362
analizatorini tuzishda morfemalar kombinatsiyasining ahamiyatni katta ekanligidan dalolat
beradi. Turkiy tillarning mavjud parserlari bitta soʻzshaklning 300gacha shaklnini qamrab olgan
paradigmasini tuzgan holatlarni koʻrish mumkin. Bu esa analizatorning ish sifatiga ta’sir
koʻrsatmay qolmaydi.
Turkiy soʻzshakllarning kompyuter modelini tuzishda agglyutinativ tillarga xos an’anaviy
“tasniflangan grammatika”ga asoslaniladi. Bu dasturiy ta’minot axborot vositasi agglyutinativ
tillarni tavsiflashning qulay vositasi, uning morfologiyasi quyidagi talablarga javob berishi
kerak:
a) soʻz yasovchi qoʻshimchalar ketma-ketligining belgilab qoʻyilishi;
b) soʻz yasovchilarning grammatik bir ma’noliligiga erishish;
v) ma’lum bir grammemaning bir soʻzshaklda qanday shaklda uchrashining belgilanganligi
[Dibo; 11; 20-26].
Morfologik analizatorning asosiy tashkil qiluvchilari sifatida quyidagilarni koʻrsatish
mumkin:
1) til lugʻati (soʻzning turkumga mansublik belgisi haqidagi izoh hamda fonologik qoidalar
mavjud lugʻat);
2) soʻzshaklining etarli grammatik tavsifiga asoslangan (tilning avtomatik tahliliga
yoʻnaltirilgan) kompyuter modeli;
3) ma’lum qoʻshimchaning asosga qoʻshilishi uchun fonetik qoidalarga boʻysunuvchi
allomorflarini tanlash qoidalari toʻplami.
F.Krilov tomonidan tahlil algoritmi yuqorida sanab oʻtilgan material bilan istalgan turkiy
til materialini toʻldirish hamda undan foydalanish imkonini beradi. U tuzgan algoritm boʻyicha
soʻzshakl tahlili oʻngdan chapga yoʻnaltiriladi. Dastlab, dastur asoslar lugʻatidan soʻzshaklning
toʻliq shaklini qidiradi. Agar asoslar lugʻatida bunday shakl (belgilar ketma-ketligi) uchramasa,
parser soʻzshaklning oʻng tomonidagi qoʻshimcha formantiga mos shaklni izlaydi. Agar bazada
mavjud qoʻshimchaga mos belgilar ketma-ketligi topilsa, kesib olinib, tekshirishga yuboriladi;
soʻzshaklning chap tomoni asoslar lugʻat bilan solishtiriladi. Agar natija musbat boʻlsa, parser
shu shaklning tahlilini boshlaydi. Natija manfiy boʻlganda, parser yana oʻng tomondagi shaklga
murojaat qiladi hamda qoʻshimchalar bazasidan mos formantni qidiradi. Bu qidiruv asoslar
lugʻatidan mos asos topilguncha davom etadi. Ushbu parser xakas tili morfologik tahlili uchun
ishlab chiqilgan boʻlsa-da, ma’lumotlar bazasini toʻldirish orqali shor, tuva, yoqut va qadimgi
turk tilini morfologik tahlil qilish mumkin. Bu tillarning “asoslar lugʻati” SUBD STARLING
vositasida tuzilgan va katta turkiy-rus tili lugʻati bilan tekshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: