Key words:
Uzbek dialectology, issues of Uzbek dialectology, reason for writing this
article, theory and practice of dialectology in other languages, general issues of dialectology, all
dialects of Uzbek folk dialects, dialectological theory and dialectological practices 'continuous
organic unit.
*
Filologiya fanlari doktori, dotsent, Alisher Navoiy nomidagi Toshkemt davlat o‘zbek tili va adabiyoti unversiteti,
enazrov@navoiy-uni.uz
; tolibenazarov61@ mail.ru
487
Bugungi kunda turli fanlar doirasida innovatsion texnologiyalar amalda qoʻllanayotgan
bir paytda dialektologiyasi sohasining oʻqitish hamda mazkur soha boʻyicha ilmiy ishlar olib
borish metodikasi muammolari haqida fikr yuritish kerak. Oʻzbek dialektologiyasi masalalari
XX asrning 20- yillaridan to 80- yillarigacha boʻlgan davrdagi ushbu sohada amalga oshirilgan
ilmiy ishlar qattiy bir tartibda olib borilmagan, tadqiqotchilarning tashabbuslari asosidagi ilmiy
izlanishlarning faoliyati stixiyali tarzda, ya’ni kim qaysi shevani ishlashini oʻzi hal qilgan, shoʻro
manfaatlariga xizmat qilgan rahbariyat esa shunday mavzularni faqat tasdiqlab, roʻyxatdan
oʻtkazishgan, xolos. Ya’ni mamlakatimiz hududi shevashunoslik boʻyicha maxsus
markazlashtirilgan kordinatsion kengash qarori bilan birma-bir oʻrganilmagan, aniqrogʻi,
nomigagina ilmiy ishlar olib borilgan. Natija ham shunga yarasha – markaziy shaharlar
shevalari oʻrganilgan, qolgan hududlar esa umuman qolib ketgan va dialektal matnlari ham
yigʻilmagan. Bizningcha, bu bilan o ‘zbeklarning shevasi ham bor-yoʻgʻI shu degan notoʻgʻri
xulosani keltirib chiqarish boʻlgan.
Bu haqidagi fikr-mulohazalar hozir birinchi marta aytilayotgani yoʻq, balki bundan oʻttiz
uch yil oldin ham oʻzbek dialektologlaridan biri Doʻstmurod Abdurahmonov tomonidan aytilib,
maxsus ilmiy ishda ta’kidlangan [1, 248-271]. Ushbu masalalarga e’tibor berilmagani uchun
ilmiy ishlarni olib boradigan dialektolog mutaxassislar va dialektologiya masalalari bilan
shugʻullanadigan tadqiqotchilar masalasi bahsli mavzu boʻlib qolmoqda. Soha boʻyicha
yozilgan (mavjud besh yuzga yaqin) ilmiy ishlar koʻriladigan boʻlsa, ularning qariyb hammasi
nazariy va amaliy xarakterdagi ishlar boʻlib, “Oʻzbek dialektologiyasi”ni oʻqitish boʻyicha ilmiy
metodik ishlar yoʻq hisobi.
Bu maqolaning yozilishiga sabab: boshqa tillarda dialektologiyaning nazariyasi va
amaliyoti haqida gapirilayotgan [2, 111.] bir paytda bizda dialektologiyaning umumiy
masalalarigagina toʻxtalib oʻtiribmiz.
Oʻzbek xalq shevalarining hammasi oʻrganilganday taassurotga kelingan, ammo
shevalarimiz toʻliq oʻrganilmaganligi aniq boʻlgani kabi ma’lum vaqt oʻtgani uchun rus olimlari
kabi shevalarimizning toʻplangan yoki toʻplanadigan dialektal materiallarini tavsifiy, tasnifiy,
fonetik, leksikografik, morfologik, morfofonologik, grammatik, statistik va etimologik
jihatlardan tadqiq etish zaruriyati sezilib turibdi. Chunki oʻzbek va rus dialektologiyasining
quyidagi hollariga guvoh boʻlamiz:
1.”Oʻzbek dialektologiyasi”da shevalar XX asrning 20- yillaridan oʻrganilayotgan boʻlsa-
da, hozirgi kungacha toʻliq oʻrganilmagan. Rus dialektologiyasida esa shevalar toʻliq
oʻrganilgan, yana oʻrganilmoqda.
2. Oʻzbek shevalari dialektal matnlarsiz toʻliq oʻrganilmay, tasniflashga kirishilgan, u
shevalar toʻliq oʻrganilgach, tuzatilishi mumkin boʻlgan nisbiy tasnifdir. Rus dialektologiyasida
esa shevalar toʻliq oʻrganilgach, shevalar bir butun holda tasniflangan.
3.Oʻzbek shevalari boʻyicha dialektologik atlaslar tuzish masalasi ham nomigagina
amalga oshirilgan. Ammo bunday biror ish qilingani, hatto, arxivlardan ham topilmadi, chunki
dialektal matnlar yozib olinmagan. Rus tilshunosligida dialektologik atlaslari nazariy asoslanib,
amaliy jihatdan ular yaratilgan ham.
4.Oʻzbek shevalarini lingvogeografik metod asosida oʻrganish jarayoni ham toʻliq amalga
oshirilmagan. Ushbu metodga bagʻishlab bir necha maqola va bir kitobdan boshqa ishlar amalga
oshirilmagan.
5. Shevalarimizni oʻrganish boʻyicha dialektologik amaliyot oʻtkazish XX asrning 90-
yillarining boshidan to 2012- yilgacha malakaviy amaliyotlar faqat fidoyi ustozlar va bilim
olishga chanqoq talabalarning oʻzlari hisobidan amalga oshirilgan. Rus dialektologiyasida
bunday malakaviy amaliyot mablagʻ bilan ta’minlash asosida domiy amalga oshirib kelingan.
6.Oʻzbek shevalari toʻliq oʻrganilmagani uchun olib borilayotgan tadqiqotlar
yakunlanmay qolib ketgan. Rus dialektologiyasida esa manbalar toʻliq tadqiq etilib, oʻrganib
boʻlingach, sheva materiallari boʻyicha yangi ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
488
7.Oʻzbek dialektologiyasi boʻyicha malakaviy amaliyotlar oʻtkazish kamayib-kamayib,
toʻxtab qolgach, “Shu sohaning tajribali mutaxassislari bormi?” degan savolga javob berish
dargumon. Boʻlajak mutaxassislar hech boʻlmasa, darslarda eshitgan fikrlarini dialektologik
amaliyotda koʻrib, bilib, eshitib, yaxshilab tushunib olardi-da. Mayli, talabalarning bu soha
boʻyicha bilimi, tajribasi DTS talablari darajasida ortib borsa ham. Bular esa oʻz-oʻzidan
shevashunoslik sohasi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib boradigan mutaxassislarning juda ham
kamayib ketishiga olib kelmoqda. Rus dialektologiyasida esa malakaviy amaliyotlar DTS talabi
darajasida olib borilmoqdaki, ilmiy tadqiqotchilarning ham soni kamaygani yoʻq.
8.Oʻzbek dialektologiyasi boʻyicha qilingan ishlar qanchalik koʻp deb maqtanavermaylik.
Ularning mukammalligi va amaliy, nazariy ahamiyatga molikligi jihatdan sifatiy ahamiyati juda
past. Buning isboti shevalarimiz boʻyicha tuzilgan bittagina lugʻat [3] (T.,Fan, 1971) soʻzligining
bor-yoʻgʻi 9,5 ming atrofida. Uning ham yarmiga yaqini qarindosh-urugʻ terminlari. Demak,
4,5 ming atrofida dialektal soʻz yigʻib nashr etilgan, xolos. Rus shevashunosligida dialektal
materiallarni toʻplab, tom-tom lugʻatlar lugʻatlar chiqarilayotgani bu soha ishlarining toʻgʻri
tashkil etilganligini tasdiqlaydi. Bizda esa yoʻq. Yigʻilgan dialektal soʻzlik nima, degan savolga
taniqli olimlarimizning qarashlari ham har xil boʻlgan.
Masalan, F. Abdullayev [4, 35-41], M.Mirzayev [5, 114-326], Ayub Gʻulomovlarning bu
masaladagi fikrlari har xilligi uchun dialektal lugʻatlar tuzishga hech kim botina olmagan.
Va yana shevashunosligimiz boʻyicha yaratilgan materiallar mazmunan quyidagi
koʻrinishlarga ega edi:
1.1.Sof nazariy mazmundagi ishlar – XX asrning 20- yillaridan to XXI asrning 10-
yillarigacha boʻlgan davrda amalga oshirilgan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari bunga
misol boʻladi.
1.2.Nazariy, amaliy xarakterdagi monografik tadqiqotlar va “Oʻzbek dialektologiyasi”
boʻyicha darslik, oʻquv qoʻllanmalari.
1.3.Ilmiy amaliy xarakterdagi dialektal lugʻatlar va sheva, lahjalardagi, tarixiy va badiiy
asarlardagi dialektizmlar ajratilib, tahlillar vositasida yoritilgan ilmiy maqolalar.
Sohaga tegishli ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy xarakterdagi mavzularini qanday
hamda qay tarzda tadqiq etish va oʻqitish masalalari bayon etilgan metodik xarakterdagi ilmiy
ishlar amalga oshirilmagan. Sababi: 1) toʻgʻri, bu sohada darslik va oʻquv qoʻllanmalari nashr
etilgan. Ularning asosiy maqsadi shevalarimiz boyligini imkoniyat doirasida qamrab olish,
oʻrganish va oʻzlashtirishga qaratilgan. Chunki ular vaqt, davr va misollar nuqtai nazaridan ham
eskirdi. Bu esa sohada darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yaratishning metodikasini shakllantirish
orqali shevashunoslikda mavzularni oʻqitish metodologiyasidan tortib, soha uchun zarur va
kerakli qoʻllanmalar yaratilishiga ham asos boʻladi.
2) maqola, oʻquv metodik qoʻllanma, oʻquv qoʻllanma va darslikda biron bir sheva yohud
lahja qiyosiy planda kam tadqiq etilgan, ya’ni biror bir hodisa, yo dialektizm, yo uning ma’nosi
bor yoʻqligi rad qilinib, yo qoʻllab- quvvatlanmagan;
3) oʻzbek shevalari toʻliq oʻrganilmaganligi uchun bu sohada yozilgan maqola, risola,
monografiya, oʻquv metodik qoʻllanma, oʻquv qoʻllanma, darsliklarda yangi dialektal
materiallarni berish va ularning tahlil qilishga kirishib ketilgani uchun metodik ishlarga e’tibor
berilmagan. Chunki shevalar va lahjalarimiz toʻliq oʻrganilmaganligi bor haqiqat.
2. Dialektologik nazariya va dialektologik amaliyotlarning oʻzaro uzviy birligini
ta’minlashni amalga oshirishni jiddiy oʻylab koʻrish vaqti keldi. Buning uchun esa dialektologik
nazariya va dialektologik amaliyot jarayonlarini shu sohada tadqiqotlar olib borishning
metodikasi va metodologiyasini zamonaviy ilm-fanning talablari asosida kuchaytirib, dialektolog
olimlarning faoliyatini qoʻllab-quvvatlab, dialektologiyaning amaliyoti boʻyicha ilmiy kuzatish
olib boradigan tadqiqotchilarning ilmiy va amaliy hamda moddiy jihatlardan quvvatlash lozim
boʻladi. Ular toʻplagan dialektal materiallarni tahlil va taqrizlar asosida qabul qiladigan
489
“Dialektologik fond”ni shakllantirib, faoliyatini doimiy ravishda olib borish shart. Bunda
quyidagi holatlarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq:
1) dialektal matnlarni yozishda qoʻllanilgan transkripsiyaning ayni vaqtda ikki xil
koʻrinishi bor edi: a) rus-krill alifbosi asosidagi transkripsiya; b) lotin alifbosi asosidagi
transkripsiya. Endi esa mana shularni e’tiborga olgan holda uning eng optimal variantlarini
hisobga olgan holda yangi transkripsion belgilarni dalillab, asoslab tuzib chiqish kerak. Ammo
transkripsion belgilarning murakkablashtirilishi oʻzini oqlamaydi. Chunki sheva materiallarini
qiyinchilik bilan jamlab olinayotgan bir vaqtda toʻsiq sifatida murakkab transkripsiyani qoʻllash
boshlangan ishlarning tugatilmasligiga olib keladi. Ba’zi bir olimlar murakkablashgan
transkripsiyani ham tavsiya etishmoqdaki, bu shevalarni oʻrganish va ilmiy asoslarda tadqiq etish
jarayonini sekinlashtiradi yoki boshlangan ishlarni yakunlanmasligiga sabab boʻladi. Sheva
materiallari yigʻib olingandan keyin maxsus ilmiy matnlarga kiritish vaqtida amaldagi ilmiy
transkripsiyaga oʻgirish (transletiratsiyalash) mumkin;
2) ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, metodikasini tatbiq etish uchun turli sheva va
lahjalarga tegishli dialektal matnlarni tanlab olib, oʻquv dialektal xrestomatiyalarni tuzish;
3) ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish va kuchaytirish uchun metodikasini tatbiq etish
uchun sheva va lahjalarga tegishli ilmiy nazariy va ilmiy amaliy xarakterdagi materiallarni
jamlab, ilmiy nazariy xarakterdagi dialektal xrestomatiyalarni shakllantirish;
4) ma’ruzada oʻtilgan mavzularning mazmunini amaliy mashgʻulotlarda amaliy jihatlarini
yoritish metodikasini kuchaytirish;
5) ma’ruzada oʻtilgan mavzularning mazmunini dialektologik amaliyotlarda toʻplangan
dialektal matndagi misollarda asoslash;
6) ma’ruzada oʻtilgan mavzularning mazmunini amaliy mashgʻulotlarda amaliy jihatlarini
yoritish uchun amaliy mashgʻulot dasturlarini yangilab, bu fanning amaliy mashgʻulotlarini
oʻtkazish uchun oʻquv qoʻllanmalar tayyorlashni amalga oshirish;
7) ma’ruzada oʻtilgan mavzularning mazmunini seminar mashgʻulotlarida amaliy
jihatlarini yoritish yoʻllarini talqin etadigan oʻquv qoʻllanmalarni tayyorlash;
8) amalda bajarilgan ishlarni ma’lum ma’noda jamlaydigan va talabalarni fikrlashga
da’vat etadigan oraliq nazorat ishlari va oʻquv loyiha shaklidagi ilmiy ishlarni amalda boshlash
vaqti keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |