302
AQSh tarjimoni oʻz nutqida shunday deydi: Kamina Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar”
romani tarjimoni Mark Risman. 15 yildan ortiq vaqt mobaynida oʻzbek hamkasblarim va
doʻstlarim bilan yaqindan hamkorlikda men bu asarni tarjimasi va tahriri ustida ish olib bordim.
Oʻtgan ikki hafta ichida men roman mazmunini gʻarb oʻqituvchilariga tanishtirish maqsadida
Oʻzbekistonning
ayrim hududlariga safar qilib, romanda keltirilgan joylarni aniqlashga harakat
qildim. Ushbu asar oʻzbek xalqi uchun juda katta ahamiyatga ega. Kitob 1926 yilda bosilgan va
shuhrat qozongan, ammo tez orada taqiqqa uchragan. Abdulla Qodiriy 1938 yili hibsga olingan
va qatl etilgan. 1939 yili romanning kuchli tahrirdan oʻtkazilgan yana bir varianti qayta bosildi,
keyincha u 1950 yillar boshida nashr etildi. Toshkentdagi Abulqosim madrasasining sobiq
direktori, rahmatli doʻstimiz Abdulaziz Muhammadkarimov bir uchrashuvda menga aytishicha, u
yoshligida kitob doʻkonida shu asarni sotishga mas'ul xodim boʻlib ishlagan va kitobdan bir
nusxa sotib olish uchun odamlar kunlab navbatda turishgan. Undan ilgarilari bu kitobga ega
boʻlish noqonuniy sanalgan, u kimda boʻlsa, qamoqqa tashlangan. Natijada oʻzbeklar qatagʻonga
uchramaslik uchun asar nusxalarini yashirincha bir biriga berishgan. Kim bu kitob bilan qoʻlga
tushsa, siyosiy maqsadda ayblanishi,
ishdan haydalishi, mansabdan ayrilishi mumkin edi. Bu
roman Oʻzbekistonda nechogʻli ahamiyatga egaligini ta'riflash mushkul. Men Abdulla Qodiriy
tugʻilgan kunining 125 yilligiga bagʻishlab 2019 yil apreligacha vebsayt ochish, romanning
inglizcha tarjimasini bosish, bir mukammal elektron kitob (ebook) tayyorlab, unga musiqa, surat
va xaritalar kiritishni rejalashtirganman (Hozirgi kunda bu sayt oʻz ish faoliyatini olib
bormoqda). Shuningdek, gʻarb oʻqituvchilari roman mazmunini toʻlaroq tushunishi uchun 400 ta
sharh tayyorlaganmiz. Madaniy jihatdan boy boʻlgan bu hujjat nafaqat Oʻzbekiston tarixini, balki
bugungi kunda oʻzbeklar hayotidagi diniy va ijtimoiy oʻzgarishlar hamda oʻzbeklar tarixini ham
qamrab oladi. Shu ma'noda 24 yildan beri Oʻzbekiston bilan shugʻullanayotgan
kishi sifatida
aytishim mumkinki, nafaqat Oʻzbekiston xalqini, balki butun Markaziy Osiyo xalqlarini
tushunish uchun ham bu romanni oʻqishingiz lozim [www.https://youtu.be/V434Zn13Xvk].
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz va chet davlatlari bilan sheriklik
munosabatlarini rivojlantirishga doir muhim dastur va loyihalardagi amaliy koʻmagi, xalqlar
oʻrtasidagi oʻzaro bir-birini anglash va qoʻllab-quvvatlash, doʻstlik va madaniy hamkorlik
aloqalarini kengaytirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun sharqshunos olim, "Oʻtkan kunlar"
asari tarjimoni Mark Edvard Rizni "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotladi [http://navoiy-
uni.uz/uz/the-translator-of-bygone-days-was-awarded-with-the-order-of-friendship].
Mark Riz — AQShning Vashington universitetida “Markaziy Osiyodagi turkiy tillar,
xususan oʻzbek tili, jadidchilik va Islom fiqhi” boʻyicha ta’lim olgan. U 23 yillik ish faoliyatini
Markaziy Osiyoda “Tinchlik korpusi” volontyori sifatida boshladi. Termiz, Samarqand, Qoʻqon
shaharlarida ingliz tilidan bolalarga dars berdi va oʻqituvchilar malakasini
oshirish dasturlarida
ishtirok etgan. Shuningdek, atoqli oʻzbek adibi Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romanini
ingliz tiliga tarjima qildi.
«Men oʻzim va tarjimamni asar qahramoni Otabekka qiyoslayman. U Margʻilon —
Toshkent oʻrtasida ishq tufayli qatnaganidek, men ham Amerika va Oʻzbekiston oʻrtasida
“Oʻtgan kunlar” asariga boʻlgan muhabbatim sabab koʻp bora kelib-ketib yurdim. Ushbu asar
tarjimasi bilan toʻxtab qolmoqchi emasman. Endi Abdulla Qodiriyning oʻz hayotini, ijod maktabi
haqida ssenariy yozib, badiiy film olmoqchiman. Chunki, Markaziy
Osiyoda qanday buyuk
ijodkorlar, qalam ahli borligini, ular har qanday ogʻir kunlarda ham oʻz maqsadlari, orzu
umidlaridan, xalqidan voz kechmaganliklarini butun dunyo, jumladan, amerikaliklar ham katta
ekranlar orqali bilishini juda-juda istayman» (Mark Riz - tarjimon, sharqshunos olim)
Tarjimonning vazifalari nafaqat axborotni “uzatish” balki “uzatish” va “qabul qiluvchi”
ikkala tomon ham nima haqida gaplashayotganini tushunishi kerak. Bu tarjima vositasi boʻlgan
madaniyatlararo muloqotning mohiyatidir [Sareva, 2006]. Qanchalik gʻalati tuyulmasin, bu
iboralarni boshqa tillarga aynan tarjima qilish yechimi mushkul bir muammo. Ta'kidlash lozimki,
303
bu tushunchalar kimdir shunchaki oʻylab
topgan shirin kalom, quloqqa xush yoqadigan soʻzlar
emas.
Shunday qilib xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda boshqa madaniyat vakillari bilan
muvaffaqiyatli aloqalar madaniyatlararo muloqatga ushbu madaniyatlarning oʻziga xos
xususiyatlarini va amaliy koʻnikmalarini bilmaslik mumkin emas. Mamlakatimiz va chet
davlatlari bilan sheriklik munosabatlarini rivojlantirishda hozirgi kunda nodir asarlarimizning
tarjima qilinishi oʻz samarasini bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: