355
adabiyotning hukmi ostida yashaydir. Shuning uchun bizda shahar tili buzulgʻondir. Tilimizning
sof shaklini daladagʻi el-aymoqlarimizda koʻra olamiz”.Sheva soʻzlarining adabiy til birligi
sifatida normalashuvi muayyan me’yor va mezonlarni talab etadi. Ma’lumki, m
illiy adabiy til
umumxalq tilining sayqallangan, ma’lum normalarga solingan shaklidir. Normalanish esa uzoq
vaqt davom etadigan, rivojlanayotgan til uchun esa doimiy (hamma vaqt boʻlib turadigan, davom
etib turadigan) hodisadir. Normalanish, ayniqsa, har bir milliy adabiy tilning shakllanish
jarayonida aniq-oshkor tarzda, turli bahs-munozaralar bilan, maxsus imlo lugʻatlari yaratish bilan
amalga oshib boradi. Normalanish va normalash turli sohalarga nisbatan, tilning leksika sohasida
nisbatan qiyinroq kechadigan jarayondir. Bunda ikki xarakterli holatni qayd etish kerak boʻladi.
Birinchidan, leksikada normalanadigan (normalanish, normaga solinishi kerak boʻlgan)
birlikning (lugʻaviy birlikning - soʻz va iboralarning) oʻzi koʻp boʻladi. Ikkinchidan, oʻzbek tili
koʻp dialektli til boʻlib, adabiy til uchun norma sifatida bu dialekt va shevalarga oid soʻzlardan
qaysi birini tanlash, belgilash ancha murakkab masala. Nihoyat, uchinchidan, tilda doim yangi
soʻzlar paydo boʻlib turadiki, bularni ham adabiy til uchun qabul qilish mumkin yoki mumkin
emasligini belgilab berish talab etiladi va bu ham oson ishlardan emas. Normalanishda
leksikaning boshqa sohalarga nisbatan oʻziga xosligi sifatida yana shuni aytish mumkinki,
leksika sohasidagi normalanish boshqa sohalardagi normalanishga nisbatan “stixiyali” tarzda
boʻladi.
Aniqroq
qilib
aytganda,
leksik
normalar
maxsus
qonun-qoidalar
bilan
rasmiylashtirilmaydi [Begmatov, 1997: 38]. Bu esa oʻz navbatida sheva soʻzlarining adabiy til
tomonidan osonlikcha qabul qilinmasligini koʻrsatadi. Dialektal soʻzlarning adabiy til
leksikasidan joy olishida, albatta, muayyan me’zonlarga tayanish zarur. Quyida ayni shu
jarayonda amal qilinishi kerak boʻlgan me’yorlarning ayrimlarini izohlashga harakat qilamiz:
1. Til leksikoniga olib kirilayotgan dialektizm qoʻllashga qulay, iloji boricha sof turkona va
ayni damda keng ommalashishga imkoniyatli boʻlishi lozim. Ayniqsa bu borada eski oʻzbek
tilida (yoki turkiy tilda) qoʻllanilgan, sof turkona ohangga ega boʻlgan soʻzlarga alohida imtiyoz
berish juda toʻgʻri yoʻldir. Bu orqali tilimizning sofligi ta’minlanishi barobarida oʻzbek tilining
turkiy tillar bilan uygʻunlashuvi ham amalga oshishi shubhasiz.
Oʻzbekistonning turli hududlaridagi shevalarda qoʻllaniluvchi
shuvot
soʻzini tahlilga
tortaylik. Bu soʻz bilan bogʻliq shivalamoq fe’li ham shevalarda faol qoʻllaniladi. Shuning
barobarida u sof turkiy tilga xos boʻlib, qardosh tillarda ham mavjud soʻzlardan biridir. Shuvot
soʻzining ma’nosi zarra (tomchi emas) holida yogʻayotgan yomgʻirni ifodalaydi.
2.Dialektizmni adabiy til leksikasiga olib kirishda unga muqobil soʻz mavjud emasligiga
va shu soʻzga lisoniy-nutqiy ehtiyoj mavjudligiga alohida e’tibor berish kerak. Masalan, aksar
qarluq shevalarida mavjud boʻlgan
Do'stlaringiz bilan baham: