34
bilan
bilganimiz holda, kitobni toʻrtta sezgi a’zolarimiz bilan his qilamiz: kitobni koʻramiz,
ushlaymiz, hidlaymiz, varaqlarining shitir-shitirini eshitamiz.
Shkalamizning keyingi oʻrnidan esa tabiat hodisalari nomlari oʻrin oladi. Ularga
zilzila,
yomgʻir, qor, shamol, boʻron, momoqaldiroq, chaqmoq, tuman
kabi soʻzlar mansub boʻlib,
mazkur soʻzlar atayotgan voqeliklarni teri orqali (qor, yomgʻir, shamol), koʻrish orqali (qor,
yomgʻir, chaqmoq, tuman), eshitish orqali (momoqaldiroq, boʻron) sezish mumkin.
Konkretlik/abstraktlik shkalasining keyingi oʻrinlarini raqamlar bilan keltiramiz.
3. Verbal voqeliklarning nomlari. Mazkur voqeliklar faqat ovozga ega boʻlib, ularni
eshitish orqaligina bilish mumkin. Bu guruhga
ovoz, musiqa, ohang, soʻz, gap, xabar, navo,
nola, qoʻshiq
kabi soʻzlarni kiritamiz. Ularning mazkur oʻrindaligi
ushbu nomlar atayotgan
voqeliklarning shaklga, ya’ni koʻrinishga, hidga, ta’mga ega emasligi bilan bogʻliq. Lekin verbal
nomlar konkret nomlar qatoriga kiradi. Chunki ular mavjud voqelik boʻlib, hissiy bilish –
eshitish orqali idrok qilinadi.
Goʻzal tarona, baland ovoz, chiroyli qoʻshiq
kabi bogʻlanishlarda
goʻzal, baland, chiroyli
soʻzlari koʻchma ma’nolarda boʻlib, sinesteziya nom koʻchish usuli
amalda boʻlgan.
4. Shkalaning keyingi oʻrniga shaklsiz moddiyliklarning nomini joylashtiramiz. Shunday
moddiyliklar borki, ular obyektiv olamda bor va mavjud. Lekin shaklsiz boʻlib,
ushbu
moddiyliklarni koʻrish va ushlash mumkin emas. Bu kabi voqeliklarni nomlovchi soʻzlarga gaz
holatidagi
havo, kislorod, vodorod, metan, propan
kabilarni misol qilish mumkin. Bu
moddiyliklar shaklga va aniq chegaraga ega boʻlmasa ham, ular kimyoviy xususiyatlarga:
tarkibga, ogʻirlikka, zichlikka yoki hidga ega. Bu esa yuqoridagi nomlar atayotgan
voqeliklarning moddiy ekanligidan darak beradi. Biz ularning shakli yoʻqligi uchun koʻra
olmaymiz. Demak, ushbu guruhdagi soʻzlar teri orqali (nam havo, quruq havo, issiq havo, sovuq
havo), hidlash orqali (achchiq gaz,
gazning hidi, gazning tarqashi), eshitish orqali (gazning
vijillashi) idrok qilinadi va u oʻziga xos ichki tarkibga ega (metanning ogʻirligi, propanning
zichligi, kislorodning toʻyinishi, havoning tarkibi). Tabiiyki, mazkur nomlar koʻrish va ushlash
bilan bogʻliq soʻzlar bilan bogʻlana olmaydi.
Gazni koʻrmoq, havoning rangi, goʻzal havo,
kislorodni tutmoq, havoni koʻtarmoq
kabi bogʻlanishlar mantiqsizdir.
5. Jarayon nomlari.
Yongʻin, bosqin, toshqin, toʻy, bayram, tantana
kabi soʻzlar muayyan
vaqt va zamonda sodir boʻladigan hamda bevosita kuzatish mumkin boʻlgan
jarayonlarni
nomlamoqda. Lekin mazkur jarayonlar tashkil etuvchilaridan ajratilgan. Shuning uchun bu guruh
shkalamizning konkret nomlar tomonida oʻziga xos oʻringa ega.
6. Faoliyat nomlari. Bu guruhga
gulchilik, dehqonchilik, chorvachilik, oʻqituvchilik,
sotuvchilik
kabi soʻzlarni kiritish mumkin. Bu kabi faoliyat nomlarida faoliyatning obyektdan
ajratilishi kuzatilsa-da, bu faoliyatni bevosita kuzatish mumkin boʻladi.
Shuning uchun bu
nomlar konkret nomlar qatoridan oʻrin olgan.
7. Konkret belgi nomlari. Tahlil jarayonida konkret va abstrakt belgilar ajratildi. Konkret
belgi nomlarida ham ayiruvchi abstraksiya mavjud. Zero, belgi oʻz tashuvchisidan ajratilib,
alohida substansiya sifatida nomlanmoqda. Lekin konkret belgilar bevosita kuzatishda berilgan
boʻlib, ularning abstraksiya darajalari ancha past.
Do'stlaringiz bilan baham: