oʻz ishlari bilan oʻzbek tilini oʻqitish metodikasini, oʻzbek tovushlari va grammatik
materiallarni oʻrganish tartibini toʻgʻri koʻrsatib berishga
” muvaffaq boʻlgan olim sifatida
yuqori baho bergan [Holiqberdiyev, 1971: 21]. Haqiqatan ham, I.A.Batmanovning oʻzbek
tilidan dars beruvchi oʻqituvchilar uchun chop ettirgan bir qator dastur va qoʻllanmalari oʻsha
yillarda oʻzbek tili ta'limining didaktik asoslarini yaratishda muhim omil boʻlgan edi [Batmanov,
1933: 58]. Oʻzbek tili ta'limining keyingi rivojida ayrim olimlarning ayni paytda oʻzbek va rus
tillarining qiyosiy grammatikasi muammolari bilan ham shugʻullanganliklarini,
ayrim olimlar
esa
oʻzbek tili ta'limi bilan bogʻliq faoliyatlarini asosan soʻzlashgichlar, lugʻatlar yaratishga
bagʻishlaganliklarini koʻrish mumkin [Azizov, 1980; Aliqulov, 1982; Kissen, 1990]. Istiqlol
sharofati bilan boshqa millat vakillariga oʻzbek tilini oʻqitish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarining
koʻlami ham kengaydi. Ta'lim rus tilida olib boriladigan maktablarda, oliy va oʻrta maxsus
ta'lim muassasalarida oʻzbek tilini oʻqitish, hatto maktabgacha tarbiya muassasalarining rus
guruhlarida oʻzbek tilini oʻrgatish masalalariga bagʻishlangan bir qator tadqiqot ishlari yuzaga
keldi. mazkur tadqiqot ishlarining aksariyatida muayyan ta'lim bosqichida rus guruhlarida oʻzbek
tili oʻrganishning u yoki bu xususiyatlari ishlab chiqilgan va koʻproq oʻquvchilar va
talabalarning oʻzbek tilidan ogʻzaki va yozma nutqlarini oʻstirishga qaratilgan.
Ma'lumki, islohotdan avval oʻqishlar rus tilida olib boriladigan umumta'lim maktablarida,
shuningdek, oliy oʻquv yurtlarining rus guruhlarida ham oʻzbek tili darslari ona tili metodikasi
asosida oʻqitilar, ya'ni milliy guruhlardagi ona tili fani kabi oʻzbek tilining barcha boʻlimlari:
fonetika, leksika, morfologiya, sintaksisdan biroz qisqartirilgan ma'lumotlar berilar, bunda asosiy
farq grammatik qoidalarning qisqa va asosan rus tilida yoki ayrim hollarda oʻzbek va rus tillarida
berilishida boʻlar edi. Mashqlarda ham odatda sof grammatik topshiriqlar berish, terma gaplarni
rus tiliga yoki oʻzbek tiliga tarjima qildirish bilan cheklanilar edi. Oʻqitishning bu usuli, ayniqsa,
qoidalarning rus tilida ham berilishi natijasida rusiyzabon oʻquvchilar grammatik qoidalarni
quruq yod olish bilan cheklanib, oʻzbek tilini tushunadigan, ammo oʻzbek tilida gapira
olmaydigan boʻlib qoldilar. Ushbu darsliklarda oʻquvchilarni nutqiy muloqotga undaydigan,
oʻquvchilarda oʻzbek tilida soʻzlashish ehtiyojini yuzaga keltiradigan, soʻzlardan soʻz
birikmalari, soʻz birikmalaridan gaplar, gaplardan matnlar tuzishga yoʻnaltiradigan mashqlar va
483
topshiriqlar tizimi deyarli yoʻq edi. Aslida ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda va
rus guruhlarida oʻzbek tilini oʻqitishdan asosiy maqsad oʻquvchilarga oʻzbek tili grammatikasini
oʻrgatish emas, balki ularda oʻzbekcha nutqiy koʻnikmalarni hosil qildirishdir. Buning uchun
turli gap qurilmalarini oʻrgatish, zarur boʻlgan grammatik bilimlarni, soʻz va soʻz
birikmalarining bogʻlanish qoidalarini esa nutqiy ehtiyoj, fikr ifodalash maqsadidan kelib
chiqqan holda oʻrgatish talab qilinadi. Tadqiqotchi M. Rixsiyeva oʻqishlar rus tilida olib
boriladigan maktablarda amaldagi oʻzbek tili dasturlari haqida fikr bildirar ekan, quyidagilarni
ta'kidlab oʻtgan edi: “Rus maktablarining oʻzbek tili dasturlarida leksik va grammatik
toifalarning vazifasi asosan bir yoqlama tahlil qilingan boʻlib, ularni matn tuzishdagi roli nuqtai
nazaridan oʻrganish muammosi deyarli e'tibordan chetda qolgan. Hozirgi kunda oʻquvchilarga
matn va uning tuzilishi, matnning ma'no va grammatik xususiyatlarini oʻrgatish yoʻllarini ishlab
chiqish, matnni tashkil qiluvchi mustaqil gaplar orasidagi munosabat turlariga oid nazariy
masalalarni hal qilish, gaplarni oʻzaro bogʻlovchi vositalar va ularni oʻrganish izchilligini
belgilash zarur” [Rixsieva, 12]. M. Rixsiyevaning ushbu qarashlari I. A. Batmanovning quyidagi
fikri bilan uygʻunligini ta'kidlash mumkin: “Ayrim soʻzlardan emas, sintaksisdan boshlash kerak.
Bu – oʻquvchilarga birinchi qadamdanoq oʻz bilimlarini amaliy qoʻllash imkonini beradi”
[Batmanov, 1934: 44].
Til tizimi nihoyatda murakkab va serqirra, muayyan tilni oʻrganish esa nutq, nutqiy
koʻnikmalar hosil qilish, nutqiy vaziyatdan kelib chiqish kabi bir qator muhim jihatlar bilan ham
bogʻliq boʻlgani uchun yanada murakkab. Bunda oʻrganilayotgan til bilan ona tilining farqli
xususiyatlari, oʻrganilayotgan tilning mazkur jamiyatdagi oʻrni, nufuzi kabi obyektiv holatlar
ham ahamiyatli ekanligi koʻpchilik olimlar tomonidan ta'kidlanadi [Djusupov, 2002: 78].
“Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun va istiqlol tufayli oʻzbek tiliga davlat tili maqomining
berilishi va ona tilimiz respublikamizning asosiy muomala, aloqa vositasi sifatida keng miqyosda
qoʻllana boshlagani, barcha ta'lim tizimlarida oʻzbek tilini oʻqitish, oʻquv, ilmiy, badiiy
adabiyotlarni oʻzbek tilida chop etish, rasmiy ish yuritishni oʻzbek tilida amalga oshirish
natijasida respublikamizda davlat tili amaliyotida qator yutuqlarga erishildi. Oʻzbek tilini boshqa
millatlarga oʻrgatish va oʻqitishda ham sezilarli siljishlar yuz berdi. Ta'lim boshqa tillarda olib
boriladigan maktablarda kommunikativ-nutqiy, funsional-semantik tamoyillari tatbiq etildi,
“Oʻzbek tili” fanidan oʻquv dasturlari takomillashtirildi, darsliklar modernizasiyalandi, til
ta'limining xalqaro kompetensiyaviy darajalariga muvofiqlashtirilgan davlat ta'lim standartlari
talablari ishlab chiqildi. Biroq erishilgan ushbu yutuqlar bilan bir qatorda, bugungi kunda
davlat tili ta'limida oʻz yechimini topmagan qator muammolar ham mavjud boʻlib, ularga
quyidagilarni kiritish mumkin:
Motivatsion xarakterdagi muammolar. Ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda yashovchi
fuqarolarning anchagina qismi ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar va rus
guruhlarida ta'lim oladilar. Ushbu maktablar va guruhlarda oʻzbek tilini oʻqitish ishlarini
samarali tashkil etish davlat ahamiyatiga ega masalalardan biri boʻlib, bu ta'lim boshqa tillarda
olib boriladigan guruhlarda oʻzbek tili ta'limini takomillashtirishning yangi konseptual
yondashuvlarini belgilab olish, oʻzbek tilini oʻqitishda ta'lim samaradorligini oshirishning oʻziga
xos jihatlarini, eng ilgʻor metodlarini aniqlash va ulardan unumli foydalanish masalalarini kun
tartibiga qoʻymoqda. Xususan, bugungi kunda respublikamiz ta'lim sohasida amalga oshirilgan
tub islohotlar, uzluksiz ta'lim tizimini maktabgacha ta'limda boshlash, ta'limda baholashni
natijaviyliklan kelib chiqib belgilash, “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqyeini
tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisiida”gi PF 5850- sonli Farmonidan kelib chiqib davlat
tili ta'limi metodologiyasini isloh qilish masalalarining oʻrtaga qoʻyilishi ta'lim oʻzga tillarda
olib boriladigan maktablar va guruhlarda oʻzbek tili oʻqitilishining milliy konsepsiyasini ishlab
chiqish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Bu oʻrinda bugungi kungacha maktabgacha tarbiya
muassasalari va maktabga tayyorlashning rusiyzabon guruhlarida respublikamizning davlat tilini
oʻrgatish boʻyicha mashgʻulotlar tashkil etilmaganligi, dasturiy ta'minoti ham mavjud emasligi,
484
ikkinchidan, oʻzbek tili ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda 1- sinfdan emas, 2-
sinfdan boshlab oʻqitib kelinayotganini koʻrsatib oʻtish kerak.
Mazmun-mundarija bilan bogʻliq muammolar. 2- sinfda oʻzbek va ingliz lotin harflari
tizimining va orfografik qoidalarining bir vaqtda oʻrgatilishi oʻquvchilar tomonidan me'yoriy
koʻnikmalarni puxta oʻzlashtirmaslikka, natijada oʻquvchilarning orfografik me'yoriy qoidalarni
aralashtirib qoʻllashlariga, bu esa yozma savodxonlikning keskin pasayib ketishiga, husnixat
koʻnikmalarining egallanmay qolishiga olib kelmoqda. Shuningdek, umumiy oʻrta ta'limda
oʻzbek tili ta'limi mazmunini sinflar kesimida boshlangʻich (2-4-sinflar), umumiy oʻrta (5-9-
sinflar) va yuqori sinflar (10-11-sinflar) boʻyicha uzviylashtirilgan dasturlar yaratish va
darsliklarni modernizasiyalash boʻyicha jiddiy ishlar olib borilayotgani holda ushbu ta'lim
mazmunini professional ta'lim va oliy ta'lim tizimlarida tadrijiy davom ettirish va ta'lim
bosqichlariaro uzluksizlikni ta'minlash masalasi hali ham oʻz yechimini topgani yoʻq.
Shuni qayd etish kerakki, oʻzbek tilini davlat tili sifatida oʻqitilishida bir guruhda oʻzbek tili
bilimlari turlicha boʻlgan rus, tojik va qardosh tillar vakillarining aralash oʻqishi beriladigan
bilimlar mazmunini berishda va oʻquvchilarning oʻzlashtirishlarida qator murakkabliklar keltirib
chiqarmoqda. “Oʻzbek tili” darsliklarining turli til oilalariga mansub til vakillari uchun bir
umumiy mazmunda yozilishi ta'lim jarayonida oʻqituvchiga ham, oʻquvchilarga ham
qiyinchiliklar yuzaga kelishiga sabab boʻlmoqda.
Metodik xarakterdagi muammolar. Oʻzbek tilini oʻqitish metodikasini takomillashtirish,
intensiv ta'lim metodlarini ishlab chiqish, darsliklarni modernizatsiyalash, ta'lim bosqichlarida
oʻzbek tilining nofaol leksikasini faollashtirish, kasbiy sohaviy muloqotga oʻrgatish
yoʻnalishlarda ilmiy-metodik tadqiqot ishlari olib borilmayapti. Ta'kidlash kerakki, oʻzbek tilini
oʻqitishning yangi, samarali usullari, ilgʻor pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalarini
keng joriy etish talab darajasida emas, elektron oʻquv qoʻllanmalar, 5-11-sinflar uchun
multimedia ishlanmalari, audiomatnlar toʻplamlari yaratilmagan, ta'limiy oʻquv filmlarini
yaratish va ta'lim jarayoniga maqsadli tatbiq etish takliflari amalga oshirilmayapti.
Oʻzbek tilidan 5-9-sinflar uchun darsliklar hajmi va formatining nihoyatda kichikligi, ular
boʻyicha uslubiy metodik qoʻllanmalar yaratilmayotgani yoki juda oz miqdorda chop etilib,
oʻqituvchilarga yetib bormayotgani, qoʻshimcha metodik-uslubiy adabiyotlarni chop etish
rejalashtirilmayotgani oʻzbek tili oʻqituvchilarini didaktik materiallar bilan ta'minlashini yomon
holatga tushib qolishiga olib keldi.
Bugungi kunda respublikamiz ta'lim sohasida amalga oshirilgan tub islohotlar va “Oʻzbek
tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqyeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisiida”gi
PF 5850-sonli Farmoni asosida yuz berayotgan oʻzgarishlar respublikamizda davlat tili ta'limi
metodologiyasini isloh qilishni va ta’lim oʻzga tillarda olib boriladigan maktablar va guruhlarda
oʻzbek tili oʻqitilishining yangi milliy konsepsiyasini ishlab chiqish ehtiyojini yuzaga keltirdi.
Mazkur milliy konsepsiyada uzluksiz ta’lim tizimida davlat tili ta’limini rivojlantirish quyidagi
ustuvor yoʻnalishlar asosida amalga oshirilishi koʻzda tutiladi:
mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlar tillarining rivojlanishi
uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularga davlat tilini oʻrganish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratib berish;
ajdodlarimizning qonida boʻlgan zullisonaynlikni rivojlantirish va maktabgacha yoshdagi
bolalarda nutq oʻstirish, tillarni oʻrganish boʻyicha ilk koʻnikmalarni aynan kichik yoshdan
boshlab shakllantirish maqsadida bogʻcha yoshidagi bolalar va maktabga tayyorlov guruhlari
uchun maxsus dasturlar va uslubiy qoʻllanmalar yaratish va yurtimizda yashovchi turli millatlar
farzandlarining davlat tilidan lugʻaviy koʻnikmalarini mazkur bosqichdan boshlash va maktab
ta'limida uzluksiz davom ettirilishini ta'minlash;
umumta'lim tizimida oʻzbek tilini oʻqitishni takomillashtirish va oʻquv dasturlari
mazmunini, darsliklarni modernizasiyalash boʻyicha sezilarli yangilanishlar kiritilgani holda bu
harakatlarni uzviylik va uzluksizlikda keyingi ta'lim tizimlarida – professional ta'lim va oliy
485
ta'limda tadrijiy davom ettirish talab darajasida emas. Shuningdek, davlat tilini maktabgacha
ta'limda oʻrgatishni yoʻlga qoʻyish uzluksizlik nuqtai nazaridan boshlangʻich ta'limda oʻzbek
tilini oʻqitishni 1-sinfdan boshlashni taqozo etadi. Aks holda oʻrtada uzilish, boʻshliq paydo
boʻladi.
joriy amaliyotda davlat tili ta'limi boʻyicha kompetensiyaviy talablar respublikamizda chet
tillarni oʻqitish boʻyicha bilimlar darajasiga qoʻyiladigan talablardan ham pastligi oʻzbek tilidan
DTS talablarini qayta koʻrib chiqish va ta'lim bosqichlari uchun kompetensiyaviy darajalar
talablarini takomillashtirish maqsadga muvofiqligini yeoʻrsatmoqda va quyidagilar tavsiya
qilinmoqda:
Do'stlaringiz bilan baham: |