Tili va adabiyoti universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet414/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Азизов А.А Сопоставительная грамматика русского и узбекского языков: Морфология. 
[Учебное пособие для филол. фак. ун-тов] / А. А. Азизов. - 2-е изд., перераб. и доп. – 
Ташкент: Ўқитувчи, 1983. – С 239. 
2.Бакиева Г. Х., Караева Б. Х., Коршунова Е. Н., Краева И. А, Тешабаева Д. М., Фролова 
Г. М. Узбекский язык для стран СНГ. – М.: ФГБОУ ВПО МГЛУ, 2012. – С.331. 
3.Осинцева-Раевская Е. А. Роль и место родного языка при изучении русского языка как 
иностранного. Вестник Балтийского федерального университета им. И. Канта. 2014. Вып. 
5. – С. 96–102 
4.Rasulov R.,Usmonova M., MirazizovA.Oʻzbek tili. Oliy oʻquv yurti rus guruhi talabalari 
uchun darslik –T., 2003 – С.346.
5. Щукин А.Н. Современные интенсивные методы и технологии обучения иностранным 
языкам: учебное пособие. – М.: «Высшая школа», 2008. – С. 188. 
 
 
Tilimiz sergaklikni talab qiladi 
Our language requires carefulness 
Yuldasheva Nilufar Abdullayevna
*
 
Annotation.
Uzbek, as one of the richest and most ancient languages in the world, is a 
shining product of centuries - old cultural, scientific, enlightenment and artistic thinking and 
intellectual potential. The Uzbek language is not only a national value, but also a patriotism. 
 
Key words.
Nation, history of language, word, grammatical device, intellect,
methodology, literacy. 
 
Keyingi yillarda davlat tiliga e’tibor davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Oʻzbek tiliga 
davlat tili maqomi berilgan kun – 21-oktabr sanasini “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb e’lon 
qilindi. Davlat tilini rivojlantirish departamentining tashkil etilishida buning yorqin namunasini 
koʻrishimiz mumkin. Ta’lim muassasalari jumladan Oliy ta’limga kirishda imtiyoz beradigan 
onatili va adabiyot fanidan milliy sertifikatlashtirish tizimini ham ishlarning mantiqiy davomi 
sifatida koʻrishimiz mumkin. Oʻylaymizki, bu tizim amaliyotga joriy etilsa, ona tili va adabiyot 
fanlarini oʻqitish metodikasida yangi bosqich boshlanadi hamda fanning hayot bilan 
chambarchas bogʻliqligi yanada oshadi. 
Til tarixiga e’tibor bersak, Fitrat oʻtgan asrning 20- yillarida “Chigʻatoy gurungi”ning 
Oʻzbekistondagi birinchi adabiy uyushma sifatida tuzilganligi haqida gapiradi hamda 
uyushmaning asosiy maqsadlarini sanab oʻtar ekan, lugʻat tarkibi va grammatik tuzilishi 
murakkab boʻlgan oʻzbek adabiy tilini isloh qilishga alohida e’tibor qaratadi. Shu oʻrinda arab, 
fors soʻzlarini sof turkiy soʻzlarga almashtirish lozimligini ta’kidlaydi. Bundan kutilgan natija 
yangi oʻzbek adabiy tilini yaratish masalasi edi. Darhaqiqat, dunyoda shunday tillar boʻladiki, bu 
tillarni jamiki millatlar havas bilan qarab oʻrganishga harakat qiladi. Bugun yer yuzida 50 
*
A.Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, ped.f.n., dots. 
Abdulla_qodiriy_ijod_maktabi@mail.ru
 


497 
milliondan ortiq insonlar oʻzbek tilida soʻzlashadilar va oʻz fikrlarini bayon qiladi, ilmiy 
tadqiqotlar olib boradi, bir soʻz bilan aytganda ijod qiladi. Biz juda katta gʻurur bilan aytsak 
boʻladiki, oʻzbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biri sifatida koʻp asrlik madaniy, ilmiy-
ma’rifiy va badiiy tafakkur hamda intellektual salohiyatining yorqin mahsulidir. Oʻzbek tiliga 
fidoyilik milliy qadriyatgina emas, balki vatanparvarlikdir. Davlat tili mustaqil boʻlishi arafasida 
universitetning (ToshDU) oxirgi kurslarida oʻqir edik, birdan ustozlarimiz bir–birlarini 
quchoqlab, yigʻlab tabriklaganlarinig uvohi boʻlganmiz. Nuqul ular muborak boʻlsin, millatning 
tugʻilgan kuni, xayrli boʻlsin, -deya, ta’kidlashar edi. Keyin bilsak, Oʻzbekistonda 1989-yil 21-
oktyabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi 
qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qoʻyilgan dastlabki dadil 
qadam desak yanglishmaymiz. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan oʻzbek tili mustahkam 
huquqiy asos va yuksak maqomga ega boʻldi dunyoda oʻz mavqeyiga ega boʻlgan tillar qatoridan 
joy oldi. Barchamizga ma’lumki, istiqlol yillarida ona tilimiz chin ma’noda davlat tiliga aylanib, 
xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar 
etadigan beqiyos kuch, salobatli ustunga aylandi. 
Xalqimizni ildam qadam tashlashga ruhlantiruvchi yalov sifatida maydonga chiqdi. 
Oʻzbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qoʻllanib, 
xalqaro minbarlarda baralla yangrayotganligi koʻplab xayrixohlarni toʻlqinlantirib yubordi. Shu 
oʻrinda dunyoning turli mamlakatlarida tilimizga e’tibor va uni oʻrganishga qiziqish kun sayin 
ortib bormoqda. 
Shu oʻrinda til imkoniyatlari va uni oʻrganish, targʻib qilish millat fenomenining asosiy 
jihati boʻlsa, yana bir muammo borki u ham boʻlsa, yoshlarimiz ong-u shuuriga muqaddas 
tilimizga boʻlgan hurmatni tarbiyalashdan iborat. Agar xonasi boʻlsa, bugungi avlod til 
imkoniyatlaridan oqilona foydalanyaptimi? Ular soʻzlashuv va yozma muloqot jarayonlarida 
qanday muammolarga duch kelishmoqda? Bugungi globallashuv davri, texnika va axborotlar 
asrida 
til 
imkoniyatlarini 
maqsadli 
ishlatish 
koʻnikmalari 
toʻla 
shakllanyaptimi? 
Ilmning ikki qanoti boʻlmish ogʻzaki va yozma nutq salmogʻini toʻlaqonli his etadigan yangi 
avlod kadrlariga ta’lim berib, tarbiyalashda qanday muammolarga duch kelyapmiz? 
Oʻnlab savollar barchamizni oʻylantirib qoʻyadi. Sabab qidiramiz, muammoni koʻtaramiz, bahs – 
munozara qilamiz, biroq uning samarali yechim-yoʻlini topishda qiyinchiliklar girdobiga singib 
ketaveramiz. 
Muammolar yechimini qidirar ekanmiz, birinchi muammo: bu maktab darsliklari va 
undagi gʻalizliklar. Ikkinchi muammo: bu oʻqituvchi metodikasidagi kasbiy mahoratning 
yetishmasligi. Uchinchi muammo: mazkur mavzularda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning 
yetarli emasligi va mavjudlari ham amaliyotga toʻliq tatbiq etilmayotganligi. Toʻrtinchi 
muammo: xalqimizning kitobxonlik saviyasi toʻlaqonli shakllanib, rivojlanish pallasiga hali-
hanuz oʻtmaganligi. Beshinchidan esa internet axborot almashinuvidagi pala-partishlik va 
savodsizlarcha yozma muloqotdan foydalanilayotganligi. Umuman olganda mazkur muammolar 
u qadar katta fojia keltirib chiqarmaydi-ku, deb e’tiroz bildirayotganlar bordir. Biroq millatni 
tanazullga olib boruvchi asosiy omillar bilinar-bilinmas epkin sifatida kirib keladi va katta 
inqirozlarga sabab boʻlishi tarixiy faktdir. 
Abdulla Avloniy “Tilga, madaniyatga muhabbat har bir kishining xalqiga boʻlgan 
muhabbati deb baholaydi hamda soʻzni noyob gavhar ekanligiga ishora qilib, millatning 
borligʻini koʻrsatuvchi oyna til va adabiyotdir”,- deya oʻz fikrlarini “Maktab gulistoni” (T., 
1916) asarida ifodalaydi. 
Ijodkor oʻquvchilar bilan ishlash jarayonlarida ham oʻquvchi fikrini bayon qilishida duch 
keladigan ayrim muammolarga toʻxtalib oʻtsak, ijodkor oʻz tuygʻularini toʻgʻri va salmoqli 
ifodalashda soʻzni toʻgʻri ishlata olmaslik, ayrim oʻrinlarda tinish belgilarining oʻrnini 
almashtirib yuborishida, ba’zan juda koʻp imlo xatolar bilan fikrini qogʻozga tushirishida, 
ayniqsa, soʻz zalvorini his qilmasdan matnda ishlatib yuboraverishida koʻzga tashlanadi. 


498 
Oʻzbek tili xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-e’tiborini tubdan 
oshirish, bugungi yosh avlod oldida turgan katta mas’uliyatlardan biri boʻlib, yoshlarimizni 
vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulugʻ ajdodlarimizning boy merosiga 
vorislik ruhida tarbiyalashning asosiy mexanizimlaridan biri ekan, barcha fuqarolar mana shu 
oʻrinda burchli ekanligimizni yodda saqlashimiz zarur. Tilimiz orqali xalqlar, millat va elatlar 
orasida hamisha aziz-u mukarram ekanligimizni aslo unutmasligimiz kerak. 
Oʻzbekona lutf, muomala, milliy qadriyatlar, odob-axloq esa ona tilimiz madaniyatining 
kalitidir. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish