Tili va adabiyoti universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари. – Т., 2007. – 
Б. 30.
2. Каримов Н. Истиқлол йўлида кечган умр // Жаҳон адабиёти, 2013, 5-сон. 
3. Боту. Танланган асарлар. - Т.: Шарқ, 2004. -190 б.
4. Йўлдошев М., Ядгаров Қ. Бадиий матннинг лисоний таҳлили. – Т., 2007.. – Б. 81. 
5. Сайидов.Ё. Жадид бадиий асарлари лексикаси: Филол. фан.док. дисс. – Т.: 2018 – 
280 б. 
 
 
 


68 
 
Hozirgi zamon tilshunosligida qoʻshma gaplar: ularning ta’riflari va metatili 
Conjunctions in modern linguistics: their definitions and metalanguage 
 
Karimova Shahloza Boykuzi qizi
*
 
Annotation
. Different definitions of composite sentence and its metalanguage issues are 
discussed in this article. Investigations of Uzbek and English linguists on composite sentences are 
analysed. Criteries of defining composite sentences of linguists are presented. 
Key words:
 sentence, composite sentence, definition, contracture, predicative, intonation, 
conjunction, metalanguage.
Tilshunoslik tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, qoʻshma gaplarga berilgan turli 
ta’riflarni koʻrishimiz mukin. Dastlab, ular haqidagi ta’rif sodda shaklda bayon etilgan boʻlsa, 
keyinchalik vaqt oʻtishi bilan ta’riflar murakkablashib toʻliq holga keltirilishga harakat qilingan. 
Quyida berilgan ta’riflar qoʻshma gaplarga berilgan ilk ta’riflardan: “Qoʻshma gaplar ikki yoki 
undan ortiq predikativ konstruksiyaning – sodda gaplarning birikuvidan tashkil topgan gaplardir.” 
[ Azizov, 1963: 113] 
“Ikki yoki undan ortiq ega kesimlik munosabatiga ega boʻlgan gaplarni qoʻshma gap 
deyiladi.” [Irisqulov, 1993: 27] 
Koʻrinib turibdiki, bu ta’riflar birmuncha sodda va tushunarli shaklga ega. Hozirgi zamon 
tilshunoslari esa qoʻshma gaplar ta’rifiga batafsilroq yondoshishga harakat qilishadi. Ularni 
toʻliq holda qoʻshma gap haqidagi barcha ma’lumotlarni qamrab olgan deyish mumkin. Masalan, 
Oʻtkir Yusupov oʻzining “Ingliz tili grammatikasidan universal qoʻllanma”sida qoʻshma gapga 
quyidagicha ta’rif bergan: 
“Qoʻshma gaplar sodda gaplardan maqomi jihatidan yuqori turuvchi, tarkibida kamida 
ikkita toʻliq predikativli sintaktik struktura mavjud boʻlgan ma’no, shakli hamda intonatsiyasi 
jihatidan butun sintaktik birliklardir.” [Yusupov, 2004: 272] 
Ta’rif qoʻshma gap ega boʻlishi kerak boʻlgan barcha xususiyatlarni oʻz ichida qamrab 
olgan. Ta’rifda qoʻshma gapni sodda gapdan murakkabroq qurilmaligi, eng kamida ikkita 
kesimlik belgisiga ega boʻlishi, uni ma’no, shakl va ohang jihatdan yaxlit bir butun ekanligi bayon 
etilgan.
Keyingi ta’riflarda tilshunoslarni qoʻshma gaplarga alohida yaxlitlik hosil qiluvchi birlik 
sifatida yondoshishganligani guvohi boʻlamiz: 
“Qoʻshma gaplar butun bir murakkab fikrni ifodalovchi ikki yoki undan ortiq sodda 
gaplardan iborat boʻladi.” [Gʻapporov, Qosimova, 2011: 296] 
“Qoʻshma gaplar polipredikativ konstruksiya boʻlib, aniq va tugal fikrni ifodalab keladi.” 
Nino Kirvolidze qoʻshma gapni ta’riflar ekan oʻzining “Theoratical course of English 
grammar” nomli manbasida uni tashkil etgan sodda gaplar yuzasidan yondoshadi. 
“Qoʻshma gap ikki yoki undan ortiq qismlardan tashkil topadi. Qismlar esa bitta ega va 
bitta kesimdan iborat boʻlgan birlik boʻlib, qismlarni ham oʻzidan kattaroq boʻlgan birlik, yahni, 
qoʻshma gapning bir boʻlagi hisoblanadi.” [Kirvolidze, 2013: 74] 
Oʻzbek tilshunoslari ta’riflarida alohidalik sezilib turadi. Ular tomonidan berilgan 
ta’riflar mazmunan bir-biriga juda yaqin hisoblansa-da, ta’rif berilishida mukammallikka 
intilganlar. Tilshunoslar tomonidan keltirilgan ta’riflar bilan tanishar ekanmiz, ularni aksariyatini 
quyidagi 2 kategoriya boʻyicha tasniflashiga e’tibor qaratdik: 
1.
Ta’riflarda mazmun va ohang birligiga alohida e’tibor berilgan:
*
O‘qituvchi, Farg‘ona davlat universiteti, e-mail: shk_22@mail.ru 


69 
“Qoʻshma gaplar ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning mazmun grammatik jihatdan 
birikuvidan tuziladi. Qoʻshma gap tarkibidagi komponentlarning birikuvida intonatsiyaning roli 
katta.” [Asqarova, Abdurahmonov, 1981: 184] 
“Qoʻshma gap alohida olingan gaplarning tasodifiy yigʻindisi boʻlmay, balki mazmunan 
bir-biriga bogʻlangan va biri-biridan ajralishi mumkin boʻlmagan, bir butun, yaxlit fikrni 
ifodalash uchun xizmat qiladigan sodda gaplar yigʻindisi.” [Qilichev, 1992: 54] 
“Ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning mazmun, grammatik va ohang jihatdan 
birikuvidan tuzilgan gap qoʻshma gap deyiladi.” [Hamroyev, 2008: 111] 
“Bitta kesimlik belgisiga, mazmunning va ohang tugalligiga ega boʻlgan sodda, ikki yoki 
undan ortiq sodda gapning oʻzaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va 
ohang tugalligiga ega boʻlgan butunlik qoʻshma gap sanaladi” [Boltayeva, 2009: 67]. 
2.
Mazmun va ohang birligi bilan birgalikda bogʻlanish vositalariga urgʻu berilgan:
“Turli vositalar yordamida oʻzaro birikib, intonatsiya va mazmun jihatdan bir butunlik 
hosil qilgan bir nechta sodda gap qoʻshma gap deb ataladi.” [Mirzayev, Usmonov, Rasulov, 
1978: 213]
“Grammatik tuzilishi hamda ohangiga koʻra bir butunlikni tashkil etgan, bogʻlovchi yoki 
bogʻlovchi vazifasidagi vositalar yordamida birikkan qurilmalar qoʻshma gaplarni tashkil etadi.” 
[Abdurahmonov, 1991] 
“Mazmuni, grammatik tuzilishi hamda ohangiga koʻra bir butunlikni tashkil etgan, 
bogʻlovchi yoki bogʻlovchi vazifasidagi vositalar yordamida birikkan qurilmalar qoʻshma 
gaplarni tashkil etadi.” [Abdurahmonov, 1996]
Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, shu kungacha qoʻshma gaplarga turli til vakillari 
tomonidan juda koʻplab turlicha ta’riflar berib kelingan. Biz yuqorida saralab keltirib oʻtgan 
ta’riflarimiz ularni aksariyatini oʻz ichiga oladi. Biz ta’riflarni saralashda ularni turli davrlarda 
ma’lum va mashhur boʻlgan manbalardan olib koʻrsatishga harakat qildik. Ular 60-70 yillardan 
boshlab har 10 yillik ichida shu kunga qadar berilgan eng koʻp ishlatilgan va ma’lum boʻlgan 
ta’riflardandir. Ta’riflarni tahlil qilar ekanmiz, biz ulardan qoʻshma gaplar qanday xususiyatga 
ega ekanligini hamda muallif uni qay jihatdan yoritmoqchiligini anglab olishimiz mumkin.
Qoʻshma gaplar haqida fikr yuritayotganda yana bir alohida xususiyatga e’tibor qaratish 
lozim. Bu aynan qoʻshma gaplargagina tegishli hisoblangan atamalar va ularning ishlatilishidir. 
Ular fan tilida oʻrganilayotgan mavzuning “metatili” deb yuritiladi. Biz qoʻshma gaplar metatili 
haqida fikr yuritishda e’tiborimizni filologiya fanlari doktori, qoʻshma gaplar boʻyicha turli 
tizimli tillarda qiyosiy tahlil bilan shugʻullangan tilshunos Gʻ.M.Xoshimov tomonidan yaratilgan 
manbalarga qaratmoqchimiz. 
Bilamizki, har bir tilda ma’lum tushunchalar oʻziga xos boʻlgan atamalar bilan yuritilib 
kelinadi. Atamalar universal yoki oʻsha tilning oʻzigagina xos boʻlishi mumkin. Masalan, 
qoʻshma gaplarga tegishli boʻlgan tushunchalar rus tilida: сложное (сложносочиненное, 
сложно-подчиненное, 
бессоюзное, 
сложноспаянное, 
многочлен-носложное, 
гиперсложное) предложение, главное и придаточное предложения; oʻzbek tilida: 
qoʻshma gap, ergash gapli qoʻshma gap, bogʻlangan qoʻshma gap, bosh gap, ergash gap; 
Yapon tilida: bun, kun; ingliz tilida: Composite (Compound, Complex) sentence deb 
yuritiladi. Bu atamalar dunyo tillarida ishlatiladigan atamalar b oʻlib, ularni yana davom 
ettirish mumkin. Lekin, yuqoridagilarni oʻzi biz tadqiq qilayotgan birliklarni turli 
tillarda oʻzgacha yuritilishini aniqlash uchun yetarlidir. Vaholanki, hozirgi zamon 
tilshunosligida turli til birliklarini barcha uchun tushunarli va qulay tarzda yagona 
universal atama bilan nomlash juda muhim hisoblanadi.
Bu holat har bir til foydalanuvchisi uchun qulaylik tu gʻdiradi,albatta. Fanda 
allaqachon turli til vakillari tomonidan ma’qullangan va barchaga umumiy hisoblangan 
«grammatika», «lingvistika», «sintaksis», «grammema», «sintaksema», «fonema», 
«morfema», «leksema», «sema», «polisemiya», «omonim», «sinonim», «antonim», «paronim», 


70 
«giponim» kabi atamalardan foydalanib kelinadi. Zotan, bu terminlar istalgan tilning 
grammatik qurilishida asosiy oʻrinni egallab turadi. Dunyoning qay tilida boʻlmasin 
ular hamma foydalanadigan va birdek tushunarli b oʻlgan atamalardir. [S l y u s a r e v a ,
1 9 8 3 ] 
Qoʻshma gaplarga tegishli boʻlgan atamalar tuzilishiga nazar tashlaydigan boʻlsak, ularni 
kelib chiqishida “sintaksis” soʻzidagi asos qism “taksis” muhim rol oʻynaydi. “Taksis” soʻzi oʻzi 
gap uchun muhim belgi hisoblangan kesimlik belgasi bilan xarakterlanib, gapning yuqori 
darajalarini yaratilishida ishtirok etuvchi eng kichik sintaktik birlikdir. Gap ma’lum tillarda 
“taksema” deb ham yuritiladi. «Taksema» Blumfild, va Axmanov tomonidan, hamda 
«propozema» Blok tomonidan foydalanilgan. 
Shunday qilib, “sintaksis” soʻzidan “taksis” qismini ajratib olib, uni yordamida gapning 
yuqori darajalarini nomlab chiqishimiz mumkin. Masalan:
1.
Monotaksis - sodda gap 
2.
Politaksis - qoʻshma gap: 
a) parataksis - teng bogʻlangan qoʻshma gap 
b) gipotaksis - ergash gapli qoʻshma gap 
v) kollotaksis - (подуровень сложноколлокированного предложения);
g) parentaksis - (подуровень сложнопарентезного предложения);
d) gipertaksis - (подуровень сложнопарентезного предложения);
g) supertaksis - (подуровень многочленносложного предложения);
d) ultrataksis - (подуровень сверхсложного предложения);
a) arxitaksis - (подуровень архисложного предложения). 
Ushbu atamalar monotaksema (monotaxeme), politaksema (polytaxeme), parataksema 
(parataxeme), gipotaksema (hypotaxeme), kollotaksema (collotaxeme), parentaksema 
(parentaxeme), gipertaksema (hypertaxe-me), supertaksema (supertaxeme), ultrataksema 
(ul -trataxeme) va arxitaksema (architaxeme) tarzida yoki monotaks, politaks, parataks, 
gipotaks, kollotaks, parentaks, gipertaks, supertaks, ultrataks va arxitaks shaklida ham 
yuritilishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, atamalar tuzilishida “sintaksis” va 
“taksis”, ularning emik (sintaksema, taksema) hamda etik (sintaks, taks) koʻrinishlari yaratuvchi 
birlik sifatida namoyon boʻlyapti. [Hoshimov, 1991: 34]

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish