Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

 
 
 
 


353 
Dialektlar – til leksikasini boyitish manbayi 
Dialectes 

 the basis of enrichment of language vocabulary 
 

Hasanov Abdumannon Majidovich
*
 

Annotation
. This article analyzes the role of dialects in enriching literary language. 
Comments have been made on the ability of dialectal words to fill lexical gaps in literary 
language. 
 
Key words
: dialects, literatural language, lexic, lexical enrichment, literal norm, 
normalization. 
Globallashuv va integratsiya avj olayotgan bugungi davrda har bir millat oʻzligini, 
madaniyatini, qadriyatlarini va tilini saqlab qolishga intilmoqda. Bu tabiiy jarayonda har bir xalq 
oʻz oʻtmishining kelajak bilan tillasha olishi uchun oʻz ona tilini avlodlarga imkon qadar sof va 
asl holicha yetkazishi zarur. Aks holda millatning nomi ham, uning tili ham tarix qa’rida qolib 
ketishi mumkin. 
Xalqimiz asrlar mobaynida til sofligi va ravnaqi uchun kurashib kelgan [Abdullayev, 1972: 
48]. Bu kurash hozirda ham tadrijiy davom etib kelmoqda. Biroq hozirgi dunyodagi mafkuraviy 
jarayonlar silsilasini kuzatib bu tadrijiylik miqyosini bir qadar jadallatish zarurligini hech kim 
inkor etmaydi. 
Tilning leksik fondini sofligicha saqlash borasida yurtimizda koʻplab ishlar amalga 
oshirilmoqda. Hatto bu boradagi ishlarga davlat siyosati darajasida ahamiyat qaratilmoqda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21- dekabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili 
sifatida nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5850-sonli 
Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 – 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish hamda til 
siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilindi. Mazkur konsepsiyada tilimizning bugungi 
holati tanqidiy tahlil etilib, uni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar yoʻnalishi koʻrsatib 
berilgan. Xususan, ijtimoiy sohalardagi koʻplab atamalarni oʻzbekchalashtirish, yangi atamalarga 
mos muqobil soʻzlarni topish, sheva soʻzlarini oʻrganishni takomillashtirish, tilimiz sofligini 
ta’minlash uchun zaruriy choralarni koʻrish belgilangan. Ijtimoiy sohaga oid atamalarni ilmiy 
asoslash va ularni keng qoʻllanilishi uchun til lugʻat boyligiga kiritish bu boradagi ishlarning eng 
ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida qayd etilgan. Bu esa tilshunos olimlar va tadqiqotchilardan 
bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarida til sofligini ta’minlash borasidagi ishlarga alohida ahamiyat 
qaratish zarurligini koʻrsatadi. Bu boradagi izlanishlar va tadqiqotlar, sa’y-harakatlar faqatgina 
davlatimizning tilga nisbatan e’tibori boʻlib qolmasdan, til orqali milliy madaniyatimiz, 
qadriyatlarimizni saqlab qolish va shuning barobarida, bebaho yodgorlik boʻlgan tilimizni oʻz 
shakl-u shamoyilini saqlagan holda kelajak avlodga yetib borishini ta’minlashdan iboratdir.
Bugungi 
kunda 
fundamental 
fanlar, 
zamonaviy 
kommunikatsiya 
va 
axborot 
texnologiyalari, sogʻliqni saqlash, bank-moliya tizimi kabi oʻta muhim sohalarda ona tilimizning 
qoʻllanish doirasini kengaytirish, bu sohalardagi terminlarni imkoni boricha oʻzbekchalashtirish, 
muqobili boʻlmagan tushunchalarga shevalarimizdan mos soʻzni tanlash va ularni keng miqyosli 
muomalasiga koʻmaklashish, etimologik va qiyosiy lugʻatlar nashr etish, zarur atama, tushuncha 
va kategoriyalarni ilmiy asoslash va ularning muqobillarini xalq shevalaridan topish hamda 
ommalashtirish, bir soʻz bilan aytganda, oʻzbek tili leksikasini ilmiy asosda har tomonlama 
oʻrganish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. 
Tilshunosligimizning bugungi kundagi eng muhim vazifalaridan biri hozirgi oʻzbek adabiy 
tilida leksik lakuna (boʻshliq)larni toʻldirish, bu borada shevalardagi soʻzlarni adabiy tilga olib 
kirish va shu asosda til leksikasini boyitishdir. Bu borada ayrim ishlar amalga oshirilgan boʻlsa-
*
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti, 
abdumannon293167@mail.ru


354 
da, til leksikasining lakunar boʻshliqlarini sheva soʻzlari bilan toʻldirishga alohida diqqat 
qaratilmagan. Soʻnggi yillarda oʻzbek adabiy tili leksikasining xalq shevalari bilan boyitish 
masalalari, mazkur jarayonda amal qiladigan qonuniyatlar, lingvistik va ekstralingvistik omillar 
kabi masalalarni oʻrganishga maxsus bagʻishlangan ishlar kam. Mazkur masalaga bogʻliq yoki 
qisman aloqador ishlar sanoqli. Masalan, F.Abdullaevning «Til qanday rivojlanadi?» 
G.Muhammadjonovaning «Oʻzbek tili leksikasi taraqqiyotining ba’zi masalalari», M. 
Poʻlatovning «Rus tilining oʻzbek tili taraqqiyotiga ta’siri haqida», N..Gʻulomovaning « 
Русскые лексические заимствования в узбекском языке » nomli ishlarida mazkur 
masalalarga u yoki bu darajada murojaat qilingan. Lekin mazkur tadqiqotlar ancha yillar oldin 
amalga oshirilgan. Bu esa bugungi kunda til leksikasini sheva soʻzlari bilan boyitish masalasiga 
jiddiy ahamiyat qaratish zaruratini yuzaga keltiradi. 
Mazkur holat tilshunosligimizda quyidagi muhim vazifalarning bajarilishini taqozo etadi: 
- Adabiy me’yor darajasiga koʻtarilgan sheva soʻzlarining lisoniy xususiyatlarini uning 
barqarorlashuv jarayoniga bogʻlab oʻrganish;
- Til lugʻat tarkibiga kiruvchi sheva soʻzlarining omma tomonidan qabul qilinish 
jarayonlarini oʻrganish; 
- Sheva soʻzlarining qoʻshimcha vazifalarni bajarishdagi imkoniyatlari va ularning 
yuzaga chiqish jarayonlarini tadqiq etish;
- Sheva soʻzlarining hozirgi oʻzbek adabiy tilida leksikasini boyitish manbai sifatidagi 
ahamiyatini yoritish;
- Sheva soʻzlari va milliy madaniyat munosabatini tavsiflash; 
- Sheva soʻzlarida qadimiy va zamonaviy til xususiyatlarining namoyon boʻlishini tahlil 
qilish;
- Turli sohalarga oid leksik lakunalarni sheva soʻzlari bilan toʻldirish borasida ilmiy 
takliflar ishlab chiqish va uni asoslash;
- Yangi tushunchalarni nomlash jarayonida shevaga oid soʻzlardan unumli foydalanish 
mezonlarini ishlab chiqish va h.
Tilning taraqqiyotida uning leksikasi boshqa sathlariga nisbatan tez va sezilarli darajada 
oʻzgarishlarga uchrashi koʻpgina adabiyotlarda qayd etilgan [Begmatov, 1982: 54]. Darhaqiqat, 
borliqda sodir boʻladigan turli-tuman oʻzgarishlar natijasida yuz beradigan, paydo boʻladigan 
narsa va hodisalar, jarayon va holatlar eng avvalo tilda uni nomlovchi maxsus atamalar boʻlishini 
talab etadi. Ayni shu obyektiv sabablar asosida tilda yangi-yangi soʻzlar paydo boʻladi va til 
lugʻat tarkibi boyib boraveradi. Albatta, bu jarayonda sheva soʻzlarining adabiy til leksikasini 
boyitishda asosiy manba boʻlishi oʻz-oʻzidan ravshan. Lekin har qanday sheva soʻzlari ham 
adabiy til birligi darajasiga koʻtarila olmaydi. Boz ustiga koʻp shevalarga ega boʻlgan oʻzbek tili 
uchun bu holat tabiiy tartibni keltirib chiqaradi: bir tushunchani ifodalash uchun bitta soʻzni 
adabiy tilga qabul qilish yetarli. Mazkur tartib adabiy tilning normalanish jarayoni uchun ham 
juda atta ahamiyatga ega. 
Oʻzbek adabiy tilining XX asrgacha va XX asrdan keyingi holatiga baho berilganda shu 
ikki farqli holatni yodda tutish kerak: 1.Adabiy tilning barqarorlashuvi (normalashuvi) da OAV 
hamda soʻz ustalari shoir va adiblar asarlari katta ahamiyatga ega boʻladi. 2.Tilning boyish va 
rivojlanish jarayonlariga boshqa til(lar)ning faol ta’siri salbiy natijalarga olib keladi. Avvalo 
qayd etish kerakki, oʻzbek tilining XX asrda boshqa tillar bilan aloqasi, oʻzga tilning oʻzbek 
tiliga ta’siri masalasida faqat uning rus tili bilan aloqasi, rus tilining oʻzbek tiliga ta’sirini koʻrish 
mumkin. Lekin shevalardan soʻz olish borasida XX asrning boshlaridayoq tilshunos 
olimlarimizning koʻpchiligi oʻzbek xalq shevalarining hammasidan soʻz olish borasida oʻz 
takliflarini bildirgan [Shoabdurahmonov, 1960: 35]. 
Buyuk jadid ma'rifatparvari va tilshunos 
olim Abdurauf Fitrat bu masalaga “Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrisida bir tajriba: Sarf. Nahv” nomli 
oʻzbek tili darsligining soʻz boshisida alohida toʻxtalgan va oʻzbek shevalariga oʻz munosabatini 
quyidagicha bildirgan edi: “Bilamizki, bizning shaharlarimiz yuzlab yillardan beri arab, forsiy 


355 
adabiyotning hukmi ostida yashaydir. Shuning uchun bizda shahar tili buzulgʻondir. Tilimizning 
sof shaklini daladagʻi el-aymoqlarimizda koʻra olamiz”.Sheva soʻzlarining adabiy til birligi 
sifatida normalashuvi muayyan me’yor va mezonlarni talab etadi. Ma’lumki, m
illiy adabiy til 
umumxalq tilining sayqallangan, ma’lum normalarga solingan shaklidir. Normalanish esa uzoq 
vaqt davom etadigan, rivojlanayotgan til uchun esa doimiy (hamma vaqt boʻlib turadigan, davom 
etib turadigan) hodisadir. Normalanish, ayniqsa, har bir milliy adabiy tilning shakllanish 
jarayonida aniq-oshkor tarzda, turli bahs-munozaralar bilan, maxsus imlo lugʻatlari yaratish bilan 
amalga oshib boradi. Normalanish va normalash turli sohalarga nisbatan, tilning leksika sohasida 
nisbatan qiyinroq kechadigan jarayondir. Bunda ikki xarakterli holatni qayd etish kerak boʻladi. 
Birinchidan, leksikada normalanadigan (normalanish, normaga solinishi kerak boʻlgan) 
birlikning (lugʻaviy birlikning - soʻz va iboralarning) oʻzi koʻp boʻladi. Ikkinchidan, oʻzbek tili 
koʻp dialektli til boʻlib, adabiy til uchun norma sifatida bu dialekt va shevalarga oid soʻzlardan 
qaysi birini tanlash, belgilash ancha murakkab masala. Nihoyat, uchinchidan, tilda doim yangi 
soʻzlar paydo boʻlib turadiki, bularni ham adabiy til uchun qabul qilish mumkin yoki mumkin 
emasligini belgilab berish talab etiladi va bu ham oson ishlardan emas. Normalanishda 
leksikaning boshqa sohalarga nisbatan oʻziga xosligi sifatida yana shuni aytish mumkinki, 
leksika sohasidagi normalanish boshqa sohalardagi normalanishga nisbatan “stixiyali” tarzda 
boʻladi. 
Aniqroq 
qilib 
aytganda, 
leksik 
normalar 
maxsus 
qonun-qoidalar 
bilan 
rasmiylashtirilmaydi [Begmatov, 1997: 38]. Bu esa oʻz navbatida sheva soʻzlarining adabiy til 
tomonidan osonlikcha qabul qilinmasligini koʻrsatadi. Dialektal soʻzlarning adabiy til 
leksikasidan joy olishida, albatta, muayyan me’zonlarga tayanish zarur. Quyida ayni shu 
jarayonda amal qilinishi kerak boʻlgan me’yorlarning ayrimlarini izohlashga harakat qilamiz:
1. Til leksikoniga olib kirilayotgan dialektizm qoʻllashga qulay, iloji boricha sof turkona va 
ayni damda keng ommalashishga imkoniyatli boʻlishi lozim. Ayniqsa bu borada eski oʻzbek 
tilida (yoki turkiy tilda) qoʻllanilgan, sof turkona ohangga ega boʻlgan soʻzlarga alohida imtiyoz 
berish juda toʻgʻri yoʻldir. Bu orqali tilimizning sofligi ta’minlanishi barobarida oʻzbek tilining 
turkiy tillar bilan uygʻunlashuvi ham amalga oshishi shubhasiz.
Oʻzbekistonning turli hududlaridagi shevalarda qoʻllaniluvchi 
shuvot
soʻzini tahlilga 
tortaylik. Bu soʻz bilan bogʻliq shivalamoq fe’li ham shevalarda faol qoʻllaniladi. Shuning 
barobarida u sof turkiy tilga xos boʻlib, qardosh tillarda ham mavjud soʻzlardan biridir. Shuvot 
soʻzining ma’nosi zarra (tomchi emas) holida yogʻayotgan yomgʻirni ifodalaydi.
2.Dialektizmni adabiy til leksikasiga olib kirishda unga muqobil soʻz mavjud emasligiga 
va shu soʻzga lisoniy-nutqiy ehtiyoj mavjudligiga alohida e’tibor berish kerak. Masalan, aksar 
qarluq shevalarida mavjud boʻlgan 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish