Tili va adabiyoti universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet379/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. A’zam Erkin. Kechikayotgan odam: Qissalar. – T.: Sharq, 2002. 
2. A’zam Erkin. Ertak bilan xayrlashuv: qissalar va hikoyalar. – T.: Oʻzbekiston milliy 
ensiklopediyasi, 2007. 
3. A’zam Erkin. Jannat oʻzi qaydadir: hikoyalar, kinoqissalar, dramatik asar// Zabarjad 
kinoqissasi. – T.: Sharq, 2007 .
4. A’zam Erkin. Bayramdan boshqa kunlar// – T.: Vatanparvar. 1987.
5. A’zam Erkin. Guli-guli: qissalar, kinoqissalar, dramatik asar// Guli-guli qissasi. – T.: 
Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiy uyi. 2009.
Sotsiolingvistik tadqiqotlarda til va madaniyat uygʻunligi 
The harmony of language and culture in sociolinguistic research 
 
Safarova Goʻzal Qudratovna

*
 
Annotation
. The article discusses the harmony of language and culture in 
sociopragmatic research, national mental factors. It is emphasized that only the study of 
linguistic units in connection with the context, the situation of speech, provides a full opportunity 
to fully understand their meaning, which determines the need for sociolinguistic knowledge. The 
harmony of language and culture in sociolinguistic research.
Key words
: ociolinguistic research, national mental factors, sociopragmatic research, 
ethnolinguistics, ethnopsychology, cognitive psychology, psycholinguistics, sociolinguistics, and 
sociolinguistics.
 
Xalq hayotining moddiy sharoiti, ma’naviy turmush tarzi, mafkurasi, dunyoqarashi, 
e’tiqodi, ruhiyati, tarixi va dini, adabiyoti hamda san’ati xalqning oʻziga xos urf-odat va 
qadriyatlari oʻzbekona odobda va kommunikantlar nutqida aks etishi oʻz isbotini topgani 
haqiqat. Zero, til har bir zamonda millat, qavm, elat, qabila yoki urugʻning yorligʻi boʻlib kelgan. 
Antik davr manbalarida ham xalqlarning axloqiy tutumlari, qadriyatlarini bilish uchun uning 
tilini oʻrganish kerakligi uqtirilgan. Tilshunoslik XIX asrda tillarni qiyosiy-tarixiy va tipologik 
muammolari bilan shugʻullanar ekan, uni madaniyat bilan mushtarak holda talqin qiladi. V. Fon 
Gumboldt, G. Shteyntal, K.Fossler, A.Shleyxer, H.Paul, A. A. Potebnya asarlarning markazida 
til va madaniyat yaxlitligi masalasi turadi. Aniqlangan struktura va lisoniy birliklarni jonli hayot 
bilan bogʻlab tekshirish ehtiyoji natijasida hamda tilshunoslik fanining boshqa yondosh fanlar 
bilan uzviy aloqadorligi orqali yangi ilmiy paradigmalar shakllandiki, endi ularda til va 
madaniyat mushtarakligi masalasi davrning yangi talab va ehtiyojlari asosida qayta koʻrila 
boshladi. Qisqa muddat ichida etnolingvistika, etnopsixologiya, kognitiv psixologiya, 
psixolingvistika, 
sotsiolingvistika, 
lingvokognitologiya 
sohalarida 
til 
va 
madaniyat 
mushtarakligining u yoki bu jihati oʻrganish obyekti yoki predmetiga aylanib ulgurdi. Xususan, 
*
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti oʻqituvchisi, 
sitoraoyqizim@gmail.com 


448 
sotsiolingvistika atamasi qoʻshma soʻz boʻlib, u sotsio va linvistika qismlaridan iborat. Sotsio 
tarkibiy qismi esa sotsial- “ijtimoiy” soʻzining qisqartmasi boʻlib, lingvistika tilshunoslik 
demakdir. Koʻrinadiki, manbalarda uqtirilganidek, sotsiolingvistika va sotsial lingvistika boshqa-
boshqa tushunchalar hisoblanadi. An’anaviy tilshunoslik lisoniy birliklarni faqat shakliy 
tomondan oʻrganishga e’tiborni qaratdi. Bunday qarash, ayniqsa, tilga semiotik nuqtai nazardan 
yondashish, belgini faqat shakldan iborat deb hisoblash natijasida yana ham kuchaydi. Lisoniy 
birliklarning oʻzi ifodalayotgan obyektiv borliq bilan munosabati e’tibordan chetda qoldi. 
Keyinchalik tilni bunday oʻrganish biryoqlama ekanligi, shaklni ma’nodan uzib boʻlmasligi ayon 
boʻldi. Natijada lisoniy birliklarning ma’no tomoniga e’tibor kuchaydi. Tilshunoslikda sintaktik 
tadqiqotlarning kuchayishi natijasida shu narsa ma’lum boʻldiki, lisoniy birliklarning shakl va 
mazmun tomonidan ta’rifi ham tilni toʻliq izohlashga imkon bermaydi. Lisoniy birliklarni 
kontekst, nutq vaziyati bilan bogʻlab oʻrganishgina ularning ma’nosini toʻgʻri tushunishga toʻliq 
imkoniyat yaratadi. Shu bois hozirgi globallashuv jarayonidan boshlab, amaliy ahamiyatli tadqiq 
yoʻnalishlari rivojlana bordi. XX asrning oʻrtalarida dastlab, Amerika va Gʻarbiy Yevropa 
davlatlarida, soʻngra boshqa oʻlkalarda rivojlangan va rivojlanayotgan sotsiolingistika ana 
shunday fanlarlardan biridir. Hozirgi tilshunosligimizda sotsiolingvistik tadqiqqotlarga 
qiziqishning kuchayib borayotganligi quyidagi ikki sabab bilan izohlaniladi: 
1.
Hozirgi jamiyatda ilmiy asoslangan til siyosatiga ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. 
Chunki til siyosati masalasi hozirgi davrda borgan sari keskinlashib bormoqda. Masalan,
koʻplab Osiyo va Afrika mamlakatlarida shu vaqtga qadar til muammosi, ayniqsa, davlat tili 
muammosi aniq hal etilganicha yoʻq. 
2.
Struktural tilshunoslik shu vaqtga qadar tilning faqat ichki tuzilishini oʻrganish bilan qiziqib 
keldi, tilning jamiyat bilan, oʻsha til egasi bilan boʻlgan munosabati masalasi esa tilshunoslar 
e’tiboridan chetda qoldi. Chunki strukturalizm til birliklariga xos boʻlgan shakl va ma’no 
birligini rad etib, faqat shaklni oʻrganishga e’tiborni qaratgan edi. Ammo jamiyat rivojlanishi 
buning tamomila aksini isbotladi, ya’ni biror tilning yashashi va rivojlanishi bu tilda 
gaplashuvchi xalq va jamiyat taraqqiyoti uzviy bogʻliq ekanligi ma’lum boʻldi. 
Til va madaniyat yaxlitligi, til va madaniyat hodisalari majmuidan iborat 
lingvokulturologik konsept barcha qirralari bilan etnolingvistikaning tarkibiy qismi boʻlgan 
lingvokulturologiyaning oʻrganish obyekti sifatida shakllandi. Lingvokulturologiya madaniyat 
fenomenini bor boʻyi bilan oʻz tasarrufiga oladi. Uning sirasiga etnomadaniyat ham 
etnoma’naviyat ham, milliy madaniyat va milliy ma’naviyat ham, xalq madaniyati va xalq 
ma’naviyati ham til koʻzgusida baholanadi [Teliya, 1996; Maslova, 1997]. Emil Benvenistning 
fikricha, til, madaniyat va shaxs uchligidan iborat linzada millat, xalq yoki elatning butun 
ma’naviy, moddiy borligʻini, madaniyati va ma’naviyatini koʻrish mumkin [Benvenist, 1974: 
45]. Xalqni yaxlit tasavvur qilish uchun bu uch tarkibiy qism yaxlit holda olinishi kerak. Xalq, 
millat, elat molekula boʻlsa, u mazkur uch atomdan tashkil topgan. Milliy (etnik) borliq deganda 
ana shu atomlar yaxlitlikni tushunmoq lozim. Madaniyat inson ijodi mahsuli ekanligi bilan 
ahamiyatli. Insonni hayvondan farqlagan omil ham madaniyatdir. 
Madaniyat 
soʻzining arabcha 
etimologik ma’nosida ham shunga ishora bor:


Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish