Tili va adabiyoti universiteti


Omonimlarning kompyuter lingvistikasidagi tadqiqi



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet341/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

 
Omonimlarning kompyuter lingvistikasidagi tadqiqi 
Research of homonyms in computational linguistics 
 


401 
Gulyamova Shaxnoza Kaxramonovna* 
*
 
 
Annotation.
The article is devoted to the study of the phenomenon of homonymy in 
computational linguistics. The question of homonyms in language corporations created in the 
world has been studied. The work carried out in the field of Uzbek linguistics is analyzed and the 
tasks ahead are identified. 
Key words:
computational linguistics, corpus linguistics, homonymy, semantic filter, 
markup, lemma 
Korpus lingvistikasi – kompyuter tilshunosligi boʻlimi, kompyuter texnologiyalari 
yordamida lingvistik korpus (matnli korpus)ning qurilishi va undan foydalanishning umumiy 
tamoyillarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Lingvistik korpus yoki matnli korpus ostida 
oʻziga xos til muammolarini hal qilish uchun yaratilgan katta hajmdagi mashinada oʻqiladigan, 
birlashtirilgan, yorliqlangan, formatlangan filologik jihatdan barkamol til ma’lumotlari toʻplami 
tushuniladi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ilm-fanning barcha sohalarida, 
xususan, filologik fanlarga kirib borishi tilning turli aspektlarini oʻrganishda lingvistik 
korpusning ommaviyligini oshiradi. Soʻnggi bir necha yil ichida oʻquvchi va talabalar uchun,
chet tili nutqini turli lingvistik korpuslar vositasida oʻqitishga bagʻishlangan uslubiy adabiyotlar 
paydo boʻldi. Bunday tadqiqotlar tahlili mualliflar “lingvistik korpus” atamasining konseptual 
mazmundagi tavsifi haqida ma’lum bir xulosaga kelganligini koʻrsatadi. Odatda, korpus deganda 
ma’lum usul boʻyicha tanlangan va belgilangan elektron shaklda keltirilgan matnlar tushuniladi.
“Matnlar korpusi” tushunchasi soʻnggi paytlarda eng koʻp tilga olinadigan korpus menejeri 
(ingl. corpus manager) boʻlgan matn va til boshqarish tizimini oʻz ichiga oladi. Bu maxsus 
qidiruv tizimi boʻlib, korpusda ma’lumotlarni qidirish dasturiy vositalari, statistik axborot olishni 
boshqarish va foydalanuvchiga natijalarni qulay formada yetkazib berishni oʻz ichiga oladi 
[Zaxarov, 2005: 3]. 
Ma’lumki, til hodisalarini oʻrganish, tadqiq va tahlil etish har davrda oʻz ahamiyatiga ega. 
Jahon tilshunosligida omonimiya, sinonimiya, antonimiya va polisemiya kabi hodisalar oʻzbek 
tilshunosligi uchun yangi hisoblangan kompyuter tilshunosligi nuqtai nazaridan ancha keng 
doirada oʻrganilgan va uning amaliy natijalaridan korpus tuzish va takomillashtirish kabi 
maqsadlarda foydalanilmoqda. Tilshunoslikning ilk va oʻrta bosqichlarida omonimiya 
hodisasining paydo boʻlishi, taraqqiyoti va yondosh hodisalarga munosabatlari oʻrganilgan 
boʻlsa, zamonaviy lingvistikada uning korpusda berilishi masalasi kun tartibiga qoʻyildi. Bu 
vazifani bajarish uchun mavjud lugʻatlar axborot banki vazifasini oʻtaydi. 
Korpus lingvistikasida omonimlik muammosini echish, omonim birliklarni teglash va 
matnni avtomatik oʻqish jarayonida omonimiyani bartaraf etish masalasi (“снятия 
омонимии”)ga oid qator tadqiqotlar vujudga kelgan. Jumladan, 
G.I.Kustova [Kustova, 2005: 
155-174], O.N.Lyashevskaya [Lyashevskaya
, 2008: 276-284]
, E.V.Paducheva, E.V.Raxilina, 
B.P.Kobritsov, T.I.Reznikova [Paducheva, Raxilina, Kobritsov, Reznikova, 2005: 120-131], 
B.P.Kobritsov [Kobritsov, 2004], 
V.V.Kukanova [Kukanova, 2006], A.A.Kretov [ Kretov, 
2008]lar shu masalalar echimiga bagʻishlangan qator ishlarni e’lon qilishgan. 
Rus tili milliy korpusida leksik va semantik axborot loyiha gʻoyasi “qoʻlda” zamonaviy rus 
korpusida 
omonimiyani 
morfologik 
filtrlash 
ishlari 
davomida 
tugʻilgan 
[http://www.ruscorpora.ru].
Zamonaviy rus tili korpusining razmetkasi leksemaning bir yoki bir nechta an’anaviy 
leksik va semantik sinflar (“harakat fe’llari”, “kauzativ fe’llar”, “tana qismlari”, “shaxs nomlari” 
*
*Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Buxoro davlat universiteti, bunnycham@mail.ru 


402 
va b.)ga mansubligi haqida ma’lumot saqlaydi. Hozirgi vaqtda ot, sifat, son, olmosh, fe’l va 
ravish soʻz turkumlari semantik tahlilga ega [Kobritsov, Lyashevskaya, Shemanaeva, 2007: 8]. 
Shu oʻrinda ta’kidlash kerakki, semantika uchun yagona semantik nazariya boʻlmasa ham, 
koʻpincha semantik teglar ma’lum bir soʻz yoki iboraga tegishli boʻlgan semantik kategoriyalarni 
bildiradi [Zaxaroa, 2005: 6]. 
T.I.Reznikova, M.V.Kopotevlarning “Лингвистически аннотированные корпуса 
русского языка (обзор общедоступных ресурсов)” nomli maqolasi rus tili milliy korpusi 
(NKRYA) [http://www.ruscorpora.ru] ning lingvistik razmetkasi, ularning imkoniyati va oʻziga 
xosligiga alohida toʻxtalib oʻtadi [Reznikova, Kopotev, 2005: 12]. Milliy rus tili korpusida 
semantik razmetka avtomatik ravishda amalga oshiriladi: matnda koʻpgina lemmalarda bir yoki 
bir necha semantik va shakl yasovchi belgilar qayd etiladi. Bunda batafsil klassifikatsiya nafaqat 
otlarni, balki fanga oid boʻlmagan leksikani, sifat, fe’l va ravishlarni qamrab oladi. Shuni 
ta’kidlash lozimki, bitta lemma bir vaqtning oʻzida bir necha sinflarga oid boʻlishi mumkin. SHu 
bilan birga barcha semantik belgilar avtomatik ravishda korpusga koʻchirilib, leksik omonimlar 
bitta lemmaga birlashib boʻlinmaydi. SHu bilan birga toʻliq omonimlar juftining bitta gap 
boʻlagini topish mumkin emas. Lekin hozirgi kunda korpusning semantik filtrlarini yaratish va 
tadbiq etish ustida ish olib borilmoqda. Ular berilgan kontekst yoki konstruksiyalarda avtomatik 
leksik koʻp ma’nolilikni filtrlashga imkon beradi. 
D.N.Gomon “Проблема снятия омонимии” (“Omonimiyani filtrlash muammosi”) 
maqolasida omonimiyani filtrlash va farqlash tushunchalariga izoh beradi. Farqlash tushunchasi 
ostida u omonimik soʻz shakllarini farqlovchi belgilarni tushunadi. Zero, barcha omonimlarning 
juftlari u yoki bu belgilar bilan farq qiladi. Filtrlash ostida grammatik yoki leksik ma’nolari 
aniqlangan kontekstni anglaydi. Shubhasiz, farqlash ancha umumiy tushuncha [Gomon, 2006: 
21]. 
M.Y.Zagorulko korpusning leksik bazasini toʻldirish jarayonida morfologik va leksik 
omonimlikka alohida e’tibor berish talab qilinishi ta’kidlaydi [Zagorulko, Kononenko, Sidorova, 
2006]. 
Oʻzbek kompyuter lingvistikasi yoʻnalishida amalga oshirilgan sanoqli tadqiqotlarda 
kompyuter xotirasi omonim birliklarni “tanishi”, “oʻqiy olishi”ga moʻljallangan tahlil dasturlari 
yaratish borasida harakatlar mavjud hamda oʻzbek tilidagi omonimlarni
 
teglash muammolari 
boʻyicha ayrim mulohazalar va omonimiyani aniqlash algoritmini tuzish boʻyicha dastlabki 
harakatlar amalga oshirilgan.
M.Abjalova tadqiqotining maqsadi matnni avtomatik tahrir qilish dasturining lingvistik 
ta’minotini ishlab chiqishdan iborat. Shu bois omonimlarni avtomatik tahrir qilish borasida 
statistik usulda omonimiyani aniqlash va tahrir qilish masalasiga qisman toʻxtalgan. U omonim 
soʻzlarshakllarni matn tarkibida aniqlashning keng qoʻllaniladigan usullari haqida soʻz yuritadi. 
Tadqiqotchi axborot olishning qulay imkoniyatlari yaratilishi natijasida korpus til haqidagi 
mukammal ma’lumot manbaiga aylanganini, omonim shakllarning eng keng tarqalgan turi 
statistikasini bilish mumkinligini ta’kidlaydi [Abjalova, 2019: 15]. 
Tadqiqotchi D.Axmedova omoleksemalarni filtrlash (“снятия омонимии”) algoritmiga 
toʻxtalib, bunday shakllar har qanday grammatik shaklni olganda ham omonimligini saqlab 
qolishini, uni grammatik shakllar asosidagi filtr bilan farqlash imkoni boʻlmasligini, uni 
foydalanuvchi faqat kontekstdan ajratib olishi mumkinligini uqtiradi. 
Turli turkumga xos boʻlgan omonimlarni esa filtr orqali ajratish imkoni borligini koʻrsatadi 
(daydi soʻzi sifat yoki fe’l turkumiga tegishli boʻladi). Shunday holatlar uchun quyidagicha filtr 
tuzish mumkin: 
1) daydi + b/
maydigan = 
fe’l;
2) daydi + istalgan soʻz = sifat [Axmedova, 2020: 344-347]. 


403 
Tadqiqotchi belgilab berganidek, oʻzbek tili korpus lingvistikasi oldida turgan galdagi 
vazifa bunday soʻzlarni lugʻatlardan yigʻib, semantik filtr bazasini yaratish lozim hamda istorizm 
leksemadagi omonimiya hodisasini farqlash muammosi ham oʻz yechimini topishi zarur. 
Kelajakda qurshovda omonimlikni aniqlashning leksik, morfologik va sintaktik omillarini 
oʻrganish asosida axborot qidiruv tizimida omonimlikni farqlashning lingvistik asoslarini 
yaratish masalasi oldimizdagi dolzarb vazifadir. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish