97
“…Masalan oldin hamma katta mansabdorlarga siz zoʻrsiz, qilgan ishlariz zoʻr rosa
maqtashgan-ku hozir unaqa emas koʻproq haqiqat aytilyapti”.
“…Oʻzbek adabiyotida shum bola obrazi oʻz nomi bilan shum va quv obrazdir. Yolgʻon
ishlatish shum bola tabiatiga xos. Parchada zamon soʻzi koʻp ishlatilgani bois, shum bolani ham
bugungi kunimiz bilan bogʻlaymiz. Аniqlik talab qilinadigan har daqiqa, har vaqtda yolgʻonga
oʻrin yoʻq”.
“…Bu yerda “yangi” soʻziga eʼtibor berish kerak. Bu yerda hozirgi kunda yolgʻon
gapirish ayb emas, balki insonlar turmush tarziga singib ketgan oddiy odatga aylangani
taʼkidlangan. Yangi zamonda endi yolgʻondan hech kim hayratlanmaydi, yolgʻon uchun hech
kim jazolanmaydi. Endi bu ayb emas, tabiiy holga aylangani taʼkidlangan”.
Yuqoridagi izohlarda tajriba ishtirokchilari muallif niyatini toʻgʻri anglay olishgan, ular
qissa mazmuni bilan ham yaxshi tanish va Shum bolaning xarakteri, davri bilan shoir tasvirlagan
zamonni, uning odamlarini taqqoslash imkoniga ega boʻlishgan va bu orqali berilgan matn
mazmunini toʻgʻri idrok qilganlar.
Sarlavha sifatida tanlangan intertekstning xalq ichida mashhurligi, uni oʻqishi yoki
eshitishi bilan oʻquvchi ongida oʻziga xos reaksiya paydo boʻlishi nazarda tutilishi sheʼriy
matnning kommunikativ muvaffaqiyatini taʼminlagan omillardan biri boʻlgan.
Sarlavha sifatida tanlanadigan intertekstning badiiy matnda
yana bir vazifasi mavjud
boʻlib, koʻpincha bunday matnlar intertekst ishora qilayotgan matnlarga parodiya qilinadi. Yaʼni
muallif oʻzidan oldin yaratilgan muayyan bir matnning sarlavhasi yoki uning ichidan biror soʻz
yoki jumlani sarlavha sifatida qoʻllab, oʻz matnini ham oʻsha asarga qiyosan yaratadi. Quyida
tajriba uchun olingan “Boshindadir” sheʼri ham shu usulda yaratilgan boʻlib, Navoiyning
mashhur gʻazalining radifi sarlavhaga chiqarilgan hamda unga parodiya sifatida hazilomuz
tarzda yozilgan.
Boshindаdir
(“Kulgi mushoiralari”dan)
Oʻn sakkiz ming olam oshubi
Padar boshindadir,
Neajab, chun oʻgʻli oning
Oʻn sakkiz yoshindadir.
Nay misol shim kiygan ul
Sandiqdayin tufli bilan,
Hurpayib turgan savatdek
Soch aning boshindadir.[Vohidov, 2001:39]
Bu sheʼriy matnning sarlavhasi – intertekst, shuningdek, uning birinchi misrasi ham
mashhur gʻazaldan iqtibos. Sheʼr davomida esa boshindadir, yoshindadir kabi gʻazaldan olingan
qofiya soʻzlardan ham aynan qofiya sifatida foydalanilganini koʻrish mumkin.
Muallif nega
bunday sarlavha tanlaganini kitobxon sheʼrning birinchi misrasini oʻqigandayoq tushunib oladi.
Muallif mashhur gʻazalni parodiya qilar ekan, uning mazmuniga tamoman teskari maʼnoni bir xil
shaklda berishga harakat qiladi. Tajriba ishtirokchilarining 50% dan koʻprogʻi bu sheʼriy
matnning Navoiy gʻazaliga parodiya, oʻxshatma, nazira deya baholagan va shu asosda uning
mazmunini izohlagan, idrok qilgan. Аksariyat ishtirokchilar esa oʻz diqqat-eʼtiborlarini
Navoiyning gʻazaliga emas, balki sheʼriy matndagi soʻzlardan kelib chiqib,
uning sharhiga
qaratganlar.
“…yo hozirgi moda yo avvalgi moda, tanqidga olingan 18 yoshida yosh ota boʻlgan yigit,
balki chorasizligidandir, kiyinish va sochi bir ahvolda(hali turmushga tayyor emas, yoki oila
qurmagan)”.
“… Insonning yoshi ulgʻayishi bilan uning tashvishlari ham ulkanlashib boradi. Bunga
Ota va oʻgʻil misol boʻladi. Yoshlikdagi xayolparastlik ham faqat yoshlikka yarashadi. Yoki
sheʼrdagidek kiyinish ham faqat 18 yoshga yarashadi”.
98
“...Bugungi kun yoshlarining kelajagi, muammosi haqida faqatgina otalari qaygʻuradi.
Oʻzlari esa muallifning kinoya oʻxshatishlariga mos holda hayot kechirishadi - olifta,
yengiltabiatlik tarzida”.
Demak, sarlavha sifatida berilgan intertekstlar kitobxonni matn mazmuni tomon
yoʻnaltiradi, bunda har ikki matnni nazarda tutyapmiz. Yaʼni avval kitobxon uchun tanish
boʻlgan matn persepsiyalanadi, undan keyin berilgan asl matn mazmuni avvalgi persepsiya bilan
qoʻshib idrok qilinadi. Shu jarayon orqali kitobxon muallif niyatini, berilgan matnning gʻoyasini
chuqurroq anglaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: