499
Darhaqiqat, ona tili ta’limi nafaqat til oʻrgatish,
balki atrofni anglash, dunyoni bilish,
muloqotni samarali ta’minlash kabi vazifalarning asosi hamdir. Tilning vazifa va imkoniyatlari
doirasi keng va ulkan boʻlib, fikrlarning toʻgʻri va tez tushunilishi hamda mantiqqa mos holda
sifatli, samarali ifoda etilishini ta’minlash uning birlamchi vazifalaridan hisoblanadi. E’tiborlisi
shuki, soʻzlovchi oʻz fikrini ogʻzaki yoki yozma shaklda toʻgʻri ifodalashi kerak va qabul
qilingan nutqda berilgan ma’lumotni toʻgʻri tushunishi kerak. Bu jarayon, albatta, murakkab va,
ayni paytda, katta mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi. Oʻrta maktab ona tili ta’limi
mazmuni tilning aynan shu – birlamchi vazifasining amalga oshirilishini oʻzida aks ettirishi
lozim. Keyingi yillarda ta’lim jarayoniga tatbiq etilayotgan maktab ona tili darsliklarida ana shu
masala mohiyatiga monand holda yondashib, alohida e’tibor qaratilayotganligi quvonarli hol.
[Ona tili. 8-sinf, 2019; Ona tili.10-sinf, 2020; Ona tili. 11-sinf, 2020]
Shaxsning til qobiliyati toʻrt xil malakaning oʻzaro bogʻliqligida
rivojlanishi barchaga
ma’lum. Xususan, fikrni eshitib tushunish, ogʻzaki bayon qilish, oʻqib tushunish, yozma bayon
qilish. Eshitib tushunish va gapirish ogʻzaki nutq shakli bilan bogʻliq, oʻqib tushunish va yozish
esa tilning yozma shakli bilan. Eshitib tushunish va oʻqib tushunish psixologik tomondan nutqni
qabul qilish jarayoni, gapirish va yozish esa nutq yaratish jarayonidir. Bu jarayon va bosqichlar
shunchaki ketma-ketlik yoki oʻzaro aloqador hodisalar emas, ular bir-birini taqozo etuvchi va oʻz
navbatida inkor qiluvchi, murakkab pedagogik-psixologik jarayon bosqichlaridir. Ularning hosil
qilinishi, shakllantirilishi, rivojlantirilishi kabi muhim va dolzarb pedagogik vazifalarning
amalga oshirilishi ham oʻta murakkab va mas’uliyatlidir. Shu bois shaxsning til qobiliyatini
tashkil qiluvchi mazkur koʻnikmalarni shakllantirish va malakaga aylantirish alohida
yondashuvlarni taqozo qiladi. Bu singari yondashuv doirasida lugʻat bilan ishlash, soʻz va matn
bilan ishlashga doir ayrim ta’limiy mashgʻulotlar ham alohida oʻrin tutadi. Ona tili ta’limining
qaysi bosqichi va boʻgʻinida boʻlmasin, soʻz va matn ustida ishlash, lugʻat bilan ishlash oʻzining
samaradorligini yoʻqotmaydi, aksincha, til saboqlarining sifati va kafolatini ta’minlash
omili
boʻlib xizmat qiladi.
Oʻquvchi shaxsining ogʻzaki va yozma nutqini rivojlantirish, lugʻat boyligini oshirishni
ta’minlash, til imkoniyatlaridan oʻrinli va samarali foydalana olish koʻnikmalarini tarkib
toptirishga ona tili ta’limining ilk bosqichlaridan jiddiy e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq.
Shunga koʻra, lugʻat va matn bilan ishlash koʻnikmalarni shakllantirish ona tili ta’limining asosiy
va birlamchi vazifasi sifatida hamma vaqt, barcha bosqich va boʻgʻinda kun tartibida turishi
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Darvoqe, zamonaviy pedagogikamizda ilgʻor
pedagogik
texnologiyalar sirasida lugʻat ustida ishlash usullariga ham alohida urgʻu beriladi.
[Abduraimova, 2005: 3-26]
Ona tilining ana shunday mas’uliyatli vazifasi doirasida lugʻat bilan ishlash darslariga
doir ba’zi usullar bilan oʻrtoqlashamiz. Bu usul orqali ona tili darslarining turli bosqichlarida
soʻz bilan tanishish, soʻz qoʻllash, soʻz ma’nolarini anglash, soʻzlarning oʻzaro munosabatlarini
aniqlash, soʻz tarkibi va etimologiyasini kuzatish, umumiylik va farqli jihatlarni ilgʻash, soʻzning
oʻz yoki oʻzlashma qatlamga oidligini bilib olish, iboralar tarkibida soʻzning oʻrni va ma’nosi,
gap tarkibida ma’nodoshlarni qoʻllash va har bir ma’nodosh qoʻllanilishidagi farqlarni kuzatish,
matn tarkibida tutgan oʻrni va ahamiyatini ilgʻash, soʻzdan nutq maqsadi, vaziyati,
sharoitiga
qarab tanlab ishlatishni oʻrganish kabi koʻnikma va malakalarni shakllantirishga, rivojlantirishga,
lugʻat boyligini oshirish, bilim doirasini kengaytirish, voqea-hodisalar oʻrtasidagi oʻzaro
bogʻliqlikni his qilishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: