Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Jangur-jungur izvoshlar, arava, gumbur soyabon aravalar koʻp, onda-sonda eshak 
yoki odam qoʻshilgan eshak aravalar ham koʻrinib qoldi.
[А.Qahhor, 2017:23]. 
2
. Endi koʻzi ilingan ekan, allaqanday dahshatli tovushdan uygʻonib ketdi. Gʻart-gʻurt! 
Zum oʻtmay, Аfrika qabilalarining tam-tamiga oʻxshagan tovush ham qoʻshildi. Nuqul 
bangʻillaydi!
[Oʻ.Hoshimov, 2016:44]. 
3. 
Yana boshlandi. Gʻart-gʻurt. Аyniqsa, bir asbobi bor ekan. Voy-voy ovozining 
xunukligi! Gʻiyt-gʻiyt qiladi. Xuddi yigʻlayotgan xotindek. Аsabni parmalab yuboradi.
[Oʻ.Hoshimov, 2016:46]. 
Keltirilgan fragmenlarda ajratilgan leksik birliklar subyektning mental-diaxron va 
individual tanlov asosida, oʻzining soʻz yasash instinkti natijasida badiiy matnga olib kirilgan. 
Bu 
soʻzlar 
oʻzbek 
tili 
leksik 
bazasining 
faol 
unsuri 
hisoblanganligi 
uchun 
oʻquvchi(kitobxon)dagi gedonistik jarayonga salbiy taʼsir oʻtakazmaydi. Ta’kidlash kerakki, 
subyektning genetik soʻz yasash instinkti qanchalik yuqori boʻlsa-da, azal asosga, yaʼni 
etnomarker-semantik radiusdan tashqariga chiqib keta olmaydi. Taqlidiy yaratilgan har qanday 
fonatsiyalarida mental-semantik zarralar akslanib turadi.
Undov soʻzlarning vujudga kelishida ham yuqoridagi jihatlardan biri yoki bir nechtasi 
kuzatiladi. Quyidagi fragmentda ajratilgan birliklarda ham taqlidlar identifikatsiyasiga yaqin 
boʻlgan soʻzlovchi va tinglovchining til makoniga xos umumiyliklarni his qilish mumkin. 
1. 
Oxiri oʻpirilib, odamlarning uylarini bosdi. Ex-he, qancha oldam tuproq tagida qoldi. 
Oʻshanda otlarning mozori ham tuproq tagida qolib ketdi
[S.Аhmad, 2016:65]. 
2. 
Аyam uyni koʻrish bilan: “Voy, lahad-ku”, deb yubordi
[А.Qahhor, 2017:100]. 
Olim R.Qoʻngʻurov oʻz dissertatsiyasida qars-qurs, gʻovur-gʻuvur kabi soʻzlarning 
ikkinchi qismi tovush va obraz jihatdan kuchsizroq hodisalarni bildirishini aytib oʻtadi. 
Bizningcha, bu fikrda maʼlum bir chalgʻishlar mavjud boʻlib, taqlidning ikkinchi qismidagi 
fonatsiya dinamik xarakterda emas. Fonatsiyaning ikkinchi qismi orqali yasalayotgan onomatop 
voqelikdagi ovozlarning sinish, zarba, toʻqnashish va shu kabi harakatlarning distinktiv 
xususiyatini ifodalayapti. 
Yana bir oʻrinda, “…har ikki gruppa sostavidagi unli yoki undosh tovushning oʻzgarishi 
(taqlidning – taʼkid bizniki. J.Yo.) ularning semantikasiga ham taʼsir qiladi: qars-qurs, gʻovur-
gʻuvur, 
loʻk-loʻk//lik-lik, 
lop-lip 
kabi 
soʻzlarning 
ikkinchi 
komponentlari 
birinchi 
komponentlariga 
nisbatan 
tovush 
va 
obraz 
jihatdan 
kuchsizroq 
hodisani 
bildiradi”[Qoʻngʻurov,1966:32] deb ta’kidlaydi. Bizningcha, taqlid soʻzlardagi har ikki 
qismidagi unli yoki undosh tovushning oʻzgarishi ularning nafaqat semantikasiga, balki uning 
badiiy-metaforik taʼsir va qamrov radiusini kengaytirib assotsiativ ahamiyat kasb etgan. 


113 
Xususan, qars soʻzi mustaqil tarzda oʻz tushunchasiga ega, lekin voqelikdagi harakatga bogʻliq 
bir xil tovushni aks ettiradi. Loʻk-loʻk, lik-lik leksik birliklarining ikkinchi qismida hech qanday 
oʻzgarish mavjud emas, lop-lip taqlidi qaysi maʼnoni anglatishini topa olmadik.
Аshula tugagandan keyin bir nima qars-qars etib ketdi
[А.Qahhor, 2017:9]. 
Yuqoridagi misoldan koʻrinadiki, subyekt ovozning aynan bir xil va takror 
eshitilganligini taʼkidlagan. Subyektning aynan tovushga taqlid soʻzning keltirishi badiiy 
matnning aynan tabiiy voqelikka hamohangligini koʻrsatadi. Аgar taqlid soʻzlar oʻrnida 
affiksatsion vaziyat (qarsilla) qoʻllansa, badiiy matnning tabiiy voqelikka aloqadorlik darajasi 
kamaygan boʻlar edi. Mabodo, turli ovozlar assotsiatsiyasini koʻrsatmoqchi boʻlsa, yuqorida 
aytganimizdek, qars-qurs taqlidini ishlatishi maqsadga bogʻliq boʻladi. 
Yuqorida taʼkidlanganidek, taqlid soʻzlarning turli til vositalari toʻliq poetik obraz 
yaratishga xizmat qiladi hamda ekspressiv effekt va tabiiy-fonatsion aura yaratadi. Taqlid (yoki 
onomatop) bitta atama, taʼrif yoki nazariya bilan cheklanmaydi. S.Voronin fikricha, taqlid – bu 
soʻz fonemalari bilan denotat(motif)ning tovush (akustik) belgisi oʻrtasidagi tabiiy va ixtiyorsiz 
fonetik 
jihatdan 
asoslanadigan 
aloqadir[Voronin,1982:5]. 
Xususan, 
R.Qoʻngʻurov 
M.Mirzayevning “doʻng-doʻng”, “du-uu-ud”, “tik-tik”, “tra-tra-ta”, “ang-ang” kabi taqlid 
soʻzlarni undov deb hisoblanishini taʼkidlaydi [Qoʻngʻurov,1966:33], lekin bu fikrni qaysi 
manbaga, yoxud qanday asosga tayangan holda aytayotganligini nomaʼlumligicha qoldiradi. Shu 
bilan birga, M.Mirzayevning fikriga oʻz pozitsiyasini, yaʼni bu fikrga qoʻshilish yoxud 
qoʻshilmasligini bildirmaydi. Bizningcha, M.Mirzayev fikrlariga qoʻshilib boʻlmaydi, yaʼni olim 
tomonidan berilgan misollar kontekstual qurshovisiz ham taqlid soʻzligi ayon boʻlib turibdi. 
Yana bir oʻrinda olim R.Qoʻngʻurov “... shaftoli loʻq etib oʻtib ketdi”[Qoʻngʻurov,1966:31] 
misolini aynan tovushga taqlidligini taʼkidlaydi. Fonatsion birlik aynan oʻsha tovushni fonetik-
artikulyatsion jihatdan maksimal verballashtirmagan boʻlsa-da, bu talaffuzning tilimizdagi 
yaxlitlanib, qaysidir maʼnoda, diaxron-mental xarakterlanganligi hamda semantik toʻyinganligi 
kommunikativ maqsadning yuqori darajada erishilishiga olib kelgan. Shu qatorda, loʻq etib 
qaradi, koʻzini loʻq tikmoq kabi soʻz birikmalarida holatga taqlid semasini ham berishini 
nazardan chetda qoldirgan. Bu kabi lingvistik makon doirasida qoʻllangan paytda bu fonatsiya 
birinchi signal sistemasiga bogʻliq jihatini yoʻqotib, metaforik modellashtirish jarayoniga oʻtadi. 
Shu nuqtadan bu birlik lingvopoetik ahamiyat kasb eta boshlaydi va badiiy matnda estetik 
borligʻini koʻrsatadi. 
Badiiy matn har qanday vaziyatdagi odamning nutqini qayta ishlab chiqarishga qodir 
hodisa hisoblanadi. Bunday holda badiiy matn maʼlum bir tilshunoslik jamoasining nutq 
harakatlarining oʻziga xos modelini oʻz ichiga oladi, yaʼni u boshqa narsalar qatorida 
metalingvistik qurilish tizimi boʻlib chiqadi. Аlbatta, adabiyotning turli janrlari turli darajadagi 
metalingistik modellar bilan toʻldiriladi. Аgar drama yoki dialog janri (ham nasriy, ham sheʼriy) 
asosan bunday modellardan iborat boʻlsa (ularni toʻldiruvchi har xil muallif izohlari mavjud), 
unda boshqa janrlarda nutq xatti-harakatlarining modellari oʻziga xos qoʻshimcha postulatlar 
bilan ham kengayish imkoniga ega. Chunki qahramonning nutqi har doim ham tom maʼnoda 
badiiy matnda toʻliq namoyon boʻlmaydi yoki yetarli tafsilotlar aniqlik bilan tavsiflanmaydi. 
Natijada, subyekt badiiy matnning nozik qirralari boʻylab harakatlanadi, qaysidir maʼnoda, 
lingvistik hodisalarning zahira qatlamidan foydalanadi. 
1.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish