33
Key words:
abstraction, concreteness, hierarchy, abstract word, meaning, intermediate
event, linguistic meaning, occasional meaning.
Leksik sathda nafaqat denotativ yoki konnotativ ma’noning darajalanishini, balki
abstraksiyaning
darajalanishini
ham
kuzatish
mumkin.
Masalan,
umumlashtiruvchi
abstraksiyaning turli darajalari mavjud. Masalan,
egulik
soʻzining abstraksiya darajasi
meva
soʻzinikidan yuqori,
meva
soʻzining abstraksiya darajasi esa
olma
soʻzinikidan yuqori. Demak,
olma mevaga nisbatan konkret, meva egulikka nisbatan konkret va aksincha.
Abstraksiyaning bu kabi darajalanishlari barcha soʻzlarni oʻz ichiga oladi. Zero,
insonning tashqi va ichki olamini tashkil etuvchi son-sanoqsiz voqeliklar umumlashtiruvchi
abstraksiya natijasida sanoqli soʻzlarda aks etadi. Abstraksiya darajasi yuqori boʻlgan soʻzlar bir
necha turlarni birlashtirsa, abstraksiya darajasi past soʻzlar bitta turni birlashtirishi mumkin.
Darajali qatorda abstraksiya darajasi yuqori boʻlgan nom abstraksiya darajasi pastroq nomga
nisbatan koʻproq xususiyliklarni birlashtiradi. Masalan,
oʻsimlik
soʻzi daraxtni, butani, gulni,
ularning barcha turlarini umumlashtiradi. Yangi quloq chiqargan maysa ham, dengizdagi suv
oʻtlari ham, koʻp yillik chinor ham oʻsimlik deya nomlanadi.
Daraxt
soʻzida umumlashayotgan
xususiyliklar esa
oʻsimlik
soʻzinikiga nisbatan kamdir.
Shu oʻrinda aytib oʻtish kerakki, abstraksiya darajasi qancha yuqori boʻlsa,
umumlashayotgan xususiyliklar oʻrtasida yaqinlik shuncha kam boʻladi. Aksincha, abstraksiya
darajasi qancha past boʻlsa, oʻzaro yaqinlik yoki oʻxshashlik shuncha koʻp boʻladi. Yuqorida
aytganimizdek,
inson
soʻzi umumlashtirayotgan barcha milliardlab individlar oʻziga xos tashqi
koʻrinish, nutqqa va ongga egalik, ijtimoiylik kabi umumiyliklarga ega boʻlib, irqi, millati, jinsi,
yoshi kabi bir qancha oʻziga xosliklar e’tibordan chetda qoladi.
Erkak
soʻzining abstraksiya
darajasi
inson
soʻzinikidan ancha past boʻlib, umumlashayotgan xususiyliklar bir-biriga
yaqinroq.
Chol
soʻzining abstraksiya darajasi
erkakka
nisbatan pastroq boʻlib, ushbu nom
umumlashtirayotgan xususiyliklar ancha yaqin va oʻxshashdir. Inson erkakka nisbatan abstrakt,
erkak cholga nisbatan abstrakt boʻlsa, erkak insonga, chol erkakka nisbatan konkretdir.
Demak, umumlashtiruvchi abstraksiya ham muayyan darajalanishlar hosil qiladi.
Abstraksiya darajasining oshib borishi umumlashayotgan xususiyliklarning oʻxshashligiga
teskari proporsionaldir. Abstraksiya darajasi oshib borar ekan, umumlashayotgan xususiyliklar
soni ortadi va ular oʻrtasidagi oʻxshashlik kamayib boraveradi.
Tilshunoslikda soʻzlarning abstraksiya darajalarini aniqlash uchun abstraktlik/konkretlik
shkalasi ishlab chiqishga urinishlar boʻlgan. Kolomiyseva [2], Cherneyko
5
kabi tilshunoslar
abstrakt nomlarni ularning ajratilganlik darajasiga koʻra shkalasini tuzishga harakat qilganlar.
Biz ham jahon tilshunosligidagi an’anani davom ettirgan holda, abstraktlik/konkretlik
shkalasini tuzishga harakat qildik. Mazkur shkalani tuzishda tayyor andozadan foydalanmadik.
Unda tilimizning oʻziga xosliklari birlamchi ahamiyat kasb etdi. Har qanday til boshqa tillar bilan
mushtarak belgilarga ega boʻlishi bilan birga, oʻziga xos farqliklar bilan ajralishi ma’lum. Bunday
oʻziga xoslik, ayniqsa, til egalarining aqliy salohiyati, ruhiy va ma’naviy olami, axloqiy, etik, estetik,
madaniy, diniy dunyoqarashini oʻzida aks ettirgan abstrakt nomlar misolida aniq koʻrinadi.
Konkretlik/abstraktlik shkalasining eng dastlabki chekka qutbidan narsa nomlari oʻrin
oladi. Zero, ular muayyan aniq shaklga, makon va zamonda oʻz oʻrniga ega moddiylikni nomlab
kelmoqda. Narsalarni bevosita kuzatish mumkin. Shuning uchun mazkur nomlar beshta sezgi
a’zosining vazifasini aks ettiruvchi soʻzlar bilan bogʻlana oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: