадиий матннинг лисоний таҳлили. – Т., 2007.. – Б. 81.
5. Сайидов.Ё. Жадид бадиий асарлари лексикаси: Филол. фан.док. дисс. – Т.: 2018 –
280 б.
68
Hozirgi zamon tilshunosligida qoʻshma gaplar: ularning ta’riflari va metatili
Conjunctions in modern linguistics: their definitions and metalanguage
Karimova Shahloza Boykuzi qizi
*
Annotation
. Different definitions of composite sentence and its metalanguage issues are
discussed in this article. Investigations of Uzbek and English linguists on composite sentences are
analysed. Criteries of defining composite sentences of linguists are presented.
Key words:
sentence, composite sentence, definition, contracture, predicative, intonation,
conjunction, metalanguage.
Tilshunoslik tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, qoʻshma gaplarga berilgan turli
ta’riflarni koʻrishimiz mukin. Dastlab, ular haqidagi ta’rif sodda shaklda bayon etilgan boʻlsa,
keyinchalik vaqt oʻtishi bilan ta’riflar murakkablashib toʻliq holga keltirilishga harakat qilingan.
Quyida berilgan ta’riflar qoʻshma gaplarga berilgan ilk ta’riflardan: “Qoʻshma gaplar ikki yoki
undan ortiq predikativ konstruksiyaning – sodda gaplarning birikuvidan tashkil topgan gaplardir.”
[ Azizov, 1963: 113]
“Ikki yoki undan ortiq ega kesimlik munosabatiga ega boʻlgan gaplarni qoʻshma gap
deyiladi.” [Irisqulov, 1993: 27]
Koʻrinib turibdiki, bu ta’riflar birmuncha sodda va tushunarli shaklga ega. Hozirgi zamon
tilshunoslari esa qoʻshma gaplar ta’rifiga batafsilroq yondoshishga harakat qilishadi. Ularni
toʻliq holda qoʻshma gap haqidagi barcha ma’lumotlarni qamrab olgan deyish mumkin. Masalan,
Oʻtkir Yusupov oʻzining “Ingliz tili grammatikasidan universal qoʻllanma”sida qoʻshma gapga
quyidagicha ta’rif bergan:
“Qoʻshma gaplar sodda gaplardan maqomi jihatidan yuqori turuvchi, tarkibida kamida
ikkita toʻliq predikativli sintaktik struktura mavjud boʻlgan ma’no, shakli hamda intonatsiyasi
jihatidan butun sintaktik birliklardir.” [Yusupov, 2004: 272]
Ta’rif qoʻshma gap ega boʻlishi kerak boʻlgan barcha xususiyatlarni oʻz ichida qamrab
olgan. Ta’rifda qoʻshma gapni sodda gapdan murakkabroq qurilmaligi, eng kamida ikkita
kesimlik belgisiga ega boʻlishi, uni ma’no, shakl va ohang jihatdan yaxlit bir butun ekanligi bayon
etilgan.
Keyingi ta’riflarda tilshunoslarni qoʻshma gaplarga alohida yaxlitlik hosil qiluvchi birlik
sifatida yondoshishganligani guvohi boʻlamiz:
“Qoʻshma gaplar butun bir murakkab fikrni ifodalovchi ikki yoki undan ortiq sodda
gaplardan iborat boʻladi.” [Gʻapporov, Qosimova, 2011: 296]
“Qoʻshma gaplar polipredikativ konstruksiya boʻlib, aniq va tugal fikrni ifodalab keladi.”
Nino Kirvolidze qoʻshma gapni ta’riflar ekan oʻzining “Theoratical course of English
grammar” nomli manbasida uni tashkil etgan sodda gaplar yuzasidan yondoshadi.
“Qoʻshma gap ikki yoki undan ortiq qismlardan tashkil topadi. Qismlar esa bitta ega va
bitta kesimdan iborat boʻlgan birlik boʻlib, qismlarni ham oʻzidan kattaroq boʻlgan birlik, yahni,
qoʻshma gapning bir boʻlagi hisoblanadi.” [Kirvolidze, 2013: 74]
Oʻzbek tilshunoslari ta’riflarida alohidalik sezilib turadi. Ular tomonidan berilgan
ta’riflar mazmunan bir-biriga juda yaqin hisoblansa-da, ta’rif berilishida mukammallikka
intilganlar. Tilshunoslar tomonidan keltirilgan ta’riflar bilan tanishar ekanmiz, ularni aksariyatini
quyidagi 2 kategoriya boʻyicha tasniflashiga e’tibor qaratdik:
1.
Ta’riflarda mazmun va ohang birligiga alohida e’tibor berilgan:
*
O‘qituvchi, Farg‘ona davlat universiteti, e-mail: shk_22@mail.ru
69
“Qoʻshma gaplar ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning mazmun grammatik jihatdan
birikuvidan tuziladi. Qoʻshma gap tarkibidagi komponentlarning birikuvida intonatsiyaning roli
katta.” [Asqarova, Abdurahmonov, 1981: 184]
“Qoʻshma gap alohida olingan gaplarning tasodifiy yigʻindisi boʻlmay, balki mazmunan
bir-biriga bogʻlangan va biri-biridan ajralishi mumkin boʻlmagan, bir butun, yaxlit fikrni
ifodalash uchun xizmat qiladigan sodda gaplar yigʻindisi.” [Qilichev, 1992: 54]
“Ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning mazmun, grammatik va ohang jihatdan
birikuvidan tuzilgan gap qoʻshma gap deyiladi.” [Hamroyev, 2008: 111]
“Bitta kesimlik belgisiga, mazmunning va ohang tugalligiga ega boʻlgan sodda, ikki yoki
undan ortiq sodda gapning oʻzaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va
ohang tugalligiga ega boʻlgan butunlik qoʻshma gap sanaladi” [Boltayeva, 2009: 67].
2.
Mazmun va ohang birligi bilan birgalikda bogʻlanish vositalariga urgʻu berilgan:
“Turli vositalar yordamida oʻzaro birikib, intonatsiya va mazmun jihatdan bir butunlik
hosil qilgan bir nechta sodda gap qoʻshma gap deb ataladi.” [Mirzayev, Usmonov, Rasulov,
1978: 213]
“Grammatik tuzilishi hamda ohangiga koʻra bir butunlikni tashkil etgan, bogʻlovchi yoki
bogʻlovchi vazifasidagi vositalar yordamida birikkan qurilmalar qoʻshma gaplarni tashkil etadi.”
[Abdurahmonov, 1991]
“Mazmuni, grammatik tuzilishi hamda ohangiga koʻra bir butunlikni tashkil etgan,
bogʻlovchi yoki bogʻlovchi vazifasidagi vositalar yordamida birikkan qurilmalar qoʻshma
gaplarni tashkil etadi.” [Abdurahmonov, 1996]
Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, shu kungacha qoʻshma gaplarga turli til vakillari
tomonidan juda koʻplab turlicha ta’riflar berib kelingan. Biz yuqorida saralab keltirib oʻtgan
ta’riflarimiz ularni aksariyatini oʻz ichiga oladi. Biz ta’riflarni saralashda ularni turli davrlarda
ma’lum va mashhur boʻlgan manbalardan olib koʻrsatishga harakat qildik. Ular 60-70 yillardan
boshlab har 10 yillik ichida shu kunga qadar berilgan eng koʻp ishlatilgan va ma’lum boʻlgan
ta’riflardandir. Ta’riflarni tahlil qilar ekanmiz, biz ulardan qoʻshma gaplar qanday xususiyatga
ega ekanligini hamda muallif uni qay jihatdan yoritmoqchiligini anglab olishimiz mumkin.
Qoʻshma gaplar haqida fikr yuritayotganda yana bir alohida xususiyatga e’tibor qaratish
lozim. Bu aynan qoʻshma gaplargagina tegishli hisoblangan atamalar va ularning ishlatilishidir.
Ular fan tilida oʻrganilayotgan mavzuning “metatili” deb yuritiladi. Biz qoʻshma gaplar metatili
haqida fikr yuritishda e’tiborimizni filologiya fanlari doktori, qoʻshma gaplar boʻyicha turli
tizimli tillarda qiyosiy tahlil bilan shugʻullangan tilshunos Gʻ.M.Xoshimov tomonidan yaratilgan
manbalarga qaratmoqchimiz.
Bilamizki, har bir tilda ma’lum tushunchalar oʻziga xos boʻlgan atamalar bilan yuritilib
kelinadi. Atamalar universal yoki oʻsha tilning oʻzigagina xos boʻlishi mumkin. Masalan,
qoʻshma gaplarga tegishli boʻlgan tushunchalar rus tilida: сложное (сложносочиненное,
сложно-подчиненное,
бессоюзное,
сложноспаянное,
многочлен-носложное,
гиперсложное) предложение, главное и придаточное предложения; oʻzbek tilida:
qoʻshma gap, ergash gapli qoʻshma gap, bogʻlangan qoʻshma gap, bosh gap, ergash gap;
Yapon tilida: bun, kun; ingliz tilida: Composite (Compound, Complex) sentence deb
yuritiladi. Bu atamalar dunyo tillarida ishlatiladigan atamalar b oʻlib, ularni yana davom
ettirish mumkin. Lekin, yuqoridagilarni oʻzi biz tadqiq qilayotgan birliklarni turli
tillarda oʻzgacha yuritilishini aniqlash uchun yetarlidir. Vaholanki, hozirgi zamon
tilshunosligida turli til birliklarini barcha uchun tushunarli va qulay tarzda yagona
universal atama bilan nomlash juda muhim hisoblanadi.
Bu holat har bir til foydalanuvchisi uchun qulaylik tu gʻdiradi,albatta. Fanda
allaqachon turli til vakillari tomonidan ma’qullangan va barchaga umumiy hisoblangan
«grammatika», «lingvistika», «sintaksis», «grammema», «sintaksema», «fonema»,
«morfema», «leksema», «sema», «polisemiya», «omonim», «sinonim», «antonim», «paronim»,
70
«giponim» kabi atamalardan foydalanib kelinadi. Zotan, bu terminlar istalgan tilning
grammatik qurilishida asosiy oʻrinni egallab turadi. Dunyoning qay tilida boʻlmasin
ular hamma foydalanadigan va birdek tushunarli b oʻlgan atamalardir. [S l y u s a r e v a ,
1 9 8 3 ]
Qoʻshma gaplarga tegishli boʻlgan atamalar tuzilishiga nazar tashlaydigan boʻlsak, ularni
kelib chiqishida “sintaksis” soʻzidagi asos qism “taksis” muhim rol oʻynaydi. “Taksis” soʻzi oʻzi
gap uchun muhim belgi hisoblangan kesimlik belgasi bilan xarakterlanib, gapning yuqori
darajalarini yaratilishida ishtirok etuvchi eng kichik sintaktik birlikdir. Gap ma’lum tillarda
“taksema” deb ham yuritiladi. «Taksema» Blumfild, va Axmanov tomonidan, hamda
«propozema» Blok tomonidan foydalanilgan.
Shunday qilib, “sintaksis” soʻzidan “taksis” qismini ajratib olib, uni yordamida gapning
yuqori darajalarini nomlab chiqishimiz mumkin. Masalan:
1.
Monotaksis - sodda gap
2.
Politaksis - qoʻshma gap:
a) parataksis - teng bogʻlangan qoʻshma gap
b) gipotaksis - ergash gapli qoʻshma gap
v) kollotaksis - (подуровень сложноколлокированного предложения);
g) parentaksis - (подуровень сложнопарентезного предложения);
d) gipertaksis - (подуровень сложнопарентезного предложения);
g) supertaksis - (подуровень многочленносложного предложения);
d) ultrataksis - (подуровень сверхсложного предложения);
a) arxitaksis - (подуровень архисложного предложения).
Ushbu atamalar monotaksema (monotaxeme), politaksema (polytaxeme), parataksema
(parataxeme), gipotaksema (hypotaxeme), kollotaksema (collotaxeme), parentaksema
(parentaxeme), gipertaksema (hypertaxe-me), supertaksema (supertaxeme), ultrataksema
(ul -trataxeme) va arxitaksema (architaxeme) tarzida yoki monotaks, politaks, parataks,
gipotaks, kollotaks, parentaks, gipertaks, supertaks, ultrataks va arxitaks shaklida ham
yuritilishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, atamalar tuzilishida “sintaksis” va
“taksis”, ularning emik (sintaksema, taksema) hamda etik (sintaks, taks) koʻrinishlari yaratuvchi
birlik sifatida namoyon boʻlyapti. [Hoshimov, 1991: 34]
Do'stlaringiz bilan baham: |