495
nisbatan ancha kengdir. Masalan, oʻzbek tilida –
lik
qoʻshimchasi bir qancha maqsadlarda
qoʻllanishi mumkin:
a) Holat yoki shaxslarning munosabatlarini aks ettiruvchi ot soʻz turkumiga oid soʻzlarni
yasash uchun. Masalan: otalik – otsovstvo, fuqarolik – grajdanstvo, bolalik – detstvo.
b) Mavhum tushunchalarni anglatuvchi otlarni yasash uchun. Masalan: tozalik – chistota,
yolgʻizlik – odinochestvo, tezlik – skorost, tinchlik– mir, spokoystviye.
v) Boshqa ma'noli otlarning yasalishida qoʻllanadi. (oʻn yillik– desyatiletka, shanbalik–
subbotnik, toshkentlik – tashkentes).
Rus tili va oʻzbek tillarida ot soʻz turkumiga oid soʻzlarning yasalishida ham farq bor, rus
tilida bir ma'noni ifodalash uchun bir necha suffikslar qoʻllanishi mumkin. Masalan,
shaxs
nomlarini ifodalash uchun, ya'ni, uning kasbga doir faoliyatni ifodalash uchun rus tilida
– tel, –
щik, – chik, – nik, –ist
suffikslari qoʻllanadi. Oʻzbek tilida esa bu ma'nolarni odatda bir affiks –
chi
orqali berish mumkin. Toʻgʻri,
- chi
yordamida aksariyat
kasb nomlarini ifodalovchi
koʻplab soʻzlarni yasash mumkin, bu qoʻshimcha soʻz yasash imkoniyatiga koʻra eng mahsuldor
qoʻshimchalardan biri sanaladi, masalan:
oʻqituvchi, oʻquvchi, tarixchi, uchuvchi, toʻquvchi,
sportchi, suvchi, navbatchi
va boshqalar.
Oʻzbek tilida kasb nomlarini ifodalash uchun qoʻllanadigan boshqa qoʻshimchalar ham bor,
masalan:
-bon, - kor(-gor,-gar,kar), -shunos, -kash,-dor,-boz, -paz,-xon,-doʻz, -boz, -parast, -
furush
va boshqalar [Rasulov, 2003:80].
Sanab oʻtilgan qoʻshimchalar asosida yasaladigan quyidagi soʻzlarni koʻrib chiqamiz. Ularning
aksariyat qismi kundalik turmush tarzida faol qoʻllanadigan soʻzlar hisoblanadi:
-bon( bogʻbon,mezbon, darvozabon, sorbon),
-dosh ( sinfdosh, yurtdosh, vatandosh, qarindosh, suhbatdosh, kasbdosh);
-kor,-gor,-gar,kar(paxtakor,pillakor,gʻallakor,talabgor,kimyogar, zargar,savdogar, miskar);
-shunos (tilshunos,adabiyotshunos,huquqshunos, siyosatshunos, mintaqashunos);
-kash ( mehnatkash, aravakash).
Oʻzbek tilida
–dosh
qoʻshimchasi ma'lum bir guruhga mansub shaxslarni anglatuvchi shaxs
otlarini yasaydi. Masalan,
sinfdosh, guruhdosh, yurtdosh, vatandosh, qarindosh, suhbatdosh,
kasbdosh;
Rus tilida esa bu soʻzlarning tarjimasi yoki qoʻllanilishi quyidagicha boʻladi:
odnoklassnik, odnogruppnik, zemlyak, sootechestvennik, rodstvennik,sobesednik, kollega.
Koʻrinib
turibdiki, bu guruhdagi soʻzlarning asosiy qismi
–nik
affiksi bilan yasalgan boʻlsada,
ba'zi soʻzlarning koʻrinishida farqli holatlar ham uchraydi.
Prefikslar yordamida rus tilida soʻz yasalishi – bu yasalayotgan soʻz oldidan old
qoʻshimchaning qoʻshilishidan yangi soʻzlarning yuzaga kelishi:
sistema – podsistema, yexat –
uexat, chitat – prochitat
. Bunday til hodisacini oʻzbek tilida ham kuzatish mumkin, masalan:
bahavo, badavlat, bahuzur, bafurja, bebaho, bepul, betayin, bebosh, nooʻrin, notoʻgʻri, noqulay,
noaniq, norasmiy, serunum, sersuv, serhosil, sergul, sergʻayrat, serfarzand
va boshqalar.
Soʻzlarni qoʻshib soʻz yasash – bunda ikki yoki undan ortiq soʻzlar yoki soʻz
asoslarini
qoʻshish orqali yangi soʻzlarni yasash mumkin. Soʻzlarni qoʻshib yoki juftlab qoʻshma soʻzlarni
yasash usuli rus tilida ham, oʻzbek tilida ham roʻy beradi. Masalan:
divan-krovat, vagon-
restoran, baxt-saodat, kuch-quvvat, qavm-qarindash, oziq-ovqat, katta-kichik, uzoq-yaqin, past-
baland
va hokazo. Soʻzlarni qoʻshib yangi soʻzlar yasalishidan qoʻshma soʻzlar hosil boʻladi,
ular qoʻshib yoziladi.
Quyidagi misollarda esa rus tilida soʻzlarni qoʻshish orqali yasalgan
snegopad (qorning koʻp
yogʻishi), snegoxod (qorda yurish uchun transport vositasi), zvezdopad (yulduzlar chamani),
ostroumiye (oʻtkir aql), zemlatryaseniye (yer qimirlashi), golovokrujeniye (bosh aylanishi)
umopomracheniye (aqlning xiralashishi)
kabi soʻzlarni misol keltirish mumkin. Shuningdek,
oʻzbek tilida esa
tezyurar – (skoroxod)–muzyorar (ledokol), toshbaqa – (cherepaxa), otboqar –
(konyux), tokqaychi – (sekator)
soʻzlarining oʻzbek tilida koʻp qoʻllanishini aytishimiz mumkin.
496
Soʻz yasalishining ot soʻz turkumiga oid bir qancha misollar va sifat soʻz turkumiga oid
soʻzlarning yasalishi haqida bir oz toʻxtaldik. Vaholanki, barcha soʻz
turkumlari, shuningdek,
sintaksis, stilistikaga oid mavzularni ham ona tili qiyoslab tushuntirilgan holda oʻzbek tilini
oʻrgatish talablarni tilga oid asosiy qoidalarni, tushunchalarni tezroq egallashlariga yordam
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: