Tili va adabiyoti universiteti


Key words:  Types of poetry, brochures, science segregation (Trinity), rhyme, rhyming  rhyme (rhyme letters), rhymes



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

Key words: 
Types of poetry, brochures, science segregation (Trinity), rhyme, rhyming 
rhyme (rhyme letters), rhymes 
 
“Qutadgʻu bilig” ilk turkiy yozma manba sifatida didaktik adabiyotning goʻzal 
namunasidir. Yusuf Xos Hojibning ushbu asari didaktik gʻoya tashuvchi manba boʻlishi bilan 
birga turkiy soʻzlar va ularning mumtoz poetika ilmi qonuniyatlariga mos tusha olish 
imkoniyatini koʻrsatib bergan muhim asardir. Yusuf Xos Hojib birinchilardan boʻlib, arab, fors 
adabiyotida keng qoʻllanilgan vazn, qofiya, badiiyat masalalarining amaliyotini “Qutadgʻu bilig” 
asarida koʻrsatib berdi. Ma’lum davrgacha “Qutadgʻu bilig” barmoq – hijo vaznida yozilgan 
degan yanglish fikr olimlar orasida bahslarga sabab boʻlgan boʻlsa, keyinchalik bahs bu fikr 
yanglish ekanligining isboti bilan yakun topdi. “Qutadgʻu bilig” turkiy adabiyotda aruz vazni 
qoidalariga toʻliq rioya qilib yozilgan ilk asar sifatida muhim ahamiyatga ega. Asarning 
mutaqoribi musammani mahzuf(maqsur) vaznida yozilishi fikr, obrazlar ruhiyati, didaktik 
mohiyatni toʻgʻri anglatishda muhim vosita vazifasini bajargan.
Qofiya mumtoz adabiyotda badiiy asar yukini oʻzida mujassamlashtiradigan muhim 
unsurlardan biri boʻlib, ijodkor aytmoqchi boʻlgan fikrining asosini qofiyada berishga intiladi. 
Qofiya misra oxiridagi ohangdosh birlik boʻlgani bois ham, e’tiborni tortish, tuygʻuni oson 
yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Avval arab adabiyoti, keyinchalik fors adabiyoti, fors 
adabiyoti ta’sirida turkiy adabiyotga kirib kelgan qofiya ilmi, uning nazariy asoslari nafaqat arab 
va fors tilida yaratilgan badiiy asarlarda, turkiy manbalarda ham amaliy ifodasini topdi. Yusuf 
Xos Hojib “Qutadgʻu bilig” asarida ana shu amaliyotning mukammal namunasini isbotlab berdi, 
mohiyat va shaklni - vazn va qofiya uygʻunligini bir maqsad yoʻlida birlashtirdi.
“Qutadgʻu bilig” asarida qofiyaning oʻzak tarkibiga koʻra deyarli barcha turlari 
qoʻllangan boʻlib, mutaqoribi musammani mahzuf (fauvlun/fauvlun/ fauvlun\faol) vaznida 
yozilgan ikkiliklarda asosan qofiyaning oʻzak tarkibiga koʻra mujarrad, muassas turlari 
qoʻllangan boʻlsa, mutaqoribi musammani maqsur (fauvlun/fauvlun/ fauvlun\fauvl) vaznidagi 
misralarda esa qofiyaning murdaf va muqayyad kabi turlari qoʻllangan. Bu holat vazn va qofiya 
qonuniyatining oʻzaro mutanosibligidan kelib chiqadi. Bu ikki vaznning oʻzaro farqli jihati 
oxirgi ruknning soʻnggi hijosi bilan bogʻliq. Mutaqoribi musammani mahzuf vaznining oxirgi 
rukni choʻziq (-) hijo, mutaqoribi musammani maqsur vaznining oxirgi rukni oʻta choʻziq (~) 
hijo bilan tugaydi. Xususan, mutaqoribi musammani mahzuf (fauvlun/fauvlun/ fauvlun\faol) 
vaznining oxirgi rukni (V - ) bir qisqa va bir choʻziq hijodan iborat boʻlib, misra oxiridagi hijo 
ochiq yoki yopiq boʻgʻin bilan tugashidan qat’i nazar choʻziq hijo sifatida belgilanadi. 
Qofiyaning mujarrad qofiya turida ham unlining raviy sifatida kelishi, raviy undosh bilan 
tugashi, undan oldin esa tauvjix kelishi belgilab qoʻyilgan. Demakki, bu vazn aynan qofiyaning 
mujarrad qofiya turini shakllanishiga asos boʻladi. Bu holat qofiyaning muassas qofiya turida 
ham koʻzga tashlanadi. Muassas qofiya qonuniyatiga koʻra ta’sis – bir harakatli undoshdan 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa 
doktori (PhD) 


167 
oldingi unli, albatta, bir harakatli undoshdan oldin kelishi shart. Ta’sisdan oldingi bir harakatli 
undosh, ya’ni raviy va raviydan oldingi unli (tauvjix) aynan oxirgi hijoning choʻziq hijo shaklida 
boʻlishini koʻrsatadi. Mutaqoribi musammani maqsur vaznida esa oxirgi rukn oʻta choʻziq hijo 
bilan tugaydi. Murdaf qofiya turidagi ridfi asliy, ya’ni raviydan oldingi choʻziq unli, ridfi zoyid, 
ya’ni raviy va ridf oʻrtasida bir undoshning ortirilishi aynan hijoning oʻta choʻziqligini 
koʻrsatadi. Qofiyaning muqayyad qofiya turida ham aynan raviy va raviydan oldin qayd, undosh 
tuvushning ishlatilishi (qator undoshli hijo) ayni vaznni yuzaga keltiradi.
Seni qïldï tün kün bü emgek bilä, 
V - - | V - - | V - - | V - 
Äni ɵg sen emdi sevünchin tilä. 
V - - | V - - | V - - | V - 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish