Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet437/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

Matematik savodxonlik, fan va texnika yutuqlaridan xabardor boʻlish hamda 
foydalanish kompetensiyasi

Bizningcha “kompetensiya” deganda, oʻquvchilar tomonidan egallangan bilim va 
koʻnikmalarni mustaqil ravishda shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarda amaliy qoʻllay olish 
layoqati tushuniladi.
Kommunikativ kompetensiya: mavzudan kelib chiqib toʻgʻri javob bera olish; 
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, 
radio(audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshqalar) foydalana oladi; 
Oʻzini oʻzi rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida doimiy ravishda oʻzini oʻzi 
rivojlantirib, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intila oladi; 
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: mehnat qonunchiligida oʻz haq huquqlarini biladi, 
jamiyat va oilasi manfaati uchun xizmat qila oladi. 
Umummadaniy kompetensiyalar: vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda 
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli boʻlish; 
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor boʻlish hamda foydalanish 
kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy 
rejalarni tuza olish. 
Quyida shaxs sifatida oʻz-oʻzini rivojlantirish kompetensiyasi boʻyicha olib borilgan ishlar, 
erishilgan yutuqlar haqidagi tadqiqot natijalarini keltirib oʻtamiz. 
Darslardagi qatra va ijodiy matn yarata olish koʻnikmasi oʻz-ozini rivojlantirish
jismoniy, madaniy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishga undaydi, oʻz xatti-harakatini 
nazorat qila bilishga, halollik, toʻgʻrilik kabi sifatlarda ega boʻlishga chorlaydi. Quyida 
oʻquvchilar tomonidan yaratilgan qatra va ijodiy matnlar shaxs sifatida oʻz-oʻzini rivojlantirish 
kompetensiyasiga yaqqol misol boʻla oladi. 

Bolalikning begʻubor tongi 



Bolalik
 – 
bu begʻuborlik. Bizning quvonchli kunlarimiz, shirin allamiz. Zavqqa toʻla
baxtli onlarimiz. Kulgu gullarining gʻuncha ochish davri. Zamon torlarining yoqimli misiqasi. 
Tabiatning jilmayishi. Ilohiy kuch, ilk qadam, ilk sevinch tuygʻusi. Ilk soʻz va albatta,
hayot. Bu bolalikning begʻubor tongi emasmi? Bizga ayon, har bir bola oʻzgacha. Oʻziga
xon, oʻziga bek… Gʻayritabiiy qarash. Boshqacha xususiyat. Har gapida sokinlik, joʻshqinlik
oʻynaydi. Uning munchoq-munchoq koʻzlari qalbingga xotirjamlik keltiradi. Har kulishida
oʻzing bilmagan holda osmonlarga uchasan, bulutlarni quchasan. Har soʻzin tinglab, uzoq vaqt
yashaganday boʻlasan. Uni ilk bor qoʻlingga olsang, bagʻringga bossang, bolaligingni eslaysan. 
Sen ham dala-qirni sevganing, qalbingdagi baxt nima ekanligini tuyganing yodingga tushadi. 
Ana shunday tarzda bolalikning begʻubor tongi seni qarshilaydi. Hayotingning eng nish urgan 
faslini topasan. Bolalik bozorining xaridori boʻlasan. U yerdan bolalik davri, bolalik koʻngli,
bolalik bagʻri, bolalik nozi kabi mevalarni sotib olasan. Ularning sevinch ila ta’mini
totib koʻrasan. Vaqt oʻtib, qiymati koʻtarilgach, yana sotib olish uchun yelib-yugurasan.
Ammo bu bozorning xaridori boʻlolmaysan. Oʻrningni boshqasi egallaydi. Qaygʻurma! Sen
uchun esa oʻsmirlik bozori poyezdi uchun chipta beriladi.
Bahor tabassumi 


524 
Bahorning ilk tongida oʻzgacha uygʻondim. Derazadan qaradim. Kayfiyatim koʻtarilib 
ketdi. Negadir oʻzimni qushdek yengil his qila boshladim. Oʻzgacha yoqimli hid taraldi. Bu 
bahorning yoqimli ifori edi. Bunchalar ham yoqimlisan, bunchalar ham goʻzalsan, bahorim! 
Sening yoqimli shabadang ham daraxtlarni asta uygʻotadi. Ular ham oʻz tuhfasini senga hadya 
qilishadi. Ular gullaydi. Bu sovgʻani koʻrib sen yana ham atrofga oʻzgacha boqasan, hamma 
yerni gulga burkaysan. Bundan shodlangan quyosh esa oʻz nurlarini oʻzgacha taratadi. Bahor, 
sening sening tabassumingni koʻrdik. Hammayoq gulga burkandi, bu sening tabassuming 
emasmikan? 
Vaqt
Vaqt…Oʻz qadriga yetkazadigan, ba’zilar uchun tez va ba’zilar uchun sekin oʻtadigan 
jarayon.Vaqt…Bolalik chogʻida tushunmay behuda ketgan jarayon. Vaqt… Hozirda ba’zida 
yetmay, ba’zida ortib qoladigan jarayon. Vaqt…Yillar oʻtib, oila va bola tashvishi bilan 
shoshiltiradigan jarayon. Vaqt…Keyinchalik umr yakuni yaqinligini bildiruvchi jarayon. 
Shunday ekan, vaqtimizning qadriga yetish vaqti kelmadimikan? 
Oʻqib oʻrganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda 
uchraydigan muammolarni hal eta olish ham oʻz-oʻzini shaxs sifatida rivojlantirish 
kompetensiyasi hisoblanadi. Oʻquvchilarning ijodiy fikrlari esa bunga yaqqol misol boʻla oladi. 

Hayot
 
Hayot oqar daryo ekan. Xuddi shu oqar daryo toshlarga urilganidek, uning yoʻllari ham 
tekis emas ekan. Hayot – bu baland daraxt. Lekin shu daraxtning tagidan ajal qurti kemirgani 
uchun ham ba’zida hayotimiz ham poyoniga yetib borarkan. Hayot - asfalt qilinmagan yoʻl. 
Gohida qoqilib, gohida loyga botib yashar ekanmiz. Hayot – ustoz va uning saboqlari umrimizda 
katta rol oʻynar ekan. Hayot pianino klavishlari ekan. Pionino ijrochisi qora klavishlarni 
bosganidek, biz ham ba’zida xato qilib turar ekanmiz.
Taqdir 
Oʻshanda kichkina edim. Men uni yaratishim kerak edi. Men uni yaratdim, xuddi 
bolalardek! U mening qoʻlimda qoʻgʻirchoq edi goʻyo. Yillar oʻtib, men oʻsmir boʻldim. Endi 
men oʻzimga sigʻmay ketardim, xuddi butun dunyo menga qarshi chiqayotgandek koʻrinardi.
Oʻzimda qandaydir tuygʻularni his etardim. Negadir endi oʻzimni uning qoʻlidagi 
qoʻgʻirchoqdek his qilardim. Katta boʻldim, endi men oʻzimni eplay olardim. Endi u menga 
ba’zida doʻst, ba’zida esa raqib edi. U meni oyogʻimga har qadamda bolta urib, yiqitishga 
harakat qilardi. Ba’zida u qoʻygan tuzoqlarida ancha qolib ketardim, ba’zida tuzogʻini chetllab 
oʻtardim. Ba’zida uni deb yigʻlar, ba’zida kulardim. Endi yanayam kattaroq boʻldim, endi men 
xulosa chiqardim. Odamlarning taqdiri oʻz qoʻlida ekan. Taqdir tuzoq qoʻymas ekan, aslida u 
bizga imkon berar ekan. Ammo biz insonlar oʻzimiz qoʻygan tuzoqqa oʻzimiz tushar ekanmiz!
Bugungi kun 
Hayot bir koʻchaga oʻxshaydi. Unda qanday qadam bosish oʻzimizga bogʻliq.
Hadeb, oʻtmishga alanglasak, hayotda koʻp qoqilamiz. Xotiralar unda chalgʻishga olib
keladi. Kelajakka intilaversak, bugungi kun yoʻqoladi, bugungi maqsad yoʻqoladi. Biz
bugungi kun, mana shu soniya bilan yashashimiz kerak. Hayotda bugungi rejalar boʻlmay
turib, bir yildan keyin nima qilaman, nima qilishim kerak, deb emas, balki hozir nima
qilaman, bugun nima qilishim kerak, deb savol berishimiz kerak. Agar har bir inson
bugungi kun bilan yashaganida edi, orzular va maqsadlardan koʻra, gʻalabalar va yutuqlar
koʻproq boʻlardi. Kim biladi, yana kimlardir: “Buguning bilan yashasang, xor boʻlasan, ertangni 
oʻyla!”- deb qoʻyishadi. Nima boʻlganda ham, har bir inson hayoti davomida oʻz umr daftariga
taqdir qalami bilan oʻz bitigini bitishi kerak. Niyatim esa har bir insonning umr daftaridagi
orzu-maqsadlari va yutuq, gʻalabalari oʻrtasida doimo tenglik boʻlsin! Har bir insonning
taqdir qalami doimo oʻtkir boʻlsin!


525 
Oʻzbek tilini oʻqitish metodikasi fani hozirgi kungacha boy tajriba toʻpladi. U pedagogika 
fanlari tizimidagi mustaqil fan sifatida shakllandi, rivojlandi, hozir ham rivojlanishda davom 
etmoqda. Uning mazmuni ona tili ta’limining izchil tizimini ishlab chiqish, ona tili darslarini 
tashkil etishga oid metodik tavsiyalarni tanlash va amaliyotga joriy etishgina emas, balki 
metodika sohasining zamonaviy pedagogik texnologiyalar, til oʻrganishning interfaol metodlarini 
oʻzida aks ettirgan ilmiy asoslarni ishlab chiqishdir.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish