46
Soʻz tarkibidagi yana bir oʻzgarish qayta boʻlinish
hisoblanib, bunda soʻzdagi morfemalar
chegarasining oʻzgarishi va bular natijasida yangi affiksal morfemalarning paydo boʻlishi
nazarda tutiladi. Soʻz tarkibining bunday oʻzgarishi oʻzbek tilida kam uchraydi.
Sh.Rahmatullayevning fikricha:
-lar
koʻrsatkichi son kategoriyasining shakli emas, balki egalik
yoki tuslovchining tarkibiy qismi sifatida namoyon boʻladi. Tarixan olib qaralganda
ul+lar
soʻzi
tarkibidagi asos morfema “ul” va affiksal morfema “-lar” bir-biri bilan aloqaga kirishib, asos
tarkibidagi “-l” fonemasining tushib qolishiga sabab boʻlgan. Asosda qayta boʻlinish yuz bergan.
Bugungi kunga kelib esa “ul” shakli “u” shakliga aylanib qolgan. Bu xususiyat “-lar” shaklining
“ul” kishilik olmoshiga qoʻshilishi natijasida “-ar” qoldiq qism sifatida boshqa morfemani
shakllantirishi ham mumkin. Boshqacha qilib aytganda, “ul+ar” tarkibidagi
“-l
” fonemasi
affiksga birikib ketgan.
-lar
affiksining tarixiy kelib chiqishi va shakllanishi haqida turli qarashlar ham mavjud:
“-lar affiksining boshqa barcha funksiyalarini son kategoriyasi doirasida izohlash ham oʻrinli
emas. Son kategoriyasida beriladigan talqinlar orasidan
-lar
affiksining egalik va tuslovchi
tarkibida qatnashuvini chiqarib tashlash lozim: bular son kategoriyasining shakli emas, balki
-lar
koʻrsatkichining boshqa grammatik kategoriyalarning formalari tarkibida qatnashuvidir [Oʻzbek
tili grammatikasi, 1975: 126-127]. Olimning bu talqinlari ham hali ancha izohtalabdir. Bu
oʻrinda prof. A. Berdalievning -
lar
affiksining kelib chiqishi haqidagi fikrlariga e’tibor qaratish
lozim. Chunki yuqoridagi izohning oʻzi etarli emas.
Mening, sening
olmoshlari tarkibidagi kelishik shakli
(men+ning, sen+ning)
qoʻshilishi
bilan asos tarkibida oʻzgarish sodir boʻlmoqda. Binobarin,
men va sen
shaklidagi
-n
fonemasi
kelishik shaklining tarkibiga oʻtib ketgan. Yoki
men, sen
morfemalariga qaratqich kelishigi
affiksi
-ning
birligining -
ing
varianti qoʻshilgan boʻlishi aniqroqdir. Chunki uning -
im
varianti
ham bor (
manim
kabi).
“Soʻz morfologik strukturasidagi dastlabki boʻlinish chegarasining oʻzgarishi:
uniki
soʻzi
aslida
u(l)
olmoshi, -
ing
qaratqich kelishigi koʻrsatkichi va tegishlilikni ifodalovchi
-ki
affiksidan
iborat boʻlgan. Hozirda esa u ikki komponentdan iborat:
u+-niki
[Hojiyev, 1985: 57]”. Aslida,
ulningki
ning qisqargan shakli.
V.G.Gakning koʻrsatishicha, tilning ifodalovchi (shakliy) va ifodalanuvchi (mazmun)
sathlariga xos lisoniy birliklar nomutanosibligi uch turga boʻlinadi: afunksional (vazifaviy)
lisoniy nomutanosiblik; sistem lisoniy nomutanosiblik; struktur lisoniy nomutanosiblik. Bu
turlarning uchinchi turi boshqalariga nisbatan ancha keng tarqalgan. Struktur lisoniy
nomutanosiblik til birliklari tarkibiy qismlarining miqdori va shu miqdor bilan muvofiqlashuvchi
ma’no va vazifa munosabatiga asoslanadi. Shuning uchun ham lisoniy nomutanosiblikning bu
turi tilning sintaktik sathi hodisalarida ancha faol boʻladi.
Soʻz tarkibining asemantik xarakteridagi lisoniy unsurlari shakl va mazmun
nomutanosibligining struktur nomutanosiblik deb ataluvchi turiga qarashli boʻladi. Struktur
lisoniy nomutanosiblikning leksemalarga xos koʻrinishi ham sintagmatik xarakterdagi
nomutanosiblik hisoblanadi. Bu holatlarni morfemalar tizimida ham kuzatish mumkin.
Shakldoshlik, ma’nodoshlik va koʻp ma’nolilik buning yaqqol misolidir.
Soʻz tarkibida tilda rasmiylashgan ma’no va vazifasidan uzoqlashgan affiks
xarakteridagi morfemalarni koʻplab uchratish mumkin. Bu xususida professor Y.Tojiyev
“Oʻzbek tili morfemikasi” nomli asarida alohida toʻxtalib oʻtgan.
Ular hozir oʻzlarining lugʻaviy ma’nolarini yoʻqotgan. Endi ularni shu soʻzlar tarkibi
nuqtayi nazaridan lugʻaviy qiymatga ega morfema deb boʻlmaydi, chunki soʻzlar tarkibida
soddalashish yuz bergan. Murakkab shakllarning hosil boʻlish jarayoni til taraqqiyotidagi
murakkablashuv, qayta boʻlinish, soddalashuv singari omillar ta’sirida yuzaga keladi va ular
morfem birliklar doirasida oʻziga xos oʻrin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: