Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

hokim, hokimiyat, devon, vazir, 
qoʻmita, tuman, viloyat, muallif, tahririyat, muharrir, mavzu, reja 
soʻzlari oʻsha davrda qayta 
faollashtirilgan soʻzlardir. Oʻz navbatida, bunday faollashish shu soʻzlarning avvalgi muqobillari 
– 
raykom, apparat, ministr, komitet, rayon, oblast, avtor, redaksiya, redaktor, tema, plan
soʻzlarining eskirishiga, nofaol qatlamga oʻtishiga olib kelgan.
Globallashuv davri oʻzbek tili terminologiyasini tartibga solishda ham vertikal ta’sir 
choralariga ehtiyoj bor, chunki oʻzbek tili terminologiyasida muqobili boʻlgani holda oʻrinsiz 
oʻzlashgan, sohaviy leksikaga qabul qilingan chet soʻzlar yigʻilib qolgan. Masalan, yaqin yillarda 
kompetensiya
soʻzi paydo boʻldi. Ingliz tilida “competence”, rus tilida “kompetensiya” 
shaklidagi bu soʻz asli “mahorat”, “qobiliyat”, umuman esa “layoqat” ma’nosini bildiradi. 
Oʻzbek tilida bu olinmani 
layoqat 
soʻzi toʻla almashtira oladi. 
Kompetensiya 
soʻzi olinayotganda 
oʻzbek tilining ichki imkoniyati e’tiborga olinmagan. Natijada notoʻgʻri oʻzlashma asosida 
kompetentlik, kompetensiyaviy 
singari terminlar ham yasalgan. Agar chet soʻzga bu qadar oʻchlik 
boʻlmaganda, “компетенция” 
layoqat
, “компетентность” 
layoqatlilik 
deb kalkalangan va 
kompetensiyaviy tarzidagi gʻalati yasalma “bino boʻlmas” edi.
Muqobili boʻla turib olingan soʻzlardan yana biri 
kreativdir. 
Ingliz tilida
 
“creative”, rus 
tilida “креативный” shaklidagi bu soʻz har ikki tilda “ijodiy” ma’nosini anglatadi. Bu olinma 
oʻzbekcha matnlarda “kreativ fikrlash”, “kreativ yondashish” singari birikuvlarda qoʻllanmoqda. 
Endi ushbu olinma oʻrniga 
ijodiy 
soʻzini qoʻysak, 
ijodiy fikrlash, ijodiy yondashish 
tarzidagi 
magʻzi toʻq birikma hosil boʻladi, chunki 
kreativ
ning maqbul muqobili 
ijodiy
dir. Davlat tilini 
rivojlantirish departamenti huzurida Atamalar komissiyasining tashkil etilishi ayni ehtiyoj 
natijasi boʻlib, terminologiyani oʻzbek tilining ichki imkoniyatlaridan foydalanib milliylashtirish, 
tartibga solish uning asosiy vazifalaridandir.
Sobiq ittifoq hayotining hamma davrlarida chet tillarga (masalan, nemis, ingliz tillariga) 
munosabat bugungidek boʻlmagan, davlat fuqarolarining chet tillarni lozim darajada egallashini 
xohlamagan. Bunday til siyosatidan koʻzlangan maqsad esa dunyoga “yopilish”, tashqi dunyoga 
qoʻshiluvni cheklash, chegaralash boʻlgan. Oʻtgan asrning birinchi yarmi sobiq ittifoq til siyosati 
haqida tilshunos A.Ogursov keltirgan fakt buni tasdiqlaydi: “Stalincha ong ...chet tillarni bilishga 
juda shubhali narsa sifatida qaragan. Masalan, Buxarinning sudlov jarayonida Vishinskiy ismli 
kishi uning toʻrtta xorijiy tilni bilishini “fosh” qilar ekan, bu ustunlik Buxaringa sovet 
hukumatini toʻrt tilda tuhmat qilish imkonini berishini aytadi” [Ogursov, 1989: 177]. Chet 
tillarni davlatga, mafkuraga xavf sifatida tushunilgan bunday munosabat shoʻro tuzumining 
keyingi davrlarida yumshagan boʻlsa-da, amalda chet tillarni oʻrganishga keng yoʻl ochilmadi, 
maktablarda cheklangan dars soatlari ajratildi.
Sobiq ittifoq inqirozga uchragach, mustaqil respublikalarda chet tillarni oʻrganishga keng 
yoʻl ochildi, til siyosati moʻtadillashdi, chunki milliy respublikalarning oʻzi dunyoga 
“ochilish”ni, qoʻshilishni istardi. Oʻzbekistonda ham chet tillarni, ayniqsa, jahon tillarini 
oʻqitishga katta e’tibor qaratildi. 1992-yilda sobiq Rus tili va adabiyoti instituti va Toshkent chet 
tillari pedagogika institutlarining Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga aylantirilishi 
zarur amaliy ishlardan biri boʻldi. Shunday keyin chet tillarni oʻqitish samaradorligini oshirishga 
qaratilgan davlat darajasidagi hujjatlar qabul qilindi. Endi chet tillarni bilish zararli emas, foydali 
odat deb qaraladigan boʻldi. 
Chet tillarni oʻrganish – yaxshi va juda zaruriy yumush. Chet tillardan birini egallagan 
mutaxassisga bugun talab ham, ehtiyoj ham katta. Ammo “xorijiy tillarni ona tilini esdan 
chiqarish hisobiga oʻrganish nodurust. Chunki ona tilini unutish hisobiga oʻrganilgan xorijiy til 
ona tilining oʻrnini bosib olishi muqarrarki, bunda milliy tafakkur va milliy idrok butunlay 
boshqa, begona tafakkur va begona idrokka aylanadi” [Mahmudov, 2006]. Afsuski, bugun 
ijtimoiy tarmoqlar tilida inglizlashuv, inglizcha unsurlar (boshqasini qoʻya turaylik) koʻpayib 


31 
bormoqda. Masalan, taajjublanganlikni bildirishda 
voy, oʻ-oʻ 
undov soʻzlarii oʻrnida, 
vau

ma’qul, boʻpti, yaxshi 
soʻzlari oʻrnida 
ok

tashabbus, chaqiriq, da’vat 
degan soʻzlar boʻla turib 
chellenj
ommalashmoqda, ommalashtirilmoqda; 
layk (bos), xeshteg, teg, blogpost, post, 
kolumnist
ga oʻxshash varvarizmlar bisyor. Bunday oʻzlashmalarni tezda aniqlab, tilda “qotib” 
qolmasdan tegishli muqobillariga almashtirish kerak. Chunonchi, 
layk (bos) 
soʻzini 
ma’qulla 
bilan bemalol almashtirsa boʻladi. Bitta 
chelenj 
soʻziga oʻzbek tilida uchta muqobil bor: 
tashabbus, chaqiriq, da’vat 
va ularning har biridan oʻrni bilan foydalansa boʻladi. Shuningdek, 
tilni yaxshi bilmaslik oqibatida kelib chiqqan “kompyuterlarga xizmat koʻrsatish”, 
“mashinalarga xizmat koʻrsatish” kabi notoʻgʻri tarjimalar urchib bormoqda. Asli bunda 
kompterlarni tuzatish, mashinalarni ta’mirlash 
deyilsa, ifoda oʻzbekchalashadi va toʻgʻriroq 
chiqadi. Til va jamiyat munosabatidagi bunday muammolarning kelib chiqishi esa globallashuv 
ta’siri, kitob oʻqimaslik, til sezgisining gʻariblashayotgani bilan bogʻliqdir. 
Jamiyat a’zolarining tilga munosabatida ikki jihatni – umuman, tilga munosabat hamda 
ona tiliga munosabatni farqlab olish lozim. Birinchi holatda – tilning xalqni birlashtirishdek 
vazifani bajarishini anglab munosabat koʻrsatilishi, “Davlat tili haqida”gi qonun talablariga rioya 
etilishi, ish yuritishda adabiy til meyorlariga amal qilinishi zarur. Ikkinchi holatda – ona tili oʻta 
milliy, etnomadaniy hodisa deb tushunilishi, ona tili taqdiriga millat taqdiri deb qaralishi, ona tili 
boricha qabul qilinishi kerak.
Bugungi oʻzbek jamiyatida har ikki munosabatga aloqador muammolar yetarli. Bu 
“Davlat tili haqida”gi qonun talablarining koʻp hollarda bajarilmayotgani, davlat tilining 
amaliyotga keng joriy etilmayotgani, ta’limning turli boʻgʻinlari va ish yuritishda lisoniy 
layoqatlilik darajasining pastligi, davlat tiliga ham, ona tiliga ham bepisand munosabatning 
uchrayotgani, til madaniyatining lozim darajada shakllanmayotganida koʻrinadi. Oʻzbek 
sotsiolingvistikasi jamiyatda davlat tiliga munosabatning ahvolini, jamiyat hayotining qaysi 
jabhalarida til bilan faol ta’sirlashuv kechayotganini, til siyosatida nimalarga e’tibor berish 
lozimligini aniqlashi va davlat tilini amaliyotga toʻliq joriy etish hamda terminologiyani tartibga 
solish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqishi zarur. 
Til va jamiyat ta’sirlashuvi haqida soʻz borar ekan, tilning jamiyatga qanday ta’sir 
etishini ham tushuntirmoq lozim. Mutaxassislar toʻgʻri ta’kidlaganidek, tilning jamiyatga ta’siri 
jamiyatning tilga ta’siriga nisbatan kam oʻrganilgan, hatto bunday ta’sirlashuvga shubha bilan 
qarash ham bor. Bizningcha, tafakkur quroli boʻlgan vositaning jamiyatga ta’sir 
koʻrsatmasligining oʻzi shubhali, chunki til jamiyatni muntazam harakatlantirib turadi va bu tarz 
ta’sirlashuvning eng ibtidoiy aksi uning axborotni shakllantirish hamda uzatish vazifasida 
koʻrinadi. Jamiyatning tilga ta’siri naqd lisoniy natijalarda koʻrinadi, shu sababli bu tarz 
ta’sirlashuv shubha uygʻotmaydi, bir qarashdayoq ta’sirlashuv natijalarini ilgʻash mumkin 
boʻladi. Tilning jamiyatga ta’siri natijalari tilshunos qayd qila biladigan til materiallarida ifoda 
topmaydi, balki ijtimoiy hayotning oʻzida boʻy koʻrsatadi. Aniq lisoniy material orqali dalillay 
olinmaganligi tilning ja’miyatga ta’siri mexanizmlarining ochilmay qolishiga olib kelgan. 
Masalan, adabiy tilning jamiyatga ta’siri, avvalo, milliy birlikni ta’minlashida, qolaversa, 
ommaviy savodxonlikni shakllantirish va yaxshilashda, ilm-fanni rivojlantirish va madaniyatni 
yuksaltirishida, ta’lim-tarbiyada koʻrinadi. Sanoqni yana davom ettirish mumkin. Umuman, 
jamiyatda axborot uzatilar ekan, unda tilning ishtirok qilmasligi, ta’siri boʻlmasligi mumkin 
emas. 
Xullas, til va jamiyat oʻrtasida doimiy ta’sirlashuv kechadi. Fan va ta’lim, madaniyat va 
san’at, texnika va davlatchilikning taraqqiyoti til va jamiyat ta’sirlashuvining asosiy omillaridir. 
Bunday ta’sirlashuv jarayonini harakatlantiruvchi kuchi, albatta, inson va u mansub jamiyat. 
Jamiyat ehtiyojlari esa tilning vazifa doirasida kengayish, usluban toʻlib-toʻliqib borishiga sabab 
boʻladi. 


32 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish