164
«Devoni hikmat»da qoʻllangan eski turkiy leksik qatlam, bir qator fonetik va morfologik
xususiyatlar bu asarning qarluq-chigil-uygʻur va oʻgʻuz-qipchoq tillari negizida yaratilganligini
koʻrsatadi. Asarda ishlatilgan koʻpgina fors-tojik tiliga xos soʻz va iboralar, grammatik shakllar
ham bu fikrni tasdiqlaydi [Muxtorov va b. 1995: 37; 69].
Asarning tarixiy leksikani oʻrganishdagi ahamiyatini chuqur tahlil etish bilan bogʻliq
muammo
shundaki, hikmatlarda qoʻllangan soʻzlarning imlosi, qoʻshimchalarning turli
shakllarda uchrashi, ayrim soʻzlar qoʻllanishidagi leksik-semantik koʻlam va matn mazmuni
muvofiqligi masalasi hal etilmogʻi lozim.
Ma’lum boʻlishicha, «Hikmatlar»ning 1992 yil nashrida berilgan 106-she’rning oʻziga
«tansuq», «idlanmas», «idi», «istayu» kabi soʻzlar, 108-hikmatda radif boʻlib kelgan «ketaram»,
112-hikmatda uchraydigan «rahm aylayam» va shu singari koʻplab tatarcha soʻzlar mavjud.
Bunday holatni ba’zan butun bir bayt tuzilishida ham kuzatish mumkin:
Ujmoq kiram, javlon qilam,
na hurlarga nazar qilam,
Oni, muni men na qilam, menga sen – oʻq-keraksen (159-bet)
Bu bayt «Hikmatlar»ning Anqara nusxasi asosidagi nashri ham deyarli shu tarzda
berilgan. Faqat ba’zi soʻzlarning yozilishida qisman farqlar mavjud. Masalan, «ujmoq» soʻzi
«uchmoq», «na» inkor yuklamasi «ne» tarzida uchrashi kuzatiladi.
Achinarlisi, xuddi shunday qusurlar hikmatlarning maktab darsliklariga kiritilgan
namunalarida ham uchraydiki, ular oʻquvchini chalgʻitishi, notoʻgʻri xulosa chiqarishiga sabab
boʻlishi mumkin. Bunday holatning oldini olish uchun nashrlarda uchraydigan quyidagi kabi
tekstologik tekshirishlarga muhtoj oʻrinlarni jiddiy tekshirish lozim boʻladi. Qiyoslang:
Qul
hoja Ahmad, qulluq ichra sobit boʻlsam,
Zokir boʻlib, zikrin aytib, rabbim, desam
(1991, 95-bet)
Qul hoja Ahmad, qulluq ichra zobit boʻlsam,
Zikr aytib, zokir boʻlub, rabbi, desam (1992, 156-bet)
Koʻrinadiki, bunda ikkinchi misra tarkibidagi soʻz almashishlari (zokir boʻlib, zikrin
aytib – zikr aytib, zokir boʻlub kabilar) bilan bir qatorda birinchi misradagi «sobit» soʻzi oʻrnida
«zobit» - «zabt etuvchi» ma’nosini anglatuvchi soʻz qoʻllangan. Ma’lumki tariqat ahli –
«zokir»lar faoliyatiga «zobit»lik emas, «sobit»lik xosdir.
Yoki quyidagi misralarni qiyoslab koʻring:
Avval
alast birabbikum dedi xudo,
Qolu balo debon ruhlar qildi sado.
Yigʻlab kelduk ishqingga jumla gado,
Lutf aylasang yuz ming osiy xandon erur
(1991, 164-bet).
Mazkur banddagi «ishqingga» soʻzining shu oʻrinda uchrashi, bizningcha, bahsli. «Yigʻlab
kelduk ishqingga» emas «yigʻlab keldik eshishingga» boʻlsa, maqsadga muvofiq keladi. Bu-
birinchidan. Ikkinchidan, Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflarning har ikki variantda ikki
xil koʻrinishda berilishi oʻta jiddiy xatodir. Chunonchi,1991 yil nashrida «al-a’rof» surasidagi
172-oyatga tegishli «Men sizning Rabbingiz emasmanmiq» jumlasi «Avval alast birabbikum»,
1992 yil nashrida esa «Alastubi-rabbikum»
tarzida berilganki, bunday oʻrinlarga ham, keyingi
nashrlarda, albatta, e’tibor qaratilmogʻi lozim.
Umuman, bu singari chalkashliklar hikmatlarning soʻfiyona mazmun-mohiyatiga putur
yetkazadi:
Tun saharlar haq oʻygʻotib qon yigʻlatar,
165
Bezor qilib oʻz ishqiga dil bogʻlatar.
Davosi yoʻq dardni berib zor ingratar,
Munda yigʻlab anda borsa xandon qilur (1991, 160-bet).
Mazkur banddagi «dil» soʻzi 1992-yilgi variantda «bel» tarzida uchraydi. Qaysi toʻgʻriq
Bir qarashda «bel» soʻzi garchi «bogʻlatar» bilan mutanosib kelsa-da, «dil bogʻlatar»,
«bedorlik», «qon yigʻlash» va «zor ingrash» kabilar tasavvufiy
mazmunda yaxlit holda dili
dunyo tashvishlariga bogʻlanmagan solik holatini ifodalovchi tushunchalar hisoblanadi.
Kuzatishlardan ma’lum boʻlishicha, variantlardagi hikmatlar miqdori, berilish oʻrni ham
bir-biridan farq qiladi. Ba’zan birinchi variantda keltirilgan bir she’r ikkinchi variantda qisman,
parcha holida berilgan oʻrinlar mavjud. Misol uchun 1991-yil nashridagi «Muhabbatsiz
xaloyiqdan har kim qochsa» deb boshlanuvchi hikmatning 6-bandi 1992 yil nashrida boshqa bir
toʻrtlik bilan almashtirib yuborilgan. Hikmatlar ma’nolariga berilgan izohlar ham bahstalabdir.
Chunonchi, «Devoni hikmat»ning 1992-yil nashrida uchraydigan izohlarning birida shunday
soʻzlarni oʻqiymiz: «Daftari soniy – ikkinchi daftar… Ahmad Yassaviy bundan avval ham
hikmatlar aytgan. Mazkur hikmatlar esa, ikkinchi daftardir». Rostdan ham, 114-hikmatda: «Toʻrt
ming toʻrt yuz hikmat aytdim, Haqdin farmon»-deyilgan. Ammo shu nashrning 167-betidagi
122- raqam ostida berilgan hikmatda «Toʻqson toʻqqiz ming hikmat doston qilingani» haqida
aytilgan. Bundi qanday izohlash mumkin. Nashrlardagi bunday holatlar anchaginadair.
Umuman, insoniyatning mavjudligi obyektiv
borliq va undagi moddiy, ma’naviy-ma’rifiy
olam bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, har qanday hodisa, eng avvalo, til leksik sistemasida oʻz
aksini topadi. Shubhasiz, bu jarayon asarlarda ham ifodasini topadi. Albatta, yuqorida qayd
etilganlar, davrlar oʻtishi jarayonida boʻladigan oʻzgarishlarning xarakter-xususiyatidan kelib
chiqib, «Hikmatlar» variantlarini qiyoslab oʻrganish va ular ustida jiddiy tekstologik tekshirishlar
olib borish lozimligini koʻrsatadi.
Xulosa
qilib aytganda, ma’naviyatimizning qudratli ustunlaridan biri Xoja Ahmad
Yassaviy merosini keyingi avlodlarga toʻlaqonli ravishda etkazish, tarixiy leksikani oʻrganishda
asarning oʻziga xos oʻrnini belgilash borasidagi tadqiqotlar bugungi turkiy tilshunoslik oldidagi
eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: