95
Key words
: intertext, title, perception, literary text, proverb, parody
Badiiy matnning tushunilishi uchun eng asosiy vositalardan biri bu uning sarlavhasidir.
Sarlavha maqola va materialning ichki mazmunidan kelib chiqib, ungaqoʻyiladigan nom sanaladi
[Abdurahmonov, 1983:30].
Haqiqatdan ham, asar va maqolalarning nomi yoritilayotgan
materialning mazmuni va mohiyati, xarakteri va xususiyati, predmeti va belgisi bilan uzviy
bogʻliq boʻladi. Sarlavha qanchalik mukammal, taʼsirchan va toʻgʻri tanlansa, bu bilan asarning
kelajakdagi muvaffaqiyati taʼminlanadi. Sarlavhalar sifatida intertekstlardan
foydalanish esa
badiiy matnning ikki karra muvaffaqiyatidir.
Badiiy matnlarda sarlavha-intertekst sifatida maqollarning bir qismi, mashhur asar yoki
uning qahramonlari nomi, sheʼriy matnlarning misralaridan foydalaniladi. Ular muallifning
badiiy
niyatini ifodalasa, matn qurilishidagi oʻziga xosligini taʼminlasa, kitobxon uchun matn
mazmuniy persepsiyasi jarayoniga taʼsir qiladi.
Demak, badiiy matnlarda sarlavha sifatida tanlanadigan intertekstual manbalarni quyidagicha
tasniflashimiz mumkin:
1.
Sheʼriy parchalar
2.
Nasriy iqtiboslar
3.
Mashhur qo ‘shiqlardan iqtiboslar
4.
Badiiy asarlarning nomlari
Milliy va xorijiy filmlarning nomlari
5.
Maqol, matal va iboralar
Badiiy matnlarga intertekstlardan sarlavha sifatida foydalanishning ham oʻziga xos usuli
bor. Buni shartli ravishda uchga boʻlish mumkin.
1.
Tayyor matnni hech qanday oʻzgarishsiz olish.
2.
Matnni qisqartirish.
3.
Matnga qoʻshimcha qoʻshish.
Badiiy matnlarda maqollar sarlavha sifatida kam uchrasa-da, ularning oʻziga xos
vazifalari
matn uchun, uning mazmuniy iroki uchun juda muhim.
Oʻzbek adabiyoti namunalariga qaraydigan boʻlsak, maqollardan sarlavha sifatida
foydalanish Gʻafur Gʻulom ijodida koʻp uchraydi. Uning hikoyalari sarlavhalarida maqol va
iboralardan ham foydalanilgan. Masalan,
Men nima deyman-u, Qoʻbizim nima deydi;
Oʻynashmagin arbob bilan; Kalta gap ikki doʻst; Oyoq olishiga qaraydi
kabi hikoyalar maqol
va iboralar asosida nomlangan boʻlib, ularning mazmuni bevosita hikoya matni ichiga singdirib
yuborilgan. Gʻafur Gʻulomning aksariyat hikoyalari hazil va yumor asosiga qurilgan boʻlib,
aslida ularning tagida tanqid, achchiq haqiqatlar mavjud boʻladi. Аdib ayni shunday hikoyalariga
xalq maqollari va iboralaridan sarlavha tanlaydi. Tanlangan sarlavhaning oʻziyoq
kitobxon
uchun hikoya haqida juda koʻp maʼlumot beradi.
Umuman, badiiy matn sarlavhalari uning turli janrlari talabidan kelib chiqib, juda ixcham
va mazmunli, emotsional-ekspressiv imkoniyatlari keng til birliklaridan tanlanishi lozimligi
tadqiqotlarda bayon qilingan. Sarlavha sifatida intertekst turlaridan foydalanish ham
sarlavhaning matn mazmunini oʻzida ifodalashi, emotsional-ekspressiv
imkoniyatlarining yarq
etib koʻzga tashlanish imkonini beradi. Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, intertekstuallik bu
kodlangan maʼnoni oʻquvchi tomonidan tushunilishidir. Shu bois ham intertekst sifatida
tanlangan sarlavhalar oldindan keng omma uchun tanish matnlar boʻlishi kerak, aks holda matnni
tushunish jarayonida kommunikativ muvaffaqiyatsizlik yuz beradi.
Sheʼriy matnlarda mashhur badiiy asarlar, ularning qahramoni
nomlaridan sarlavha
sifatida foydalanish ham keng tarqalgan. Xususan, Аbdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romani
va uning qahramonlari Kumush, Otabek, Zaynab kabilar muayyan bir sheʼr sarlavhasi sifatida
tanlanadi hamda shu sheʼrning mazmuni bevosita sarlavha asosida shakllanadi. Muhammad
Yusuf, Iqbol Mirzo kabi shoirlar ijodida bunday sarlavhali matnlarni koʻplab uchratish mumkin.
96
Biz intertekst asosidagi sarlavhalarning matn mazmuniy idrokiga taʼsirini oʻrganish
maqsadida tajriba oʻtkazdik. Tajribamizning dastlabki matni shoir Erkin Vohidovning “Shum
bola” sheʼri.
Do'stlaringiz bilan baham: