Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

teginmoq, tegmoq
, ya’ni “biror 
buyumni fiziologik ushlash harakati”ni ifodalovchi soʻzga “his-tuygʻulariga tegib ketmoq, ta’sir 
qilmoq”semasini bergan (fransuzcha “
toucher”dan) 
[Valentina X., 2012].
Umuman olganda analitik tillar sintetik tillarga taqqoslanganda koʻproq polisemantik 
tabiat kasb etadi. Ammo tillarning semantik boyish xususiyatini chogʻishtirib oʻrganish ma’lum 
murakkablik tugʻdiradi. Chunki amaldagi lugʻatlar soʻzlarning barcha semalarini ham 
yoritavermaydi. Bundan semantik tipologik tadqiqotning diaxronik aspektda amalga oshirilishi 
naqadar murakkablik yuzaga keltirishini tushunsa boʻladi. 
Semantik tipologiya, shuningdek, tillarda mavjud semantik kategoriyalar polisemiyasidan 
ham ibtido olishi mumkin. Bunda tillararo oʻzaro takrorlanuvchi leksemalarning yoki ularning 
ekvivalentlarining mavjudligi, koʻp ma’noliligi, ma’no koʻchish xususiyatlari hamda morfologik 
oʻziga xosliklarga egaligi maqsadga muvofiqdir.
Bir qarashda inson ongi oʻzida mavjud boʻlgan muhitda cheksiz sonli oʻxshashliklarni 
aniqlash salohiyatiga ega. Binobarin, qancha koʻp tillarda izlanish olib borsak, shuncha koʻp 
oʻziga xos metaforalarga va kutilmagan ma’no koʻchish holatlariga shohid boʻlamiz. Ammo 
koʻzga yaqqol tashlanadigan namunalaga mahliyo boʻlib, semantik universallar – leksik 
polisemiyaning tillararo naqadar keng tarqalganligini koʻzdan qochiramiz. 
Leksik polisemiyani tadqiq qilishning eng samarali usuli – komponent tahlil metodi. Bu 
nuqtayi nazardan qaralganda, polisemantik soʻzning tayanch va hosila ma’nolari orasidagi aloqa 
mazkur ma’nolar uchun umumiy boʻlgan semantik belgi (komponent)dan iborat boʻladi 
[Селиверстова, 1975]. Bu belgini I. Qoʻchqortoyev “taqqoslash asosi” deb nomlaydi. 
Polisemantik soʻzning aksariyat sememalari hosila mano sanalib, ular asosiy tayanch 
ma’nodagi biror elementga chogʻishtirilishi asosida yuzaga keladi. “Leksik polisemiya” 
tushunchasi haqida toʻliq tasavvur hosil qilish uchun I. Qoʻchqortoyev A. A. Potebnyaning bu 
jarayonga aloqador juda tushunarli va chiroyli tasvirini keltiradi: 
“Lampaga kiydirib qoʻyilgan dumaloq oq qalpoqchani endi gapira boshlagan bolaga 
koʻrsatib, “Bu nima?” deb soʻrab koʻraylik. Bola bu narsani oldin koʻp marta koʻrgan, lekin unga 
ahamiyat bergan emas. Bola uni bilmaydi, chunki taassurotlarning izlari oʻzligicha bilim 
boʻlolmaydi. Bizning maqsadimiz bolaning avvalgi taassurotlariga yangi taassurotlar qoʻshish 
emas. Bizning maqsadimiz bolaning e’tiborini lampa haqidagi taassurotlarni oʻzining bilimga 
aylangan, bir tartibga keltirilgan taassurotlari bilan bogʻlashga yoʻnaltirishdan iborat. Bola 


50 
savolga: “Tarvuzcha,”─deb javob berdi. Bu orada bolaning miyasida nomlash (atash) orqali 
bilish amali sodir boʻladi. Boshqacha qilib aytganda, bolaning miyasida bilinayotgan, hali 
nomlanmagan narsani oldin bilingan, nomlangan narsaga taqqoslash, ular orasidagi oʻxshashlikni 
topish, bilish amali yuz berdi. Oq chinni sharni tarvuz deb atash bilan bola sharning rangi yashil, 
ichi qizil, ta’mi shirin deb oʻylagani yoʻq... Avvalgi soʻzning ma’nosidan yangi ma’noga faqat 
bir belgi, dumaloqlik belgisi oʻtdi, xolos.” [Потебня, 1958]
Yuqoridagi misolda keltirilgan bolani millat masshtabida yondashib mushohada qilsak, 
denotativ borliqni mavjud millatlar oʻz tarixiy-madaniy tajribalari va necha asrlar silsilasida 
shakllangan ijtimoiy onglari etiqodiga asosan talqin qilishadi. Shundan bir xil moddiy yoki 
nomoddiy tushuncha ularning ongida turli kontekstual hamda ruhiy-emotsional konnotatsiyalar 
hosil qiladi. Bundan kelib chiqadiki, oʻxshash tarixiy-ijtimoiy-madaniy tajribaga ega millatlar 
leksikoni tashkil etuvchilari bir xil yoki oʻzaro yaqin semalarni boʻlishishadi. Bu jarayon 
lingvistikada koleksifikatsiya fenomeni sifatida ma`lum.
Tillararo semantik chogʻishtiruv aniqlik bilan amalga oshirilishi uchun eng avvalo har bir 
polisemantik tarmoq semantik atomlarga ajratilishi lozim. Tadqiqot obyekti sifatida tanlangan 
har bir tushuncha uchun bu empirik metod quyidagi ikki bosqichni taqozo etadi: 
Dastlab bir tilda shu tushunchani lugʻaviy ifodalaydigan soʻz topiladi va uning 
polisemantikligini belgilovchi turli ma’nolari (“atomlari”) aniqlanadi. 
Soʻngra ikkinchi til tadqiq qilinib, aniqlangan ma’nolar aynan yoki oʻxshash lugʻaviy 
ifodalanishi, ya’ni koleksifikatsiya qilinishi, yangi semalar bilan roʻyxatni yanada boyitish 
mumkin yo yoʻqligi oʻrganiladi.
Shu oʻrinda keltirib oʻtamizki, ixtiyoriy til agar ikki funksional xilma-xil ma’nolarni bir 
xil leksik shaklda ifodalasagina, ularni koleksifikatsiyalashtirgan hisoblanadi. Koleksifikatsiya 
tasviriy-semantik xarakterga ega boʻlib, soʻzning tarixiy izohlariga neytral qaraydi, ya’ni 
soʻzning evolyutsiyasidagi turli tarixiy ma’nolari koleksifikatsiyalashib kelishi mumkin. Bu 
ma’lum tilning semantik soʻz boyishida qaysi millatlar hissasining mavjudligini aniqlashga 
yordam beradi va qanday semalar bilan kelajakda lugʻaviy birliklar semantik yuki kengayishi 
mumkinligi borasida farazlar qilishga ham imkon yaratadi. 
Koleksifikatsiya metodi natijalari tarixiy, madaniy, geografik va mahalliy sharoitlar bilan 
tushuntirilishi tadqiqotning navbatdagi bosqichi hisoblanadi. Bunda funksional nuqtayi nazardan 
qoʻllanadigan “muhit” termini nolisoniy xususiyatlarni oʻzida jamlaydi va shu til 
soʻzlashiladigan jamoaga bevosita bogʻliq boʻladi. Masalan, quyidagicha faraz qilish mumkin: 
deylik qoʻy va qoʻchqor soʻzlari bir xil lugʻaviy ifodalansa, demak, bu jamoada ushbu jinsiy farq 
kamroq ahamiyatli, ya’ni u yerda chorvachilik an’anaviy kasbi-kor boʻlmasligi mumkin. 
Polisemiya haqida gap borganda semantik freym tushunchasiga ham toʻxtalib oʻtamiz. 
Lingvistik nuqtayi nazardan, hatto eng yaqin ma’noli sinonimlar ham turli boshqa soʻzlar bilan 
birikmalar hosil qiladi va har bir leksik birlik atrofidagi kontekstga alohida e’tibor qaratish 
lozim. Leksemaning semantik xususiyatlari uning boshqa soʻzlar bilan birika olish nuqtayi 
nazaridan sistematik tahlil qilinishi maqsadga muvofiqdir. Kombinator leksik tipologik 
yondashuvda freym tushunchasi funksional bir xillikka ega prototipik vaziyatlarni nazarda tutadi.
Maqolamiz fokusi ma’lum guruh fe’llar semantik tipologiyasi ekan, Mariya 
Koptevskaya-Tammning suzish-harakat fe’llaridagi metaforik holatlar yuzasidan keltirgan 
namunalarini misol tariqasida havola etamiz [Koptjevskaja-Tamm, 2008: 52]. 
Suzish (swim)
→ moʻl-koʻlchilik → pulda suzish, koʻz yoshlarda suzish 
Kemada suzish, oqim boʻylab suzish (sail, drift)
→ toʻsiqsiz, cheklanmagan harakat→ 
Siyosiy partiya oʻz oqimi boʻylab suzdi. 
Suzish (float)
→ shaklsizlik, beqarorlik→ Bu matnni oʻqiyotganimda soʻzlar koʻz 
oʻngimda suzib ketyapti. 
Koʻrinib turiptiki, ingliz tilidagi “suzish” fe’lining mavjud semalari uchta semantik freym 
hosil qilyapti. 


51 
Shunday qilib, semantik tipologik tadqiqot uchun tafovutlar muhimdir. Zero, 
tilshunoslikning bu aspekti tillararo xilma-xillikning shartlanganligi va tizimliligini aniqlashga 
urinadi. Shu asnoda quyidagi fundamental nazariy savollarga yechim izlanadi: 
o
Ma’lum hodisaning tillararo farqliligini belgilovchi mezonlar nimalardan iborat? 
o
Qanday shakllarda bu mezonlar oʻzaro namoyon boʻladi? 
o
Nazariy isbotlangan va taxmin qilingan shakllar orasidagi umumiyliklar nimalarni tashkil 
etadi? 
o
Ma’lum hodisa borasida nima universal hamda nima faqatgina shu tilgagina xoslangan 
xususiyatga ega? 
Tadqiqot natijasida erishilgan tipologik xususiyatlar va umumlashmalarni atrof-muhit 
sharoitlari, biologik omillar, ijtimoiy-tarixiy hamda madaniy sharoitlar bilan tushuntirish 
mumkin. Shu asnoda, semantik tipologiyaning pragmatika va ijtimoiy lingvistika bilan aloqasi 
yuzaga chiqadi.
Xulosa qiladigan boʻlsak, semantik tipologik tadqiqot tillararo oʻzaro oʻxshash jihatlarni, 
bogʻliqliklarni chogʻishtirishni taqozo etadi. Bunda lugʻatlar, turli janr va koʻrinishdagi badiiy 
adabiyot namunalaridan tashqari birlamchi tadqiqot vositalari, ya’ni, maqsadli soʻrovnoma, 
maqsadli uyushtirilgan intervyu va situatsion videolavhalar asnosida qoʻlga kiritilgan natijalar 
ham muhim va hattoki, samaraliroq tadqiqot materiali boʻlib xizmat qiladi. Zotan leksik-
semantika tilning boshqa strukturalaridan farqli oʻlaroq juda ulkan va xilma-xilliklarga boy til 
aspektidir. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish