35
hosil qila oladi. Ushbu fikrimizni Farobiyning substansiya haqidagi qarashlarini keltirish bilan
dalillash mumkin: «Substansiya oʻz tabiati jihatidan cheksiz darajada boʻlaklarga
ajralib keta
olishi sababli, son ham tabiati jihatidan cheksizdir. Son toʻgʻrisidagi ilm – bu substansiya
boʻlaklarini bir-biriga koʻpaytirish, birini ikkinchisiga boʻlish, birini ikkinchisidan ayirish,
agarda bu boʻlaklarning negizi boʻlsa, negizini topishga va ularning muvozanatini aniqlashga
qaratilgan ilmdir. ... Bu ilmni yunon donishmandlari arifmetika deb ataydilar»
1, 174-176
.
Farobiy substansiyaning harakatchanligi ta’kidlanishi bilan birga, osmon harakatini oʻrganuvchi
ilm vujudga kelganligini aytadi. Bu ilm oldingi ikki ilm: arifmetika va geometriyaga asoslanishi,
bu ilmlarsiz mavjud boʻlmasligi ta’kidlanadi va bu ilmning nomi astronomiya ekanligini yozadi.
Substansiya harakatdan tashqari ovozga ham ega boʻlishi va bu belgini oʻrganuvchi musiqa fani
vujudga kelganligini aytadi. Substansiya qizarish-oqarish, uzayish-torayish, koʻpayish-kamayish,
tugʻilish-oʻlish, kasallanish-sogʻayish kabi belgilarga ham ega boʻladi. Substansiyaning bunday
oʻzgarishlarini oʻrganishga ehtiyoj tufayli tabiat toʻgʻrisidagi fan paydo boʻlganligini bayon
qiladi
3, 9
.
Yuqoridagi fikrlarda substansiyaning qismlarga ajralishi, uning harakatchanligi, ovozga
egaligi, qizarishi,
oqarishi, uzayishi, torayishi, koʻpayishi, kamayishi, tugʻilishi, oʻlishi,
kasallanishi, sogʻayishi kabi belgilarga egaligi uning abstrakt mohiyat emasligidan dalolat
beradi.
9.
Predmetlarning turli oʻlchovi va me’yorlarining nomlari. Bu guruhdan boʻy (balandlik,
pastlik), hajm (ozgʻinlik, semizlik, kattalik, kichiklik, torlik, kenglik), vazn (ogʻirlik, yengillik),
masofa (uzunlik, yaqinlik, uzoqlik, qisqalik) kabi oʻlchov nomlari oʻrin olgan. Mazkur soʻzlar
shkalada konkret va abstrakt nomlar oraligʻida joylashadi. Ushbu guruhdagi soʻzlarning bosh
ma’nosini konkret va abstrakt nomlar oraligʻiga joylashtirsak,
kattalik, pastlik, ogʻirlik, yengillik
kabi leksemalarning inson xarakterini nomlashga ixtisoslashgan koʻchma ma’nolarining
barchasini abstrakt deyish mumkin. Masalan,
kattalik
soʻzi koʻchma ma’noda «oʻzini yuqori
tutish, manmanlik»,
pastlik
soʻzi «pastkashlik, razillik» abstrakt ma’nolarini anglatadi.
10.
Jismoniy holat nomlari. Jismoniy holat nomlari obyektidan ajratilgan,
lekin jism
bilan bogʻliq holatlarni nomlaydi.
Charchoq, qiyinchilik, tashnalik, xastalik, kasallik,
darmonsizlik, holsizlik
kabi soʻzlar atayotgan holatlarning ayrim vizual belgilarini bevosita
kuzatishda berilganligi ularning abstraksiya darajasi pastligidan darak beradi. Bu guruhdagi
soʻzlar ham konkret va abstrakt nomlar oraligʻidan oʻrin oladi (bu
haqda keyingi boblarda
batafsil ma’lumot beriladi).
11.
Estetik tushunchalar.
Goʻzallik, nazokat, did, farosat
kabi soʻzlar abstrakt soʻzlar
qatoridan joy egallasa-da, ularning abstraksiya darajalari juda yuqori emas. Chunki, estetik
tushunchalar aqliy bilish mahsuli boʻlishi bilan birga ularning koʻrish orqali idrok qilinadigan
belgilari mavjud.
Kelinchak nazokat bilan qadam bosardi
gapida
nazokat
nomi bilan atalayotgan
mohiyat koʻrish orqali bilinmoqda. Ushbu guruhdagi soʻzlar insonning estetika bilan bogʻliq
fazilatlarini undan ayri holda alohida substansiya sifatida nomlar ekan, shkalaning abstrakt
soʻzlar qatorini boshlab beradi. Eng konkret hisoblangan abstrakt nomlar estetik tushunchalarni
nomlovchi soʻzlardir.
12.
Ruhiy holat nomlari. Mazkur guruhni
sevinch, sogʻinch, shodlik, baxtiyorlik, iztirob,
umidsizlik
kabi abstrakt leksemalar tashkil qiladi. Lekin mazkur holatga tushgan insonlarning
tashqi koʻrinishida shu holat belgilarining mavjudligi (yuzidagi quvonch, koʻzidagi jahl)
shkaladagi oʻrnini belgilab beradi. Masalan, inson asabiylashganda yuzining ranglari, ovozi, koʻz
qarashlari oʻzgarishi mumkin.
13.
Abstrakt belgi nomlari.
Botirlik, vafosizlik, vijdonsizlik, donolik, ziyraklik
kabi
abstrakt belgilarni atab keluvchi nomlarning abstraksiya darajalari, ya’ni obyektidan ajratilganlik
darajalari yuqoridir. Masalan, «magʻrurlik» haqida gapirilganda, mazkur belgiga ega inson
nazarda tutilmaydi.
36
14.
Munosabat nomlari va vaqt nomlari.
Doʻstlik, dushmanlik, nafrat, ishonch, hurmat,
shafqatsizlik, tengsizlik
kabi soʻzlar ushbu guruhdan oʻrin oladi. Mazkur soʻzlar ifodalayotgan
mohiyatlar bevosita kuzatishda berilmagan boʻlib, ularning mohiyatini faqat ongli ravishda bilish
mumkin. Shuning uchun mazkur soʻzlarning abstraksiya darajasi yuqoridir. Masalan,
ishonch
soʻzi talaffuz qilinganda yoki eshitilganda uning insonlarning munosabati ekanligi nazarda
tutilmaydi. U goʻyo alohida mohiyat sifatida idrok qilinadi.
Vaqtni abstrakt mohiyat sifatida nomlovchi
vaqt, payt, oʻtmish, kelajak
kabi soʻzlar ham
shkalaning shu oʻrnida joylashgan. Vaqt materiyaning mavjudlik shakli boʻlib, moddiy
jarayonlarning
keng yoyilishi izchilligini, bu jarayonlarning turli bosqichlari, bir-biridan
ajralganligi, ularning davom etishini, rivojlanishini bildiradi. Har bir narsa oʻz oʻtmishi, hoziri,
kelgusiga ega. Narsa-hodisalarning ba’zi birlari avvalroq, boshqalari keyinroq sodir boʻladi.
Bular esa vaqt tushunchasini ifodalaydi
4, 157-158
. Vaqt nominatsiyasida esa materiyaning
mazkur yashash shakli, holati undan (materiyadan) abstraksiyalangan.
15.
Mental tushuncha va holat nomlari. Mazkur guruhni
fikr, gʻoya, aql, ong, qiziqish,
bilim, ilm
kabi soʻzlar tashkil etadi. Ularning abstraksiya darajasi ruhiy holat nomlariga nisbatan
yuqoridir. Chunki ruhiy holatning ayrim belgilarini kuzatish mumkin boʻladi. Aqliy tushuncha
va holat nomlari esa faqat mental bilish orqali anglanadigan voqeliklarni ataydi.
16.
Bu oʻringa
siyosat, mafkura, hokimiyat
kabi ijtimoiy-siyosiy tushuncha nomlarini
joylashtirdik. Bu soʻzlar nomlayotgan voqeliklar ham murakkab tabiatga ega. Murakkab
semantika esa abstraktlikning yuqori darajalari uchun xosdir.
17.
Shkalamizninng mazkur oʻrnidan etik tushuncha nomlari oʻrin olgan.
Hayo, nomus,
oriyat, ma’naviyat, odob, tarbiya, axloq
kabi etik tushuncha nomlari semantikasida boshqa bir
substansiyaning belgisi ekanligi ma’lum darajada unutilgan. A.Avloniyning «Tarbiya biz uchun
yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» degan fikrida
«tarbiya» ma’lum bir shaxsning xususiyati sifatida emas, shaxsdan alohida mohiyat sifatida
tasavvur uygʻotadi.
18.
Diniy tushunchalar.
Diniy tushunalardan
iymon, savob, gunoh, ajrim
kabi nomlar
yuqori abstraksiyaga ega boʻlib, tashuvchisidan mutloq ajratilgandir.
19.
Metatushunchalar. Ularga
hayot, umr, haqiqat, adolat
kabi metatushunchalarni misol
qilish mumkin. Mazkur soʻzlar abstraktlik shkalasida eng yuqori darajaga boʻlib, tashuvchisi
haqidagi ma’lumot ularning semantik tarkibida mavjud emas. Masalan,
hayot
soʻzining tahlili
shuni koʻrsatadiki, tirik jonzotlardan mutloq ajratilgan mazk ur belgi alohida substansiya sifatida
shakllana olgan:
Taajjub, kim solmish uning koʻngliga,
Kirmoq qayda hali hayot yoʻliga,
Ona allasiga qonmasdan hali,
Ertaga shu uyga beka boʻlgali
Supurgi tutadi jajji qoʻliga
(E.Vohidov).
Konkretlik/abstraktlik darajasi
Do'stlaringiz bilan baham: