Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Kovid

qiziga 
Karona 
yoki yana bir ota oʻgʻliga 
Sanitayzer
ismlarini qoʻyishiga mone’ boʻla olmaydi. 
Chunki bu ismlar tanlashida ham oʻziga xos asos-motivlar bor: “Ha, bu xavfli virus, lekin 
koronavirus pandemiyasi insonlarni sanitariya va gigiena qoidalariga rioya qilishga oʻrgatdi. 
Shuning uchun farzandlarimizni koronavirus sharafiga nomlashga qaror qildik”, – deb yozadi 
Pritti Verma. Yana Hindistonning Uttar Pradesh shtati Sayyora qishlogʻida qiziga 
Korona
ismini 
qoʻygan ota: “
Korona
ismi COVID-19 ga qarshi birgalikda kurashish ramzi”, deydi [Internet: 
2000. 25-, 27-mart]. 
Sanitayzer 
ismini qoʻygan ota-ona “Bu ism shu murakkab davrni eslatib 
turadi, dizenfektsiya mahsulotlarining hammasi tarkibida “sanitayzer” moddasi bor. Odamlar 
koronavirus haqida gapirganda aynan ushbu kimyoviy modda ularni infeksiyadan saqlab 
qolganini eslaydi”, deydi [Internet: 2000. 20-aprel]. 
Shundan kelib chiqib, oʻzbek tilida ham, boshqa tillarda ham apellyativning lugʻaviy 
ma’nosi antroponimlarning umumiy ma’noviy tasnifi, nominatsiya tamoyillarining umumiy 
roʻyxatini shakllantirishdagina qoʻl keladi. Bu holat kishi nomlari koʻpincha bir shaxs yoki guruh 
istagi ifodasi sifatida yuzaga kelishidek maishiy masala bilan izohlanadi. Lekin ayrim atoqli 
otlar, xususan, etnonimlar va toponimlarda nominatsiya tamoyillarini belgilash qiyinligi bir 
necha murakkab omillar bilan bogʻliq. Birinchidan, etnonimning tarixiy-etimologik tavsifini 
toʻgʻri hal qilish. Bu masala hal qilinganda ham nom hamda nomning oʻzi anglatgan obyekt 
bilan bogʻliqligini aniq koʻrsatuvchi belgining saqlab qolingani yoki qolmaganligini aniqlash 
lozim boʻladi. Masalan, 
Bayot
etnonimining tarixiy-etimologik tavsifi aniq boʻlgan holda 
etnonimda ana shu belgi (“xoʻjayinlik”) saqlab qolingan boʻlishi gumon. Demak, nominatsiya 
tamoyili faqat til materillari asosida belgilanadi. Xuddi shu kabi tepalik mavjud boʻlmagan 
joyning 
Oqtepa
yoki 
Qoratepa
deb nomlanishi kabi holatlar ularda haqida muayyan xulosa, 
toʻgʻrirogʻi aniq xulosa chiqarishga imkon bermaydi. Qayd etilgan fikrlarning barchasi bu tip 
atoqli otlar, xususan, toponimlarning antroposentrik talqinini nomning tarixiy-etimologik 
tavsifisiz amalga oshirib boʻlmasligini ta’kidlashga xizmat qiladi. Masalan, tadqiqotlarda 
Gurlan
toponimining tarixiy-etimologik tavsifi xususida bir toʻxtamga kelinmagan.
Bizningcha, mazkur nomning etimologiyasi xorazmiy tili materiallari bilan bogʻliq 
boʻlib, mazkur substrat ikki tarkibiy qismdan iborat. Uning birinchi qismi “dasht”, “yalanglik” 
ma’nosidagi “goʻr” soʻzidir. Bu oʻrinda turkiy tillarda “g” tovushi bilan soʻz boshlanmasligi, 
boshlangan holatda ham uning boshqa turkiy tillarda “k” bilan muqobili boʻlishi (masalan, 
galin 
– kelin

goʻr – koʻr
)ini ham e’tiborga olamiz.
Xuddi shuningdek, 
Bogʻolon
toponimi sodda qilib 
bogʻ
va 
alang 
komponentlaridan 
iborat deb talqin qilinadi. Haqiqatan ham, 
Bogʻolon 
bogʻlarga burkangan qishloq, aholisi 
bogʻbonlikda mohir. Lekin bu hozirgi holat boʻlib, qishloqning nomi paydo boʻlgan davrda 
holati ham xuddi shunday boʻlgan deyish toʻgʻri emas. Bundan tashqari, tabiiy holatda, ya’ni 
inson ishtirokisiz bogʻ paydo boʻlmaydi. Tabiiy holatda hosil boʻlgan bunday joylar chakalakzor, 
butazor va hokazolar boʻlishi mumkin. Ikkinchidan, biror joyda oʻrnashib olib, uzoq yillar 
davomida bogʻ-rogʻ barpo etib, keyin qishloqqa shunga muvofiq nom berilmasa kerak. 
Uchinchidan, 
alang
soʻzi hozir ham shevalarda mavjud, lekin 
alan
tarzida talaffuz qilinmaydi, 
ya’ni bir sonor ikkinchi sonorga almashmaydi. Demakki, nomning ikkinchi qismi 
alang
boʻlganda, oʻz shaklini saqlab qolishi ehtimolga yaqin edi. Shuning uchun, bizningcha, Bogʻolon 
toponimining ikkinchi tarkibiy qismi 
Gurlan
nomidagi kabi 
lon
boʻlsa, birinchi komponent 
“katta” ma’nosidagi “baga”dir. Har ikkala komponent umumiylikda “katta qishloq”, “yirik aholi 
punkti” degan ma’noni anglatadi. Nominatsiya tamoyili jihatidan bu nom 
Samarqand, 
Kattaqoʻrgʻon
kabi toponimlar bilan bir guruhni tashkil qiladi.


110 
Bulardan tashqari atoqli otlar antropotsentrik tadqiqida konsept va tushuncha terminlari 
mohiyatini farqlash atoqli otlar tadrijiy taraqqiyotini belgilash, nomlarning bir-biriga nisbatan 
“yosh”ini aniqlash kabi ilmiy-nazariy jarayonlarda qoʻl keladi. 
Shuningdek, antroponimlar talqinida atoqli ot apellyativining semantik oʻzgarishlari 
hamda apellyativning moddiy qiyofasiga munosabat kabi jihatlarni ham nazardan chetda 
qoldirmaslik, “tarixiy nomlar” izohlanayotganda til materiallaridagi oʻzgarishlar va xalq 
tafakkuridagi oʻzgarishlar alohida diqqat markazida boʻlishi lozim.
Atoqli otlarda, xususan, antroponimlarda har qanday ismning bolaga qoʻyilish 
motivlarida oʻtmishda yashagan ajdodlarimizning urugʻchilik, qabilachilik davriga xos, 
shuningdek, elat va xalq boʻlib shakllangan tarixiy bosqichlarda amal qilgan madaniy-maishiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy turmushiga oid e’tiqodlari oʻz ifodasini topgan. 
Bu borada A.Matveyev fikrlari diqqatga sazavor: “Onomastika dunyosi, birinchi 
navbatda insonlar va joy nomlari (antroponim va toponimlar) jamiyat bilan shu qadar bogʻliqki, 
(hissiyotimni bayon qilishdan tortinmayman) unga sal e’tibor qaratgan odam, filolog, tarixchi, 
geograf, oʻlkashunos yoki shunchaki qiziquvchi boʻlsin, befarq boʻla olmaydi” [Matveyev, 2004: 
7]. Shuningdek, A.S.Shcherbakning yozishicha ham, “muhim onomastik birliklarning kognitiv 
asoslarini aniqlashda asosiy manbasini antroponim va toponimlar tashkil qiluvchi turli tip 
onomastik konseptlar xizmat qiladi” [Sherbak, 2008: 34]. 
Xullas, atoqli otlar, xususan, antroponim va toponimlar biror xalq tafakkur tarzi 
shakllanishi va tadriji tahlilida boshqa tip onomalarga nisbatan boy hamda ishonchli ma’lumot 
beradi. Joy nomlari nisbatan qadimiy va barqarorligi bilan birga butun jamiyat a’zolari 
tomonidan nomlangani bois butun bir xalq; kishi nomlari insoniyat bilan teng ibtidoga ega 
boʻlishiga qaramay nisbatan beqarorligi, ma’lum bir jamiyat nomsozligi qonuniyatlari asosida 
shakllanishi bilan birga aksar yakka shaxs yoki ayrim shaxslar “ijod”i sifatida jamiyat a’zolari 
tafakkuridagi turli qirralarni namoyon etishini hisobga olish lozim. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish