Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet376/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Asos, soʻz yasash
asosi 
kabi terminlar tegishli tushunchani ifodalamoqda, lekin ularning hech biri 
oʻzak
atamasi 
ifodalagan ma’noga teng kela olmaydi. Ushbu terminni iste’moldan chiqarsak, oʻzbek 
tilshunosligida qoʻllanilayotgan: oʻzak morfema, oʻzakdosh soʻzlar, oʻzak soʻzlar, hozirgi oʻzak, 
asl oʻzak, bogʻliq oʻzak terminlaridan ham voz kechishga toʻgʻri keladi[5]. Holbuki, ularning 
har biri oʻz vazifasi va tushunchasiga ega. Yuqoridagi misoldan ham koʻrinib turibdiki, 
tilimizdagi terminlarni iste’moldan chiqarib tashlash oson emas. Terminlar sinonimik qatorida 
faol va nofaol terminlar mavjud. Tilshunosligimizda hozirgi kunda nofaol boʻlgan terminlar 
anchagina. Quyida oʻzbek tilshunosligi terminlaridan misollar keltiramiz. 

Appozotiv- izohlovchi ( appozotiv aloqa , appozotiv munosabat).
Atribut-aniqlovchi ( atributiv aloqa, atributiv birikma, atributiv konstruksiya, atributiv 
munosabat, atributiv shakl).
Betaraf leksika. Uslublarning biror turiga birkitilmagan, uslubiy sinonimlarga ega boʻlib, oʻzi 
uslubiy jihatdan betaraf boʻlgan leksika. Masalan, sovgʻa, armugʻon, tuhfa sinonimlaridan 
sovgʻa- betaraf leksika. Qiyos. Uslublararo leksika.
Determinant- gapning boshlanishida mustaqil tarkibiy qism sifatida kelib, oʻzidan keyingi 
qismga bir butun holda taalluqli boʻlib, uni yaxlitligicha kengaytiradigan ikkinchi darajali 
boʻlak. Kecha havo bulut boʻlib, yomgʻir yogʻdi.
Fazali fe’l- bosqichli fe’l.
Fe’l boshqaruvi ( hozirda fe’lli boshqaruv).
Fe’l darajalari- fe’l nisbatlari.
Fe’l vidlari- Vid kategoriyasi.
Funksional soʻzlar. Yordamchi soʻzlar va modal soʻzlarning umumiy nomi.
Mahsulli affiks, mahsulsiz affiks.
Qoʻsh boshqaruv. Ikki boshqa-boshqa shakldagi soʻzning bir soʻz, boʻlak tomonidan 
boshqariluvi: Hikoyani oʻquvchilarga aytib bermoq; majburiyatni ortigʻi bilan bajarmoq kabi.
Qoʻshilma. Sintaktik birliklar sifatida soʻz birikmasi va gap uchun umumiy nom. 
 Tobedosh aloqa. Bir-biriga nisbatan hokim-tobelik holatidagi sintaktik aloqa. Bu hodisa tobe 
aloqaning bir turi hisoblanadi. Oʻzbek tilidagi qaratqich-qaralmish munosabatidagi aloqa 
tobedosh aloqa hisoblanadi: studentning kitobi.
Uvulyar undosh. Hosil boʻlishida kichik til faol ishtirok etadigan undosh.
Oʻram. Fe’lning funksional shakllaridan biri va unga tobe boʻlgan mustaqil soʻzdan tashkil 
topgan sintaktik butunlik. Hokim qismi fe’lning qanday funksional shaklidan boʻlishiga qarab 
oʻramning 3 turi farqlanadi: sifatdoshli oʻram; ravishdosh oʻram, infinitiv oʻram.
Xoslik shakli- Qarashlilik shakli. 
Shipildoq tovushlar. Sirgʻaluvchi j, sh va affrikat ch tovushlari talaffuzida oʻziga xos ohangi 
borligiga koʻra shipildoq tovushlar deb yuritiladi.”
[2] 
Yuqorida keltirilgan terminlarning koʻpchiligi mavjud, ammo shakli oʻzgargan holda. 
Keltirilgan terminlar oʻz davrida juda faol qoʻllangan boʻlib, hozirgi kunda kamdan-kam 
hollarda bu terminlar qoʻllanadi. Bunga asosiy sabab, mustaqillik davrida oʻzbek tiliga 
e’tiborning kuchayganida. Ma’lumki, tilshunosligimizdagi, balki boshqa sohalarda ham 
terminlarning aksariyati kalkalash asosida qabul qilinadi.
An’anaviy oʻzbek tilshunsoligi rus tilshunosligi ta’sirida shakllangani hammaga ma’lum.
Yevropa tilshunosligidagi yangiliklar, asosan, rus tilshunosligi asosida kirib kelgan va shu orqali 
oʻzbek tilshunosligi ham xabardor boʻlgan. An’anaviy tilshunoslik terminlarining koʻpchiligi


444 
rus tilidan aynan soʻzma-soʻz tarjima qilingan: 
atributiv aloqa-atributivnaya svyazь, binar 
oppozitsiya-binarnaya oppozitsiya, leksik kalka-leksicheskaya kalka
va boshqalar[2]. 
Mustaqillik yillarida ruscha, ammo oʻzbekcha muqobili bor boʻlgan soʻzlar oʻz oʻrnini 
topdi, shu jumladan oʻzbek tilshunosligi terminologiyasida ham: 
Atributiv – aniqlovchi
appozotiv – izohlovchi, obyektlilik- oʻtimlilik, affiks- qoʻshimcha
[2] va h.k. Ammo ushbu 
terminlarni asl holicha qoʻllash ham kuzatiladi, faqat tor doirada( shu soha yetuklari).
Til taraqqiyotdan toʻxtab qolmaganidek, terminlar kirib kelishi ham toʻxtamaydi. 
Zamonaviy oʻzbek tilshunosligi tilshunosligimiz uchinchi paradigma sifatida e’tirof etilgan 
antroposentrik tilshunoslik ham terminlar tarjima qilish yoki toʻgʻridan toʻgʻri soʻzni (terminni) 
qabul qilmoqda va amalda bu terminlardan foydalanilmoqda. 
Hozirgi kunda terminologiya sohasi oldida turgan muhim masalalardan biri tilshunoslik 
terminlarining yangi mukammal lugʻatini ishlab chiqishdir. 2002-yilda nashr etilgan Azim 
Hojiyevning “ Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati”[2] mukammal lugʻatlardan hisoblanadi. 
Ammo bu lugʻat tarkibi lugʻat yaratilgan vaqtdan buyon boyidi va ba’zilari iste’moldan chiqib 
ketdi. Bu lugʻat mustaqillik yillarida qayta chop etilgan boʻlsa-da, 1985-yildagi lugʻat [4] tarkibi 
bilan deyarli bir xildir. 2013-yilda Ne’mat Mahkamov va Ixtiyor Ermatov bilan hammualliflikda 
“Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati”ni nashr qilishgan, ammo bu lugʻatga umumiy oʻrta 
ta’lim darsliklari oʻzbek tilshunosligi terminlari kiritilgan, xolos. Shu sababdan mustaqillik 
yillari terminologiyasi lugʻatini qayta ishlab chiqish zarurati oʻzbek tilshunoslari oldida turgan 
muhim vazifalardan biri boʻlib hisoblanadi. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish