Tili va adabiyoti universiteti


Foydalaniladigan adabiyotlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet304/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

 
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1.Aбдуллaев Ф. Тил қaндaй ривoжлaнaди? –Т.: 1972. 
2.Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лекcик қатламлари.–Т.: Фан, 1982. 
3.Бегматов Э. Адабий норма нaзaрияcи. –Т.: Ўзбекиcтон, 1997.
4.Маҳмудов Н. Тил тилсими тадқиқи. –Т.: Mumtoz soʻz, 2017. 
5.Муҳаммаджонова Г. Ўзбек тили тараққиётининг баъзи масалалари. –Т.:, 1982. 
6.Решетов В., Шоабдурахмонов Ш., Ўзбек диалектологияси. –Т.: 1978. 
7.Совет даври ўзбек адабий тилининг тараққиёти III том. –Т.: 1991.
8.Шоабдурахмонов Ш. Ўзбек адабий тили ва халқ шевалари. –Т.: 1960. 
9.Шоабдурахмонов Ш., Ишаев А., ва б. Ўзбек халқ шевалари луғати. –Т.: 1960.
 
 
 
 


358 
V SHU’BA. AMALIY TILSHUNOSLIK VA LINGVODIDAKTIKA 
 
 
Oʻzbek tili taraqqiyoti va rivojlanish omillari 
Factors of development and progressing of the uzbek language
Mengliyev Baxtiyor Rajabovich*
*
 
 
Annotation. 
The article is devoted to the diversity of languages, the differences in the 
development of our native language in the former Soviet Union and the years of independence, 
using of literary language and dialect today, the problems of teaching Uzbek as a foreign 
language. The role of computer and corpus linguistics in the development of the Uzbek language 
is also discussed. 
 
Key words
: language, literary language, dialect, Uzbek language, teaching Uzbek as a 
foreign language, computer linguistics, Uzbek language and artificial intelligence 
Har qanday hodisa murakkab. Tilning ham koʻplab qirralari bor. Fanda tilga berilgan 
yuzdan ortiq ta’rif mavjud. Tilning har bir qirrasi boʻyicha berilgan turli tavsif har xil soha 
xulosalari. Aniqrogʻi, tilning siyosiy, falsafiy, yuridik, madaniy, sotsial, psixologik, tarixiy, 
lingvistik, biologik, fizik, matematik va h. tomonlari mavjud. Barcha jihatlarida uning alohida 
submohiyatlari aks etadi. Shu bilan birga, bu aspektning barchasini birlashtirib yagona ta’rif 
berish imkoni ham yoʻq. Masalan, “oʻzbek tili – fonetik jihatdan unlilar uygʻunligiga asoslangan, 
9 ta unli fonemali, grammatik ma’no jihatidan morfologik-sintaktik-leksik asosli va gap qurilishi 
kesim markazli, hokim unsurning tobedan keyin kelishiga asoslangan til” ta’rifi faqat lingvistik 
asosda.
Sobiq ittifoq davrida oʻzbek tili oʻchoqboshi tiliga aylanib, haqorat botqogʻiga botib 
qolganligi haqidagi asossiz fikrlarga qoʻshilib boʻlmaydi. Hozirgi goʻzal oʻzbek adabiy tilining 
ilmiy me’yorlari oʻsha davrda yaratildi. Adabiy tilda bir xillikka erishildi. Buning millatni 
jipslashtirishdagi ahamiyati katta boʻldi. Oʻtgan asrning 20- yillarigacha mamlakatning turli 
hududidagi oʻzbeklar bir til vakillari sifatida bir-birlarini tushunishlari qiyin edi (xuddi bugungi 
afgʻonistonlik va oʻzbekistonlik oʻzbeklar orasida boʻlgani kabi). Hozirgi adabiy til oʻzbek 
xalqini birlashtirdi. Hozirgi oʻzbek adabiyotining goʻzal namunalari shu davrda yaratildi. Yuksak 
darajada me’yorlashgan oʻzbek adabiy tili XX asr kinofilimlarida namoyon boʻldi. Bunda shoir 
va yozuvchilar, jurnalistlarning, kino san’ati namoyandalarining xizmatlari behad katta. Adabiy 
tilda chiroyli husnixatda, bexato yozib, burro gapiradigan 40 yoshdan oshgan ziyolilar nutqini 
oʻsha davr ona tilidagi ta’lim, adabiyot, OAV shakllantirdi. Aksincha, hozirgi yoshlarning 
ogʻzaki va yozma nutqi, OAV, kinofilimlar tili gʻariblashib qoldi. Katta yoshdagi ziyolilarning 
yozma nutqida imlo xatolarini kamdan kam uchratasiz, aksincha, hozirgi yoshlar orasida xato 
yozmaydiganlari esa barmoq bilan sanarli. Oʻzbek tili davlat tili boʻlgandan keyin, “oldingdan 
oqqan suvning qadri yoʻq” deganlaridek (shuningdek, pul, foyda – moddiyat muqaddas tus 
olishi ham bunga ta’sir qildi), tilga, savodga, adabiy tilga e’tibor susayib ketdi, nutqiy pala-
partishlik kuchaydi. Maktab darsliklarida, koʻcha-koʻyda, televideniyeda imlo xatoliklari tabiiy 
holga aylanib, sheva unsurlari kinofilimlar “bezagi” boʻlib qoldi. Lekin shunday boʻlsa-da, 
Oʻzbekiston mustaqil boʻlgani uchun davlat qatorida oʻzbek tili ham jahonga yuz tutdi. Uni 
oʻrganishga qiziqish kuchaydi.
Xorijliklarning oʻzbek tilini oʻrganishga ehtiyoji, qiziqishlari oshayotgani ayni haqiqat. 
Lekin bu borada muammolar ham bor, albatta... Avvalo, xorijliklarga oʻzbek tilini oʻrgatish 
metodikasi shakllanmayapti. Sifatli qoʻllanmalar yoʻq. Ularni shunchaki yozib tashlash ham 
*
*
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyot universiteti professori, filologiya fanlari doktori 


359 
mumkin emas, albatta. Til boʻyicha qoʻllanmalarning sifatli/sifatsizligi, samarali/samarasizligi 
darror koʻzga tashlanavermaydi. Zero, til egalari ona tilini faqat ta'lim yoʻli bilangina 
egallamaydi. Oila, jamiyat, radio-televideniye ham aslida “ona tili oʻqituvchilari”. Lekin 
xorijliklar uchun aniq-tiniq natija beradigan mukammal manbalar kerak. Tilimizning 
murakkablik boʻyicha bosqichlari ilmiy aniqlanib, shu asosda turli leksik-grammatik darajadagi, 
ketma-ketlikka asoslangan qoʻllanmalar yaratish – dolzarb vazifa. Birinchi oʻrinda lingvistik 
baza shakllantirilishi zarur. Bu tizimli, chuqur ilmiy tadqiqotlarni taqozo etadi. Ayni muammo 
doirasida kamida 10ga yaqin lingvistik, metodik yoʻnalishdagi fundamental va innovasion 
tadqiqot amalga oshirilishi lozim. Keyin qoʻllanmalar yaratishga oʻtiladi. Najot eshigi – amaliy 
ahamiyatli, maqsadli ilmda.
Insoniyat tomonidan toʻplangan koʻp yillik tajriba va bilimlarni formal koʻrinishda 
shakllantirish (modellashtirish) va shu orqali kompyuterda bilimlarni ifodalashning turli 
usullarini ishlab chiqish, qolaversa, kompyuterning inson kabi “fikrlashi”, shu asosda undan turli 
maqsadlar yoʻlida samarali foydalanishni tashkil etish bugun soha oldida turgan eng dolzarb 
masalalardan. Endi rivojlanishga da’vogar har qanday til sun’iy intellekt tiliga aylanishi kerak. 
Ona tilimizning dunyo miqyosidagi nufuzi faqat tashviqot-targʻibot bilan oshmaydi. Sun’iy 
intellektga doxil boʻlmagan tilning taraqqiyoti haqida gap ochish ham toʻgʻri emas. Bu 
muammolarni hal etish borasida olimlar tomonidan koʻplab ilmiy tadqiqot va amaliy ishlar 
bajarilishi kerak. Buning natijasi oʻlaroq, oʻzbek sun’iy intellekti, oʻzbek intellektual sistemasi 
yoki oʻzbek ekspert sistemasi kabi yangi ilmiy tushunchalar zamonaviy fanlarimiz doirasida 
keng yoyilmogʻi lozim. Sun’iy intellekt deganda, bir tomondan, inson aqliy harakatlari modelini 
oʻzida namoyon etuvchi intellektual mashinalarning umumiy nomi, ikkinchi tomondan esa, shu 
intellektual mashinalarni yaratish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan tushuniladi. Shu nuqtayi 
nazardan, sun’iy intellektga fan sifatida koʻplab ta’riflar berildi. Ularni umumlashtirib aytish 
mumkinki, sun’iy intellekt kompyuter yordamida intellektual masalalalarni yechish metodlari 
bilan shugʻullanuvchi ilmiy yoʻnalishlar majmuasidan iborat yaxlit soha. Sun’iy intellekt 
metodlari asosida aniq bir predmet, til sohasiga tegishli intellektual masalalarni yechishga 
moʻljallangan dasturiy yoki texnik sistemalar intellektual sistemalar deb yuritiladi. Muayyan 
predmet sohasidagi masalalarni amaliy yechishga moʻljallangan intellektual sistemalar esa 
ekspert sistemalardir. Xullas, bularni oʻzbek tili doirasida yaratish uchun miliy kompyuter 
lingvistikasi sohasi jadal va keng qamrovli, tizimli va aniq maqsad-rejali rivojlanmogʻi lozim.
Korpus – til birliklarining xususiyatlarini aniqlash maqsadida qidiruv dasturiga 
boʻysundirilgan matnlar majmui, tabiiy tildagi elektron shaklda saqlanadigan yozma yoki 
ogʻzaki, kompyuterlashtirilgan qidiruv tizimiga dasturiy ta’minot asosida joylashtirilgan matnlar 
jamlanmasi. Til korpuslari – til boʻyicha tadqiqot va amaliy topshiriqlar yechimi uchun inkor 
etib boʻlmas ish quroli. Jahon tillarining juda koʻpchiligi mukammallik darajasi va matnni ilmiy 
qayta ishlash imkoniyati bilan farq qiluvchi oʻz milliy korpuslariga ega. Milliy til va davlat tili 
taraqqiyotida milliy korpuslar ahamiyati va oʻrnining qanchalik muhimligini davr koʻrsatmoqda. 
Nafaqat dunyo tili sanalgan ingliz, ispan, xitoy, arab, fransuz, rus, nemis tillarining milliy 
korpuslari yaratilgan, balki polyak, polyak-ukrain, chex, slovak, serb, xorvat, bosniya, bolgar, 
bolgar-rus, makedon, shotland, niderland, niderland-fransuz, shved, dat, norveg, island, farer, 
oʻrta asr fransuz tili, ispan, italiyan, portugal, rumin, litva, latish, grek, sharqiy arman, osetin, 
alban, hind, xett, fin, ural tillari, eston, veps, venger, udmurt, gruzin, ingliz-gruzin, lazgin, turk, 
tatar, tojik, boshqird, qrim-tatar, qalmiq, buryat, mongol, arab, ivrit, amxar, yapon, qadimiy 
yapon, baman, esperanto tillarining ham korpuslari mavjud. Dunyo kompyuter lingvistikasida 
Milliy til korpusining mavjudligiga tilning yashovchanlik va kompyuter tiliga aylanish mezoni 
sifatida qaralmoqda. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish